DMQ haqida
( 9 шт. )
Toshkent
shahri 100003,
O’zbekiston shoh ko’chasi, 55 uy,
Telefon: (+ 99871) 259-44-46
Faks: (+ 99871) 239-47-84
Davlat mulki qo’mitasi davlat
boshqaruv organi hisoblanib, faoliyatining asosiy yo’nalishi iqtisodiy
islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirishdan iboratdir.
Davlat mulki qo’mitasi o’z
faoliyati bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot
beradi.
Davlat mulki qo’mitasi o’z
faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga, Oliy
Majlis qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va
farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va
farmoyishlariga, Davlat mulki qo’mitasi Nizomga, hamda O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006 yil 26 apreldagi 335-sonli “O’zbekiston Respublikasi Davlat
mulki qo’mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar
to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq olib boradi.
Davlat mulki qo’mitasi o’z
faoliyatini bevosita, shuningdek o’zining hududiy boshqarmalari orqali davlat
organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi
Davlat mulki qo’mitasining o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari
vazirliklar, idoralar, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari, xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi
majburiydir.
Организационная структура ГКИ