Bosh sahifa arrow Horijiy investisiyalar arrow Yengilliklar arrow Imtiyozlar Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Fikr va mulohazalaringiz
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Портал Государственной власти

Bizni topishingiz uchun
Valyuta kursi

Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
Who's Online
Сейчас на сайте:
Гостей - 21
География посещений
Locations of visitors to this page
 
Imtiyozlar Версия для печати Отправить на e-mail

 

Huquq, imtiyoz va kafolatlar ro’yxati

Qonunchilik hujjatlari

Daromad solig’I to’g’risida

23

Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi quyidagi summaga kamaytiriladi:

1) ekologiya, sog'lomlashtirish va xayriya jamg'armalariga, madaniyat,  sog'liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, ta'lim muassasalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga beriladigan badallar, homiylik va xayriya tariqasidagi mablag'lar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning ikki foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda;

 2) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida kollejlar, akademik liseylar, maktablar va maktabgacha tarbiya ta'lim muassasalari qurilishiga yo'naltirilgan mablag'lar summasiga, lekin soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda;

3) ishlab chiqarishni modernizasiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga, lizing ob'ekti qiymatining o'rnini qoplashga yo'naltiriladigan mablag'lar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizasiyani chegirib tashlagan holda, biror soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda. Soliq solinadigan foydani kamaytirish yuqorida ko'rsatib o'tilgan xarajatlar qilingan soliqdavridan e'tiboran, texnologik jihoz b¢yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan e'tiboran besh yil ichida amalga oshiriladi. Yangi texnologik jihoz xarid qilingan (import qilingan) paytdan e'tiboran uch yil ichida realizasiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini to'lash bo'yicha majburiyatlar tiklangan holda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qo'llanilgan butun davr uchun bekor qilinadi. Ushbu imtiyoz tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq to'lovchilar tomonidan qo'llaniladi;

                4) ishlab chiqarishni modernizasiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihozlar xarid qilishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga, lizing ob'ekti qiymatining o'rnini qoplashga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizasiyani chegirgan holda yo'naltiriladigan mablag'lar summasiga. Soliq solinadigan bazani kamaytirish yuqorida ko'rsatib o'tilgan xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan e'tiboran, texnologik jihozlar bo'yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan e'tiboran uch yil ichida amalga oshiriladi. Yangi texnologiya jihozlari ular olingan (import qilingan) paytdan e'tiboran uch yil ichida realizasiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi foydadan olinadigan solig'ni to'lash bo'yicha majburiyatlar tiklangan holda, imtiyoz qo'llanilgan butun davr uchun bekor qilinadi;

              6) diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya jamg'armalarining mulkida bo'lgan korxonalar foydasidan shu birlashmalar va jamg'armalarining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun yo'naltiriladigan ajratmalari summasiga.Banklarning soliq solinadigan foydasi jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo'yicha omonatlar hamda oylashtirilgan jamg'arma sertifikatlari hajmlarining ko'paygan summasiga bo'shagan mablag'larni yuqorida ko'rsatilgan omonatlar bo'yicha foiz stavkalarini oshirishga maqsadli yo'naltirish sharti bilan kamaytiriladi

O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksining 159-moddasi ikkinchi, uchuinchi, toärtinchi, va oltinchi xatboshilari.

24

Eksport qiluvchi korxonalar uchun foyda solig'i va mulk solig'ini to'lash tartibi umumiy sotish hajmida o'zi

ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportidagi (ishlar bajarilgan, xizmatlar ko'rsatilgan joydan qat'iy nazar) ulushiga bog'liq holda quyidagicha belgilansin:

eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo'lganida - belgilangan foyda solig'i va mulk solig'i

stavkalari 30 foizga kamaytiriladi;

eksport ulushi 30 va undan ko'proq foiz bo'lganida - belgilangan foyda solig'i va mulk solig'i stavkalari 50

foizga kamaytiriladi.

Mazkur soliq imtiyozi yagona soliq to'lovini hisoblash chog'ida mikrofirmalar va kichik korxonalarga tadbiq

etilsin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

05.06.2000 y.

N PF-2613

 

 

 

25

. "O'zbekengilsanoat" uyushmasi va "Mahalliy sanoat" korporasiyasi tizimlarida faoliyat ko'rsatayotgan va ustav jamg'armasida  xorijiy investorning ulushi kamida 50 foizni tashkil etgan qo'shma korxonalar, soliqning butun miqdorini xalq iste'mol tovarlari, birinchi navbatda bolalar uchun tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga qayta investisiya qilganlari taqdirda, foyda (daromad)dan olinadigan soliqdan ozod qilinsinlar "

7- band 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori 29.04.1996 y.

N 166

 "Engil va mahalliy sanoatni

Rivojlantirishni davlat tomonidan

qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari

tog'risida"

26

Eksportga yo'naltirilgan va importning o'rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalari:

- agar ishlab chiqarish hajmida 25 foizdan k¢prog'ini bolalarga mo'ljallangan tovarlar tashkil etgan taqdirda ishlab chiqarish  boshlangan paytdan 5 yil muddat mobaynida foydadan olinadigan solig'ni to'lashdan ozod qilinsin. Shundan keyingi yillarda mazkur korxonalarning foydasidan soliq amaldagiga nisbatan 2 baravar kamaytirilgan stavka bo'yicha undirib olinsin;

- agar korxonaning nizom jamg'armasida xorijiy sarmoya ulushi 50 foiz va undan ko'prog'ini tashkil etgan taqdirda ishlab chiqarish

boshlangan paytdan 2 yil muddat mobaynida foydadan olinadigan solig'ni to'lashdan ozod qilinsin.

4.3-bandi  O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining

Farmoni 30.11.1996 y. N PF-1652

"Xorijiy sarmoyalar

ishtirokidagi

korxonalarga berladigan  qo'shimcha rag'batlantirish omillari  va imtiyozlari to'g'risida"

.

27

Nizom jamg’armasida xorijiy sarmoyalar ulushi 50 foiz va undan ko’p bo;lgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarishkorxonalarining ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga sarflanadigan foydasi soliqqa torytihsdan ozod qilinsin.

         4.4-bandi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

30.11.1996 y.

N PF-1652

«Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo’shimcha rag’batlantirish omillari va imtiyozlari to’g’risida»

28

       Davlat korxonalari va ob’ektlar faqat tanlaov asosida eng yaxshi investitsiya lyihalarini va korxonaning kreditorlik qarzini to’lashni o’z ichiga oluvchi majburiyatlarni taklif etgan investorlarga investitsiya majburiyatlari qabuk qilinishi sharti bilan bepul beriladi.  

 

3-band ikkinchi xat boshi

O'zbekiston  Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

qarori

26.08.2003 y.

N 368

"Past  rentablli , zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor Davlat korxonalarini va ob'ektlarini xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida".

28

 

               Mulkdor – yuridik yoki jismoniy shaxs investiisiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul olingan past rentabelli zarar ko’rib ishlayotgan iqtisodiy nochor davlay korxonasi (uning mol-mulki) past  likvidli ob’ekt bo’yicha tegishlI ravishad foyda solig’iga hamda jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqqa tortilmaydi.

 

3-band beshinchi xat boshi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori   

26.08.2003 y.

N 368

«Past  rentablli , zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor Davlat korxonalarini va ob'ektlarini xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida».

 

29

             -ustav fondida xorijiy sarmoyaning ulushi 50 foiz va undan ko’p bo’lgan, uztav fondining hajmi 1,0 mln AQSH  dollariga qadar miqdiorga ekvivalent bo’lgan, xorijiy investitisiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari uchun 18 foiz, ya’ni umumbelgilangan stavka bo’yicha to’lanadi;

             - ustav fondida xorojiy sarmoyaning ulushi 50 foiz va undan ko’p bo’lgan AQSH dollariga ekvivalent bo’lgan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari uchun 16 foiz; 

Uchinchi bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari «2004 yil 1 yanvardan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibidagi o’zgartirishlar haqida»

, МinFin RUz №TD/04-01-02/1143 27.12.2003 yildagi

Davlar Soliq Qo’mitasi  РУз №2003-81   27.12.2003 yildagi

                         Qo’shimcha qiymat soli’gi  to’g’risida

30

Qo'shilgan qiymat solig'idan agar ushbu Kodeksning 212-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan

bo’lsa, quyidagi realizasiya qilish oborotlari ozod etiladi:

1) yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlar berilganda davlat organlari, fuqarolarning

O’zini o’zi boshqarish organlari hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan, davlat boji,

patent boji, yig’im yoki boshqa to’lovlar undiriladigan xizmatlar;

2) maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar;

3) bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;

4) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari, diniy ashyolarni realizasiya qilish,

diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar o’tkazishga doir xizmatlari;

5) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo’ljallangan inventarlar, shu jumladan ularni

ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizasiya qilinayotgan buyumlar va inventarlar, shuningdek

nogironlarga ko’rsatilayotgan ortopedik protezlash xizmatlari, protez-ortopediya buyumlari va

nogironlar uchun mo’ljallangan inventarlarni ta'mirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar

bo’yicha xizmatlar;

6) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mazkur muassasalar

tomonidan realizasiya qilinadigan mahsulotlari;

7) pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar, konvertlar;

8) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to’lash bo’yicha xizmatlari;

9) byudjet mablag’lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovasiya ishlari. Ushbu imtiyozni

olish uchun tegishli moliya organining byudjetdan mablag’lar ajratish to’g’risidagi xulosasi asosdir;

10) shahar yo’lovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu jumladan yo’nalishli taksidan

tashqari), shuningdek temir yo’l va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksidan, shu

jumladan yo’nalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yo’nalishlarda yo’lovchilar tashish

xizmatlari. Shahar yo’lovchilar transportining xizmatlari jumlasiga yo’lovchilar tashish bo’yicha

avtomobil va elektr transporti bilan shahar doirasida muayyan yo’nalishlar bo’yicha qatnov

jadvaliga binoan ko’rsatiladigan xizmatlar kiradi. Ushbu bandning qoidalari yuridik va jismoniy

shaxslarning buyurtmalariga ko’ra shahar yo’lovchilar tashish transportida xodimlarni ishdan va (yoki)

ishga tashish bo’yicha xizmatlarga, tadbirlar o’tkazish uchun tashish bo’yicha xizmatlarga, shu jumladan

shahar tashqarisiga tashishga ham tatbiq etiladi;

11) oliy, o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarida, shuningdek kadrlarning malakasini oshirish va

ularni qayta tayyorlash bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarda ta'lim berishning haq evaziga o’tishga

doir qismi bo’yicha xizmatlar;

12) qimmatbaho metallarni vakolatli davlat organiga saqlab turish uchun topshirish va ularning

eksporti;

13) tibbiy (veterinariya) xizmatlari (kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno), dori vositalari va

tibbiyot (veterinariya) uchun mo’ljallangan buyumlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar

tomonidan realizasiya qilinayotgan shunday vositalar va buyumlar. Ushbu bandning qoidalarini

qo’llash maqsadlarida:

tibbiy xizmatlar jumlasiga tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmati ko’rsatish, diagnostika,

profilaktika va davolash xizmatlari, gomeopatik, stomatologik xizmatlar, tish protezlari tayyorlash

bo’limlari va kabinetlari, narkologiya ambulatoriyalari, haydovchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish

komissiyalari, dezinfeksiya stansiyalari, sanitariya va epidemiyaga qarshi kurash yo’nalishidagi

laboratoriyalar hamda bo’linmalar, boshqa tibbiy hamda tibbiy-sanitariya yo’nalishidagi muassasalar

tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar kiradi;

veterinariya xizmatlari jumlasiga hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, mo’ynali va boshqa

hayvonlarni, baliqlar, asalarilarni, hayvonot bog’laridagi, tajribaxonalardagi va boshqa shu

kabilardagi jonivorlarni) kasalliklardan muhofaza qilish va ularni davolash, ishlab chiqarish va

aholining yaxshi sifatli chorvachilik mahsulotiga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, odamlarning

hayvonlarga va insonga xos kasalliklarga chalinishining oldini olish, shuningdek atrof muhitni

muhofaza qilishning veterinariya-sanitariya muammolarini hal etish tadbirlari kiradi;

14) chet el havo kemalariga xizmat ko’rsatish yuzasidan bevosita O’zbekiston Respublikasi

aeroportlarida va O’zbekiston Respublikasining havo bo’shlig’ida amalga oshiriladigan xizmatlar, shu

jumladan aeronavigasiya xizmati;

15) sanatoriy-kurort, sog’lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, shuningdek jismoniy tarbiya va

sport muassasalarining xizmatlari. Ushbu bandni qo’llash maqsadida:

sanatoriy-kurort va sog’lomlashtirish xizmatlariga sanatoriylar, shifoxonalar, profilaktoriylar,

kurortlar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar dam olish oromgohlari va boshqa dam

olish tashkilotlari tomonidan ularning asosiy ustav faoliyati doirasida ko’rsatiladigan xizmatlar

kiradi;

turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar

ko’rsatish uchun yo’llanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya

xizmatlari kiradi. Barcha turistik-ekskursiya xizmatlari turistik xizmatlar ko’rsatish shartnomasida

belgilangan transportda xizmat ko’rsatishdan, yashab turishga, ovqatlanishga doir xizmatlardan,

ekskursiya xizmati, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan

iborat bo’ladi;

jismoniy tarbiya va sport muassasalarining xizmatlari jumlasiga sport inshootlarida sport

musobaqalari, bayramlari, sport-tomosha tadbirlari, sport inshootlarida o’tkaziladigan kalendar

va match uchrashuvlari, sport turlari bo’yicha o’quv guruhlari hamda komandalarida, sog’lomlashtirish,

umumjismoniy tayyorgarlik, sog’lomlashtirish yo’nalishidagi, chiniqish, suzish, sog’lomlashtirish

maqsadidagi yugurish va yurish, atletika, ritmika va davolash gimnastikasi maktablari hamda

klublarida jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari o’tkazish bo’yicha, sport inshootlariga

qatnovchilarga biletlarning (abonementlarning) qiymatida nazarda tutilgan sport-texnika

asbob-uskunalarini, trenajyorlarni, inventarlarni, sport ust-boshlarini berib turish bo’yicha

xizmatlar hamda boshqa xizmatlar kiradi;

16) davlat mulkini xususiylashtirish tartibida realizasiya qilinayotgan mol-mulk;

17) gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;

18) geologiya va topografiya ishlari;

19) bosma mahsulotlar, shuningdek bosma mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni realizasiya qilish

bilan bog’liq tahririy, matbaa va noshirlik ishlari (xizmatlari). Ushbu bandni qo’llash maqsadida:

bosma mahsulotlar jumlasiga kitoblar, gazetalar, jurnallar, ma'lumotnomalar, risolalar,

albomlar, plakatlar, bukletlar, otkritkalar, daftarlar, rasm va chizmachilik albomlari,

blankalar hamda boshqa bosma mahsulotlar kiradi;

tahririy, matbaa va noshirlik ishlari (xizmatlari) jumlasiga maket tayyorlash, kompyuter grafikasi,

sahifalash, original maketlar tayyorlash, muqovalash, adadlarni tayyorlash, reklama murojaatlarini

qabul qilib olish, rasmiylashtirish va nashrlarda joylashtirish, rang berish, yuridik va jismoniy

shaxslarni axborot bilan ta'minlash, axborot to’plash hamda uni qayta ishlash, matnlarni tarjima

qilish ishlari, magnit va qog’oz nusxalarda pochta aloqasi hamda Internet orqali realizasiya qilish,

shuningdek qonun qujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi tahririy, matbaa va noshirlik ishlari

kiradi. Alohida va uzil-kesil ishlar (xizmatlar) tarzida amalga oshiriladigan, matbaa mahsuloti

ishlab chiqarish hamda uni realizasiya qilish bilan bog’liq bo’lmagan tahririy, matbaa va noshirlik

ishlariga (xizmatlariga) qo’shilgan qiymat solig’ solinadi;

20) O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va

tashkilotlarning hamda O’zbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulot

va xizmatlar;

21) O'zbekiston Respublikasi hududidan eksport qilinayotgan tovarlarni tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ekspedisiya qilishga doir xizmatlar, ishlar;

 

22) nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg’armasi va "O’zbekiston chernobilchilari" assosiasiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini

nogironlar tashkil etuvchi yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), bundan vositachilik, savdo, tayyorlov, ta'minot-sotish faoliyatini amalga oshirish bo’yicha realizasiya qilish oborotlari mustasno;

23) O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo’yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan  berilgan qarzlar (kreditlar) yuridik shaxslar oladigan, shuningdek grantlar hisobiga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar);

24) uy-joy fondini saqlash va ta'mirlash yuzasidan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar. Uy-joy fondini saqlash va ta'mirlash  yuzasidan ko’rsatiladigan xizmatlar jumlasiga lift Xo’jaliklari, umumiy foydalanishdagi antennalarni o’rnatish hamda ularni tasarruf etish bo’yicha xo’jaliklar, yer resurslari va davlat kadastri, uy-joy fondidan foydalanish, uni saqlash

va ta'mirlash boshqarmalari hamda bo’limlarining bevosita aholi tomonidan haq to’lanadigan xizmatlari, shu jumladan ushbu  xizmatlarga xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari  orqali haq to’lash kiradi;

25) aholini elektr energiyasi bilan ta'minlash;

26) vakolatli davlat organining ixtisoslashgan ekspertiza b¢linmalari ¢tkazadigan ekologik ekspertiza xizmatlari;

27) davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o’rgatish xizmatlari;

28) o’zi yetishtirgan qishloq xo’jaligi mahsuloti;

29) ichki ishlar organlari huzuridagi qo’riqlov bo’linmalari xizmatlari;

30) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali sifatida beriladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va

tugallanmagan qurilish ob'ektlari;

31) byudjet mablag’lari hisobidan bajariladigan yer-kadastr, yer tuzish, tuproq va geobotanika ishlari;

32) davlat rezervining tovar-moddiy zaxiralari, ular yangilanayotganda;

33) telekommunikasiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnika vositalari, shuningdek mazkur vositalardan   foydalanishga va ularga xizmat ko’rsatishga doir xizmatlar;

34) investor va davlat mulkini boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi o’rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investisiya majburiyatlari sifatida topshirilayotgan mol-mulk.

          35) kitob mahsulotlari, maktab o’quv qurollari va ko’rgazmali qo’llanmalarning, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji  savdosi.

          209-modda. Soliqdan ozod qilinadigan

moliyaviy xizmatlar

qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) kreditlar, zayomlar bo'yicha foizlarni hisoblab chiqarish va undirish, kreditlar, zayomlar berish, kafilliklar (kafolatlar), shu

jumladan bank kafolatlari berish;

2) depozitlar qabul qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvarag'larini, shu jumladan vakil banklarda hisobvarag'larini

ochish va yuritish;

3) to'lovlar, o'tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va to'lov vositalari bilan bog'liq operasiyalar, inkasso bo'yicha operasiyalar;

4) milliy valyuta va chet el valyutasi bilan bog'liq operasiyalar, numizmatika maqsadlarida foydalaniladiganlari bundan mustasno;

5) yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog'ozlar depo-hisobvarag'larini, shu jumladan vakil depozitariylarini ochish hamda yuritish;

          6) qimmatli qog'ozlar (aksiyalar, obligasiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar) bilan bog'liq operasiyalar. qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq operasiyalar jumlasiga qimmatli qog'ozlarni saqlash, qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqni hisobga olish, qimmatli qoqg'ozlarni o'tkazish hamda qimmatli qog'ozlar reestrini yuritish bq'yicha operasiyalar, qimmatli qog'ozlar savdosini tashkil etish bo'yicha operasiyalar kiradi, ularni tayyorlash bo'yicha xizmatlar bundan mustasno;

7) qimmatli qog'ozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni (paylarni) realizasiya qilish;

8) kliring operasiyalari;

9) akkreditivlar ochish va ularga xizmat ko'rsatish;

10) pul mablag'larini konvertasiya qilish bo'yicha operasiyalar;

11) chet el valyutasi bilan ayirboshlash operasiyalarini tashkil etish;

12) kassa operasiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, berish, qayta hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash va saqlash);

13) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) foiz tariqasidagi daromadiga tegishli qismi bo'yicha xizmatlar ko'rsatish;

14) forfeyting va faktoring operasiyalari;

15) lombard operasiyalari (garovga qo'yilgan mol-mulkka qisqa muddatli kreditlar berish);

16) jamg'arib boriladigan pensiya tizimi mablag'larining oboroti.

208-modda O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

209-modda O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi

 

 

31

Quyidagi tovarlarni import  qilish qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilinadi:

1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;

2) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va ma'muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning o'zlari bilan birga yashayotgan oila a'zolari shaxsiy foydalanishi uchun mo'ljallangan tovarlar;

3) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan tovarlar;

4) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko'mak ko'rsatish maqsadida olib kirilayotgan tovarlar;

5) O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo'yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) mablag'lari, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlar;

6) dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun mo'ljallangan buyumlar, shuningdek dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun mo'ljallangan buyumlar ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan ro'yxat bo'yicha olib kirilayotgan xom ashyo;

7) O'zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro'yxat bo'yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo'lsa. Import qilingan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan paytdan e'tiboran uch yil mobaynida eksportga realizasiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi qo'shilgan qiymat solig'i to'lash bo'yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi;

8) investor bilan davlat mulkini boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organi o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investisiya majburiyatlari sifatida olib kiriladigan mol-mulk;

9) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig'i mavjud bo'lgan taqdirda, telekommunikasiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo'yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;

10) bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar o'z ishlab chiqarishida foydalanish uchun olib kirayotgan xom ashyo, materiallar va yarim mahsulot;

11) qonun hujjatlarida belgilanadigan ro'yxat bo'yicha yog'och-taxta materiallari va yog'och

211-modda O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi

.

32

   Belgilansinki, neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini olib borayotgan xorijiy kompaniyalarga materiallar etkazib berish ishlar va xizmatlarni bajarish bilan shug’ullanuvchi O’zbekiston Respublikasining rezident korxonalari va tashkilotlari qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashdan ozod etiladilar.

5-band O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining Farmoni                                            28.04.2000y N PF-2598

"Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga

Bevosita xorijiy sarmoyalarni

jalb etish chora-tadbirlari to’g'risida"

33

Quyidagilar:

2006 yil hosilidan boshlab 2010 yilning 1 yanvarigacha ipak qurti urug'i zavodlari o'zi ishlab chiqargan urug'larni pilla yetishtiruvchi xo'jaliklarga to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar bo'yicha va pilla tayyorlash tashkilotlari orqali sotishda, shuningdek pilla tayyorlash va birlamchi ishlov berish korxonalari - quruq pillani qayta ishlovchi respublika pillachilik tarmog'i korxonalariga sotishda qo'shilgan qiymat solig'i to'lashdan ozod etilsin.

 

 

6 moddaning ikkinchi va beshinchi bandlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

15.11.2006 y.

N PQ-512

«Respublika pillachilik tarmog’ini yanada isloh qilish chora-tadbirlar to’g’risida»

                                              Bojxona to’lovlari   to’g’risida

34

Boj undirishdan quyidagilar ozod qilinadi:

xalqaro yo'nalishda yuklar, bagaj va yo'lovchilar tashiydigan transport vositalari, shuningdek ularning yo'lda, oraliq  to'xtash  joylarida bir maromda ishlashi uchun zarur bo'lgan yoki transport vositalarida yuz bergan avariyalarga (nosozliklarga) barham berish uchun chet ellarda sotib olingan moddiy-texnika ta'minoti buyumlari va asbob-anjomlari, yonilg'i, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mol-mulk;

qonun hujjatlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasining valyutasi, chet el valyutasi (numizmatika uchun ishlatiladigan valyuta bundan mustasno), shuningdek qimmatli qog'ozlar;

dengizda ov bilan band bo'lgan O'zbekiston Respublikasi kemalarini Hamda O'zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan ijaraga olingan (fraxt qilingan) kemalarni ta'minlash maqsadida bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan moddiy-texnika ta'minoti buyumlari va anjomlar, yonilg'i, oziq-ovqat va boshqa mol-mulk, shuningdek ularning O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan ov mahsulotlari;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat mulkiga aylantirilishi lozim bo'lgan tovarlar;

chet davlatlar vakillarining, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari yoki xalqaro shartnomalariga muvofiq boj to'lamasdan bularni olib kirish huquqiga ega bo'lgan jismoniy shaxslarning rasmiy yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanishiga mo'ljallab bojxona hududiga olib kiriladigan yoki bu hududdan olib chiqiladigan buyumlar;

tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganida yordam ko'rsatish uchun insonparvarlik yordami va beg'araz texnik ko'mak sifatida O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlarida olib kiriladigan tovarlar;

bepul o'quv, davolash va maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari uchun mo'ljallangan o'quv qo'llanmalari;

uchinchi davlatlar uchun mo'ljallangan va bojxona nazorati ostida O'zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tranzit tartibida olib o'tiladigan tovarlar;

bojxona qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan va ishlab chiqarish yoki boshqa tijorat faoliyatini olib borish uchun mo'ljallanmagan tovarlar;

erkin savdo rejimi o'rnatilgan davlatlarga mansub bo'lgan va ulardan olib kiriladigan tovarlar;

O'zbekiston Respublikasi hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida tuzilgan hukumatlararo va kredit bitimlari bo'yicha yetkazib beriladigan tovarlar;

          chet ellik investorlar va ustav fondida chet el investisiyalarining ulushi kamida o'ttiz uch foiz bo'lgan chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan o'z ishlab chiqarish extiyojlari uchun O'zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk;

chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasida turgan chet ellik investorlar va chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkO'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSh dollaridan ziyod bo'lgan to'g'ridan-to'g'ri investisiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar, basharti olib kiriladigan tovarlar ularning o'z ishlab chiqarish mahsuloti bo'lsa;

mahsulot taqsimotiga oid bitim bo'yicha ishlar olib borish uchun mo'ljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq mahsulot taqsimotiga oid bitim bo'yicha ishlarni bajarishda qatnashayotgan chet ellik investor yoki boshqa shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek investor tomonidan olib kiriladigan, mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq investorga tegishli bo'lgan mahsulot;

reklamalar va taqdimotlar uchun olib kiriladigan tovarlar;

byudjetdan ta'minlanadigan tashkilotlar tomonidan (yoki ularning buyurtmalari bo'yicha) byudjet mablag'lari hisobidan o'z ehtiyojlari uchun O'zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar;

