Bosh sahifa arrow Horijiy investisiyalar arrow Yengilliklar arrow Boshqa huquqlar Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Fikr va mulohazalaringiz
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Портал Государственной власти

Bizni topishingiz uchun
Valyuta kursi

Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
Who's Online
Сейчас на сайте:
Гостей - 27
География посещений
Locations of visitors to this page
 
Boshqa huquqlar Версия для печати Отправить на e-mail

Huquq, imtiyoz va kafolatlar ro’yxati                             

Qonunchilik hujjatlari

70

Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonaning mol-mulki va mulkiy huquqlaridan korxona zimmasidagi barcha turdagi  majburiyatlarini ta'minlash, shu jumladan, zayom mablag'larini jalb qilish kafolati sifatida foydalanishi mumkin. Uning savdo va xizmat ko'rsatish sohasi ob'ektlariga, shuningdek joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda uy-joy binolariga bo'lgan mulk huquqi, binolar, inshootlar, uskunalarga bo'lgan mulkiy huquqlari hamda boshqa ashyoviy huquqlaridan majburiyatlarning ta'mini sifatida foydalanilishi mumkin.Chet ellik investor o'ziga mulk huquqida tegishli barcha mol-mulki va mulkiy huquqlaridan, ularning qaerda joylashganligidan qat'i nazar, o'z majburiyatlarining ta'mini sifatida foydalanishi mumkin.

.

17-modda O’zbekiston Respublikasi

 «Chet   el investitsiyalar  to’g’risida».

71

O'zi ishlab chiqaradigan mahsulotni erkin  almashtiriladigan valyutaga eksport qiluvchi xorijiy sarmoyalari bo'lgan ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi qo'shimcha imtiyozlar va afzalliklar belgilansin:

o'zi ishlab chiqargan mahsulotga eksport boj to'lovlari bekor qilinsin;

xaridorlarga xizmat qiluvchi vakil banklarning kafolatlari mavjud bo'lgan hamda amaldagi  qonunlarda ko'zda tutilgan valyuta daromadi tushumi muddatlariga rioya etilgan taqdirda o'z mahsulotini oldindan haq to'lamasdan va akkreditiv ochmasdan eksport qilish huquqi berilsin;

chet ellarda tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlari hamda ishlab chiqarayotgan mahsulotni reklama qilish maqsadida savdo uylari hamda vakolatxonalari ochib, ularga konsignasiya shartlari asosida tovarlar yetkazib berishga ijozat berilsin;

O'zi ishlab chiqaradigan mahsulotni yetkazib berish uchun eksport kontraktlarini (lisenziyalanadigan tovarlar eksportidan tashqari) O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro'yxatdan o'tkazish bekor qilinib, ularni vakil banklarda va bojxona organlarida hisobga olishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin;

korxonalar o'zi ishlab chiqaradigan eksport  mahsulotining kontrakt narxlarini shartnoma asosida mustaqil shakllantirishlari belgilab qo'yilsin. Eksport ichki bozordagi narxlardan pastroq narxlarda amalga oshirilgan taqdirda ular uchun soliqqa tortiladigan baza eksport mahsulotini sotishning  amaldagi narxidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi.

1-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

26.08.1997 й.

N PF-1831

«Xorijiy sarmoyalari bo’lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag’batlantirihsga oid qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida »

 

 

72

Neft va gaz konlarini qidirish hamda razvedka qilish ishlarini olib borish uchun jalb etiladigan xorijiy kompaniyalarga quyidagilarni ta'minlaydigan eng ko'p qulaylik rejimi yaratib berilsin:

muayyan hududda qidiruv va razvedka ishlarini o'tkazib, keyinchalik mazkur hududda aniqlangan konlardan istalgan birini qo'shma korxona barpo etish yo'li bilan yoki konsessiya asosida ishlatishga bo'lgan tanho huquqni;

mazkur ishlarni o'tkazishga shartnomada ko'rsatilgan hududlarda sanoat qimmatiga ega bo'lgan resurslar topilmagan hollarda qidiruv va razvedka ishlarini davom ettirish uchun yangi hudud berilishiga ustun huquqni;

qo'shma korxonaning ta'sis hujjatlarida yoki konsessiya shartnomasida ko'zda tutilgan qazib olingan uglevodorodlarning bir qismini, shuningdek ularni tolling asosida qayta ishlash mahsulotlarini mulkka egalik huquqi hamda monesiz olib chiqib ketish huquqini;

sanoat qiymatiga ega bo'lgan konlarni keyinchalik "O'zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasiga ishlatish uchun topshiriladigan hollarda ana shu konlarni ochish chog'ida qidiruv va razvedka ishlariga amalda sarflangan xarajatlarni qoplash kafolatini.

