Bosh sahifa arrow Horijiy investisiyalar arrow Yengilliklar arrow Mahsulot taqsimoti to’g’risidagi bitimlarni imzolashda taqdim etiladigan kafolat va imtiyozlar Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Fikr va mulohazalaringiz
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
 
Mahsulot taqsimoti to’g’risidagi bitimlarni imzolashda taqdim etiladigan kafolat va imtiyozlar Версия для печати Отправить на e-mail

Huquq, imtiyoz va kafolatlar ro’yxati                             

Qonunchilik hujjatlari

65

Bitim shartlariga muvofiq investorning mulkiga o’tadigan mahsulot hech qanday cheklashlarsiz O’zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilishi yoki investor tomonidan ichki bozorda bitimda belgilangan shartlar va tartibda realizatsiya qilinishi mumkin.

16 moddaning ikkinchi bandi O’zbekiston Respublikasining  qonuni

07.12.2001 y.

N 312-II

 «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to’g’risida».

66

        Investorlar shuningdek ularning pudratchilari va ikkilamchi pudratchilari O’zbekiston Respublikasida belgilangan barcha turdagi soliqlar va bitimlarda  belgilangan er qa’ri uchastkalarida izlash va qidirish ishlarini bajarish bilan bog’liq boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan ozod qilinadilar.

20-moddaning birinchi bandi

O'zbekiston Respublikasining

qonuni

07.12.2001 y. N 312-II

"Mahsulot taqsimotiga

oid bitimlar to'g'risida".

67

Investorlarga va (yoki) bitim bo'yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan operatorlarga O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lmish yuridik shaxslar tomonidan beriladigan tovarlar, bajariladigan ishlar va ko'rsatiladigan xizmatlarga nol darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi

20- moddaning 8-sakkizinchi bandi

O'zbekiston Respublikasining

qonuni

07.12.2001 y. N 312-II

"Mahsulot taqsimotiga

oid bitimlar to'g'risida ».

68

Bitim bo'yicha ishlarni bajarishga mo'ljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq investor tomonidan yoki bitim bo'yicha ishlarni bajarishda qatnashayotgan boshqa shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek investor tomonidan olib chiqiladigan, bitimga muvofiq unga tegishli bo'lgan mahsulot bojxona to'lovlarini to'lashdan ozod qilinadi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun to'lanadigan yig'imlar bundan mustasno.

 

20-moddaning 10-bandi

O'zbekiston Respublikasining

Qonuni 07.12.2001 y. N 312-II       

"Mahsulot taqsimotiga

oid bitimlar to'g'risida".

69

Taraflarning kelishuviga binoan bitim shartlariga kiritilgan o'zgartishlar bitimda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga  kiritiladi. Agar bitimning amal qilish muddati mobaynida qonun hujjatlari bilan investorning bitim doirasidagi faoliyatining tijorat natijalarini yomonlashtiruvchi normalar belgilanadigan bo'lsa, bitimda qayd etilgan shartlar amal qiladi

Agar qonun hujjatlari bilan ishlarni bexatar olib borish, yer osti boyliklarini, atrof muhitni va fuqarolar sog'lig'ini muhofaza

qilish standartlariga (normalariga, qoidalariga) o'zgartishlar kiritiladigan bo'lsa, mazkur qoida qo'llanilmaydi.

 

24-moddaning 2-bandi O’zbekiston Respublikasining Qonuni

07.12.2001 y.

N 312-II

 «Маhsulot  tаqsimotiga oid bitimlar to’g’risida».

70

Investorga u bitimga muvofiq qo'lga kiritgan va amalga oshirayotgan mulkiy hamda boshqa huquqlari himoya qilinishi kafolatlanadi.Agar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining hujjatlari investorning bitimga muvofiq qo'lga kiritgan va amalga oshirayotgan huquqlariga cheklashlar belgilaydigan bo'lsa, mazkur hujjatlar investorga nisbatan tatbiq etilmaydi, tegishli tekshiruv va nazorat organlarining ishlarni bexatar olib borish, yer osti boyliklarini, atrof muhitni va fuqarolar sog'lig'ini muhofaza qilish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan ko'rsatmalari bundan mustasno.

25-moddaning  birinchi va ikkinchi bandi

O'zbekiston Respublikasining

qonuni

07.12.2001 y.

N 312-II

 "Mahsulot taqsimotiga

oid bitimlar to'g'risida".

 
Последние новости

© Copyright 2007 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: