|
Qo'shilgan qiymat
solig'idan agar ushbu Kodeksning 212-moddasida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan
bo’lsa, quyidagi
realizasiya qilish oborotlari ozod etiladi:
1) yuridik va jismoniy
shaxslarga muayyan huquqlar berilganda davlat organlari, fuqarolarning
O’zini o’zi boshqarish
organlari hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan, davlat
boji,
patent boji, yig’im yoki
boshqa to’lovlar undiriladigan xizmatlar;
2) maktabgacha ta'lim
muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar;
3) bemorlar va keksalarni
parvarish qilishga doir xizmatlar;
4) dafn etish byurolari va qabristonlarning
marosim xizmatlari, diniy ashyolarni realizasiya qilish,
diniy tashkilotlar hamda
birlashmalarning udumlar va marosimlar o’tkazishga doir xizmatlari;
5) protez-ortopediya
buyumlari, nogironlar uchun mo’ljallangan inventarlar, shu jumladan ularni
ishlab chiqaruvchilar
tomonidan realizasiya qilinayotgan buyumlar va inventarlar, shuningdek
nogironlarga ko’rsatilayotgan
ortopedik protezlash xizmatlari, protez-ortopediya buyumlari va
nogironlar uchun mo’ljallangan
inventarlarni ta'mirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar
bo’yicha xizmatlar;
6) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab
chiqarish ustaxonalarining mazkur muassasalar
tomonidan realizasiya qilinadigan
mahsulotlari;
7) pochta markalari
(kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar, konvertlar;
8) aloqa tashkilotlarining
pensiya va nafaqalar to’lash bo’yicha xizmatlari;
9) byudjet mablag’lari hisobidan
bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovasiya ishlari. Ushbu imtiyozni
olish uchun tegishli moliya
organining byudjetdan mablag’lar ajratish to’g’risidagi xulosasi asosdir;
10) shahar yo’lovchilar transportining
xizmatlari (taksidan, shu jumladan yo’nalishli taksidan
tashqari), shuningdek temir
yo’l va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksidan, shu
jumladan yo’nalishli
taksidan tashqari) shahar atrofidagi yo’nalishlarda yo’lovchilar tashish
xizmatlari. Shahar yo’lovchilar transportining
xizmatlari jumlasiga yo’lovchilar tashish bo’yicha
avtomobil va elektr
transporti bilan shahar doirasida muayyan yo’nalishlar bo’yicha qatnov
jadvaliga binoan ko’rsatiladigan
xizmatlar kiradi. Ushbu bandning qoidalari yuridik va jismoniy
shaxslarning buyurtmalariga
ko’ra shahar yo’lovchilar tashish transportida xodimlarni ishdan va (yoki)
ishga tashish bo’yicha
xizmatlarga, tadbirlar o’tkazish uchun tashish bo’yicha xizmatlarga, shu
jumladan
shahar tashqarisiga tashishga ham tatbiq etiladi;
11) oliy, o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarida, shuningdek
kadrlarning malakasini oshirish va
ularni qayta tayyorlash
bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarda ta'lim berishning haq evaziga o’tishga
doir qismi bo’yicha
xizmatlar;
12) qimmatbaho metallarni
vakolatli davlat organiga saqlab turish uchun topshirish va ularning
eksporti;
13) tibbiy (veterinariya)
xizmatlari (kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno), dori vositalari va
tibbiyot (veterinariya)
uchun mo’ljallangan buyumlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar
tomonidan realizasiya qilinayotgan shunday
vositalar va buyumlar. Ushbu bandning qoidalarini
qo’llash maqsadlarida:
tibbiy xizmatlar jumlasiga
tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmati ko’rsatish, diagnostika,
profilaktika va davolash
xizmatlari, gomeopatik, stomatologik xizmatlar, tish protezlari tayyorlash
bo’limlari va kabinetlari,
narkologiya ambulatoriyalari, haydovchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish
komissiyalari, dezinfeksiya
stansiyalari, sanitariya va epidemiyaga qarshi kurash yo’nalishidagi
laboratoriyalar hamda bo’linmalar,
boshqa tibbiy hamda tibbiy-sanitariya yo’nalishidagi muassasalar
tomonidan ko’rsatiladigan
xizmatlar kiradi;
veterinariya xizmatlari
jumlasiga hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, mo’ynali va boshqa
hayvonlarni, baliqlar,
asalarilarni, hayvonot bog’laridagi, tajribaxonalardagi va boshqa shu
kabilardagi jonivorlarni)
kasalliklardan muhofaza qilish va ularni davolash, ishlab chiqarish va
aholining yaxshi sifatli
chorvachilik mahsulotiga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, odamlarning
hayvonlarga va insonga xos kasalliklarga chalinishining oldini olish,
shuningdek atrof muhitni
muhofaza qilishning veterinariya-sanitariya
muammolarini hal etish tadbirlari kiradi;
14) chet el havo kemalariga
xizmat ko’rsatish yuzasidan bevosita O’zbekiston Respublikasi
aeroportlarida va O’zbekiston
Respublikasining havo bo’shlig’ida amalga oshiriladigan xizmatlar, shu
jumladan aeronavigasiya
xizmati;
15) sanatoriy-kurort, sog’lomlashtirish,
turistik-ekskursiya xizmatlari, shuningdek jismoniy tarbiya va
sport muassasalarining
xizmatlari. Ushbu bandni qo’llash maqsadida:
sanatoriy-kurort va sog’lomlashtirish
xizmatlariga sanatoriylar, shifoxonalar, profilaktoriylar,
kurortlar, pansionatlar,
dam olish uylari va zonalari, bolalar dam olish oromgohlari va boshqa dam
olish tashkilotlari
tomonidan ularning asosiy ustav faoliyati doirasida ko’rsatiladigan xizmatlar
kiradi;
turistik-ekskursiya
xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar
ko’rsatish uchun yo’llanmaning
(vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya
xizmatlari kiradi. Barcha
turistik-ekskursiya xizmatlari turistik xizmatlar ko’rsatish shartnomasida
belgilangan transportda
xizmat ko’rsatishdan, yashab turishga, ovqatlanishga doir xizmatlardan,
ekskursiya xizmati,
madaniy, sport dasturlarini tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan
iborat bo’ladi;
jismoniy tarbiya va sport
muassasalarining xizmatlari jumlasiga sport inshootlarida sport
musobaqalari, bayramlari,
sport-tomosha tadbirlari, sport inshootlarida o’tkaziladigan kalendar
va match uchrashuvlari,
sport turlari bo’yicha o’quv guruhlari hamda komandalarida, sog’lomlashtirish,
umumjismoniy tayyorgarlik,
sog’lomlashtirish yo’nalishidagi, chiniqish, suzish, sog’lomlashtirish
maqsadidagi yugurish va
yurish, atletika, ritmika va davolash gimnastikasi maktablari hamda
klublarida jismoniy tarbiya
va sport mashg’ulotlari o’tkazish bo’yicha, sport inshootlariga
qatnovchilarga biletlarning (abonementlarning) qiymatida nazarda tutilgan
sport-texnika
asbob-uskunalarini,
trenajyorlarni, inventarlarni, sport ust-boshlarini berib turish bo’yicha
xizmatlar hamda boshqa
xizmatlar kiradi;
16) davlat mulkini
xususiylashtirish tartibida realizasiya qilinayotgan mol-mulk;
17) gidrometeorologiya va
aerologiya ishlari;
18) geologiya va
topografiya ishlari;
19) bosma mahsulotlar,
shuningdek bosma mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni realizasiya qilish
bilan bog’liq tahririy,
matbaa va noshirlik ishlari (xizmatlari). Ushbu bandni qo’llash maqsadida:
bosma mahsulotlar jumlasiga
kitoblar, gazetalar, jurnallar, ma'lumotnomalar, risolalar,
albomlar, plakatlar,
bukletlar, otkritkalar, daftarlar, rasm va chizmachilik albomlari,
blankalar hamda boshqa bosma mahsulotlar kiradi;
tahririy, matbaa va
noshirlik ishlari (xizmatlari) jumlasiga maket tayyorlash, kompyuter grafikasi,
sahifalash, original maketlar
tayyorlash, muqovalash, adadlarni tayyorlash, reklama murojaatlarini
qabul qilib olish,
rasmiylashtirish va nashrlarda joylashtirish, rang berish, yuridik va
jismoniy
shaxslarni axborot bilan
ta'minlash, axborot to’plash hamda uni qayta ishlash, matnlarni tarjima
qilish ishlari, magnit va qog’oz
nusxalarda pochta aloqasi hamda Internet orqali realizasiya qilish,
shuningdek qonun qujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa turdagi tahririy, matbaa va noshirlik ishlari
kiradi. Alohida va
uzil-kesil ishlar (xizmatlar) tarzida amalga oshiriladigan, matbaa mahsuloti
ishlab chiqarish hamda uni
realizasiya qilish bilan bog’liq bo’lmagan tahririy, matbaa va noshirlik
ishlariga (xizmatlariga) qo’shilgan
qiymat solig’ solinadi;
20) O’zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va
tashkilotlarning hamda O’zbekiston Milliy axborot
agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulot
va xizmatlar;
21) O'zbekiston
Respublikasi hududidan eksport qilinayotgan tovarlarni tashish, yuklash,
tushirish, qayta yuklash, ekspedisiya qilishga doir xizmatlar, ishlar;
22) nogironlarning jamoat
birlashmalari, "Nuroniy" jamg’armasi va "O’zbekiston
chernobilchilari" assosiasiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy
sonining kamida 50 foizini
nogironlar tashkil etuvchi
yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar,
xizmatlar), bundan vositachilik, savdo, tayyorlov, ta'minot-sotish
faoliyatini amalga oshirish bo’yicha realizasiya qilish oborotlari mustasno;
23) O’zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalari bo’yicha xalqaro va chet el hukumat