   3-band

O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining

Farmoni

28.04.2000 y.

N PF-2598

"Neft va  gaz konlarini razvedka

qilish hamda ularni qazib chiqarishga

bevosita xorijiy sarmoyalarni

jalb etish chora-tadbirlari to'g'risida".       

 

 

73

Quyidagilar belgilab qo'yilsin:

xorijiy kompaniyalar ko'rsatilgan hududlarda tanho huquqiy  asosida olib boradigan qidiruv va razvedka ishlarining davom etish umumiy muddati 5 yildan oshishi mumkin emas;

geologiya-qidiruv ishlarini davom ettirish uchunqiziqish uyg'otuvchi maydonlar aniqlangan hollarda xorijiy kompaniyalarga yana 3 yilgacha muddat bilan ana shu maydonlar doirasida ishlarni davom ettirish imkoniyati beriladi;

xorijiy kompaniyalar yer qa'ridan mo'ljallangan aniq maqsadga muvofiq foydalanishni, geologik jihatdan o'rganish to'la-to'kis bo'lishini, yer qa'ridan oqilona kompleks foydalanish hamda uning muhofaza etilishini ta'minlaydilar.

 

6-band

O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining

Farmoni

28.04.2000 y.

N PF-2598

"Neft va  gaz konlarini razvedka

qilish hamda ularni qazib chiqarishga

bevosita xorijiy sarmoyalarni

jalb etish chora-tadbirlari to'g'risida".

74

"O'zbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga kontrakt tuzish paytida vujudga kelgan jahon narxlaridan past bo'lmagan narxlar bo'yicha erkin muomaladagi valyutaga (qo'shilgan qiymat solig'ini nol stavka bo'yicha hisoblagan holda) ichki bozorda yarim tayyor to'qimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) 2009 yil 1 yanvargacha xarid qilishiga istisno tariqasida ruxsat berilsin, bunda ushbu yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kamida 80 foizi eksportga yo'naltirilishi nazarda tutilsin.

"5-band

O'zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

qarori

25.03.2004 y.

N 141

"O'zbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"

75

       O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmasida shtatdagi xodimlar soni 10 nafar bo'lgan (texnik xodimlardan tashqari) Xorijiy investisiyalar va xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi, Qorag’alpog'iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa - ilovaga muvofiq xodimlar soniga ega bo'lgan tegishli bo'limlar tashkil etilsin

 

 

2-band birinchi   xat boshi

O'zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

Qarori

02.05.2003 y.

N 205

"To'g'ridan-tog'ri

xorijiy investisiyalarni

huquqiy himoya  qilishni kuchaytirishga

doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida".

76

Belgilansinki, chet ellik investorga O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qonun hujjatlarida belgilanganga qo'shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berilgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi orqali O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan chet ellik

investor o'rtasida investisiya shartnomasi tuziladi va shartnoma keyinchalik Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

 

2-bandning birinchi xat boshi

O'zbektson Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

Qarori

02.08.2005 y.

N 180

O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining "To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investisiyalarini jalb etishni rag'batlantirish borasidagi  qo'shimcha  chora-tadbirlar to'g'risida" gi farmonni amalga  oshirish chora-tadbirlari haqida"

 

 

Последнее обновление ( 25.02.2011 )
 
Последние новости
 
Bugun  04.02.2012

Сайт Управления лицензирования оценочной и биржевой деятельности
Переход на сайт www.gkitorg.uz
Sayt bo’ylab qidiruv

Проекты
Обсуждение проектов
So’rovnoma
O’zingizni qiziqtirgan ma`lumotlarni oldingizmi?
 
Bizning sayt sahifalaridan qaysi savollarga javob olmadingiz? Shu erda ma`lumotni qoldiring.

© Copyright 2007 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: