|
Mahsulot taqsimoti to’g’risidagi bitimlarni imzolashda taqdim etiladigan kafolat va imtiyozlar |
|
|
|
№
|
Huquq,
imtiyoz va kafolatlar ro’yxati
|
Qonunchilik
hujjatlari
|
|
65
|
Bitim shartlariga muvofiq
investorning mulkiga o’tadigan mahsulot hech qanday cheklashlarsiz
O’zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilishi yoki investor
tomonidan ichki bozorda bitimda belgilangan shartlar va tartibda realizatsiya
qilinishi mumkin.
|
16 moddaning ikkinchi bandi O’zbekiston
Respublikasining qonuni
07.12.2001 y.
N
312-II
«Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to’g’risida».
|
|
66
|
Investorlar shuningdek ularning
pudratchilari va ikkilamchi pudratchilari O’zbekiston Respublikasida
belgilangan barcha turdagi soliqlar va bitimlarda belgilangan er qa’ri uchastkalarida izlash
va qidirish ishlarini bajarish bilan bog’liq boshqa majburiy to’lovlarni
to’lashdan ozod qilinadilar.
|
20-moddaning birinchi bandi
O'zbekiston Respublikasining
qonuni
07.12.2001 y. N 312-II
"Mahsulot taqsimotiga
oid bitimlar to'g'risida".
|
|
67
|
Investorlarga va (yoki) bitim bo'yicha ishlarni
bajarishda ishtirok etayotgan operatorlarga O'zbekiston Respublikasi
rezidenti bo'lmish yuridik shaxslar tomonidan beriladigan tovarlar,
bajariladigan ishlar va ko'rsatiladigan xizmatlarga nol darajali stavka
bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi
|
20- moddaning 8-sakkizinchi bandi
O'zbekiston Respublikasining
qonuni
07.12.2001 y. N 312-II
"Mahsulot taqsimotiga
oid bitimlar to'g'risida ».
|
|
68
|
Bitim bo'yicha ishlarni
bajarishga mo'ljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq investor tomonidan
yoki bitim bo'yicha ishlarni bajarishda qatnashayotgan boshqa shaxslar
tomonidan olib kiriladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek investor
tomonidan olib chiqiladigan, bitimga muvofiq unga tegishli bo'lgan mahsulot
bojxona to'lovlarini to'lashdan ozod qilinadi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun
to'lanadigan yig'imlar bundan mustasno.
|
20-moddaning 10-bandi
O'zbekiston Respublikasining
Qonuni 07.12.2001 y. N 312-II
"Mahsulot taqsimotiga
oid bitimlar to'g'risida".
|
|
69
|
Taraflarning kelishuviga binoan bitim shartlariga kiritilgan o'zgartishlar
bitimda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga kiritiladi. Agar bitimning amal qilish
muddati mobaynida qonun hujjatlari bilan investorning bitim doirasidagi
faoliyatining tijorat natijalarini yomonlashtiruvchi normalar belgilanadigan
bo'lsa, bitimda qayd etilgan shartlar amal qiladi
Agar qonun hujjatlari bilan ishlarni bexatar olib borish, yer osti
boyliklarini, atrof muhitni va fuqarolar sog'lig'ini muhofaza
qilish standartlariga (normalariga, qoidalariga) o'zgartishlar
kiritiladigan bo'lsa, mazkur qoida qo'llanilmaydi.
|
24-moddaning
2-bandi O’zbekiston Respublikasining Qonuni
07.12.2001 y.
N
312-II
«Маhsulot tаqsimotiga oid
bitimlar to’g’risida».
|
|
70
|
Investorga
u bitimga muvofiq qo'lga kiritgan va amalga oshirayotgan mulkiy hamda boshqa
huquqlari himoya qilinishi kafolatlanadi.Agar davlat boshqaruvi organlari,
mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish
organlarining hujjatlari investorning bitimga muvofiq qo'lga kiritgan va
amalga oshirayotgan huquqlariga cheklashlar belgilaydigan bo'lsa, mazkur
hujjatlar investorga nisbatan tatbiq etilmaydi, tegishli tekshiruv va nazorat
organlarining ishlarni bexatar olib borish, yer osti boyliklarini, atrof
muhitni va fuqarolar sog'lig'ini muhofaza qilish maqsadida qonun hujjatlariga
muvofiq beriladigan ko'rsatmalari bundan mustasno.
|
25-moddaning
birinchi va ikkinchi bandi
O'zbekiston Respublikasining
qonuni
07.12.2001 y.
N 312-II
"Mahsulot taqsimotiga
oid bitimlar to'g'risida".
|
|