moliya tashkilotlari tomonidan berilgan
qarzlar (kreditlar) yuridik shaxslar oladigan, shuningdek grantlar hisobiga
olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
24) uy-joy fondini saqlash
va ta'mirlash yuzasidan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar. Uy-joy fondini saqlash
va ta'mirlash yuzasidan ko’rsatiladigan
xizmatlar jumlasiga lift Xo’jaliklari, umumiy foydalanishdagi antennalarni o’rnatish
hamda ularni tasarruf etish bo’yicha xo’jaliklar, yer resurslari va davlat
kadastri, uy-joy fondidan foydalanish, uni saqlash
va ta'mirlash boshqarmalari
hamda bo’limlarining bevosita aholi tomonidan haq to’lanadigan xizmatlari,
shu jumladan ushbu xizmatlarga xususiy
uy-joy mulkdorlarining shirkatlari orqali
haq to’lash kiradi;
25) aholini elektr
energiyasi bilan ta'minlash;
26) vakolatli davlat
organining ixtisoslashgan ekspertiza b¢linmalari ¢tkazadigan ekologik
ekspertiza xizmatlari;
27) davlat tilini va davlat
tilida ish yuritishni o’rgatish xizmatlari;
28) o’zi yetishtirgan qishloq
xo’jaligi mahsuloti;
29) ichki ishlar organlari huzuridagi
qo’riqlov bo’linmalari xizmatlari;
30) ustav fondiga (ustav
kapitaliga) hissa yoki pay badali sifatida beriladigan asosiy vositalar, nomoddiy
aktivlar va
tugallanmagan qurilish
ob'ektlari;
31) byudjet mablag’lari hisobidan
bajariladigan yer-kadastr, yer tuzish, tuproq va geobotanika ishlari;
32) davlat rezervining
tovar-moddiy zaxiralari, ular yangilanayotganda;
33) telekommunikasiyalar
tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnika vositalari,
shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat ko’rsatishga
doir xizmatlar;
34) investor va davlat
mulkini boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi o’rtasida tuzilgan
shartnomaga binoan investisiya majburiyatlari sifatida topshirilayotgan
mol-mulk.
35) kitob mahsulotlari, maktab o’quv
qurollari va ko’rgazmali qo’llanmalarning, dori vositalari va tibbiyot
buyumlarining ulgurji savdosi.
209-modda. Soliqdan ozod qilinadigan
moliyaviy
xizmatlar
qo'shilgan
qiymat solig'idan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar jumlasiga quyidagilar
kiradi:
1)
kreditlar, zayomlar bo'yicha foizlarni hisoblab chiqarish va undirish,
kreditlar, zayomlar berish, kafilliklar (kafolatlar), shu
jumladan
bank kafolatlari berish;
2)
depozitlar qabul qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning bank
hisobvarag'larini, shu jumladan vakil banklarda hisobvarag'larini
ochish
va yuritish;
3)
to'lovlar, o'tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va to'lov vositalari
bilan bog'liq operasiyalar, inkasso bo'yicha operasiyalar;
4)
milliy valyuta va chet el valyutasi bilan bog'liq operasiyalar, numizmatika
maqsadlarida foydalaniladiganlari bundan mustasno;
5)
yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog'ozlar depo-hisobvarag'larini,
shu jumladan vakil depozitariylarini ochish hamda yuritish;
6) qimmatli qog'ozlar (aksiyalar,
obligasiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar) bilan bog'liq operasiyalar.
qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq operasiyalar jumlasiga qimmatli qog'ozlarni
saqlash, qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqni hisobga olish, qimmatli
qoqg'ozlarni o'tkazish hamda qimmatli qog'ozlar reestrini yuritish bq'yicha
operasiyalar, qimmatli qog'ozlar savdosini tashkil etish bo'yicha operasiyalar
kiradi, ularni tayyorlash bo'yicha xizmatlar bundan mustasno;
7)
qimmatli qog'ozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav
kapitalidagi) ulushlarni (paylarni) realizasiya qilish;
8)
kliring operasiyalari;
9)
akkreditivlar ochish va ularga xizmat ko'rsatish;
10)
pul mablag'larini konvertasiya qilish bo'yicha operasiyalar;
11)
chet el valyutasi bilan ayirboshlash operasiyalarini tashkil etish;
12)
kassa operasiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, berish, qayta
hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash va saqlash);
13)
moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining ijaraga beruvchining (lizingga
beruvchining) foiz tariqasidagi daromadiga tegishli qismi bo'yicha xizmatlar
ko'rsatish;
14)
forfeyting va faktoring operasiyalari;
15)
lombard operasiyalari (garovga qo'yilgan mol-mulkka qisqa muddatli kreditlar
berish);
16)
jamg'arib boriladigan pensiya tizimi mablag'larining oboroti.
|