           O'zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro'yxat bo'yicha olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo’lsa. Import qilingan texnologik jihoz olib kirilgan paytdan e'tiboran uch yil ichida eksportga realizasiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyozlar qo'llanilgan butun davr uchun boj to'lash majburiyatlari tiklangan holda bekor qilinadi. O'zbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb etilgan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun;

chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitaliga chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida;

yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, shuningdek ishlab turgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizasiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun;

lizingga topshirish uchun;

chet ellik investorning investisiya majburiyatlari hisobidan xususiylashtirilayotgan korxonalar uchun; (O'zR 12.12.2003 y. 568-II-son

qonuni tahriridagi xatboshi)

vakolatli organning yozma tasdig'i bo'lgan taqdirda, telekommunikasiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo'yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalari.

 Yangi texnologik jihozlar (butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ular texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlariga muvofiq yetkazib berilgan bo'lsa) olingan (import qilingan) paytdan e'tiboran uch yil mobaynida realizasiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, ushbu modda birinchi qismining o'n to'qqizinchi-yigirma to'rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilishi imtiyoz qo'llanilgan butun davr uchun bojxona bojini to'lash bo'yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi. (O'zR 19.09.2007 y.  O'RQ-112-son Qonuni tahriridagi qism)

Ushbu modda birinchi qismining to'rtinchi, o'n beshinchi va o'n sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan iste'mol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ushbu modda birinchi qismining o'n uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyoz yuridik shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan iste'mol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, mehmonxona xizmatlari ko'rsatish uchun olib kiriladigan iste'mol tovarlari bundan mustasno.

Tovarlarni iste'mol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

33-modda O’zbekiston Respublikasining Qonuni

«Boj ta’rifi to’g’risida»

 

 

35

O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo siyosatini uning bojxona hududi doirasida amalga oshirishda:

O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tegishli bojxona rejimlari doirasida bojxona nazorati ostida O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga vaqtincha olib kiriladigan yoki undan vaqtincha olib chiqiladigan tovarlarga:

 O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el korxonalarining ustav fondlariga ulush sifatida olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq mahsulotni taqsimlash to'g'risidagi bitimlarda nazarda tutilgan hollarda shunday korxonalar olib chiqib ketadigan o'zlari ishlab chiqargan tovarlarning ayrim turlariga nisbatan ilgari to'langan bojni qaytarish, boj stavkasini kamaytirish va alohida hollarda bojdan ozod qilish kabi ta’rif imtiyozlari berilishiga yo'l qo'yiladi.

35- modda birinchi va ikkinchi xat boshi «Boj tа’rifi to’g’risida»

 

 

36

Ishlab  chiqarishni texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun xorijiy investorlarning investitsiya majburiyatlari hisobiga O’zbekiston Respublikasi hududiga keltiriladigan texnologik asbob uskunalarga ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilingan vaqtdan boshlab investitsiya davrida bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi  (bojxona rasmiylashtiruvchi yig’imlar bundan mustasno).

4-band to’rtinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori 

«2003-2004 yillarda korxonalarni Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi tog’risida».

37

         Yengil sanoat mahsulotlari sifatini va raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek assortimentini kengaytirish uchun “O’zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan olib kelinayotgan 4-ilovaga muvofiq ximikatlar bo’yoqlar furnitura va aksessuarlar shuningdek Respublikada ishlab chiqarilmaydigan boshqa yordamchi materiallar 2007 yil 1 yanvargacha import bojxona to’lashdan ozod qilinsin

 

6-band birinchi xat boshi O'zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Qarori 25.03.2004 y. N 141

 "O'zbekengilsanoat davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida",

  5-band O'zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining Qarori

27.01.2005 y. N 38

"Respublika to'qimachilik tarmog'iga investisiyalar jalb etish  chora-tadbirlari to'g'risida"

38

           “O’zbekengilsanoat” DAKning pillachilik tarmog’I korxonalari tomonidan 6-ilovaga muvofiq resublikada chiqarilmaydigan shaxsiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan  xom ashyo bo’yoqlar kimyoviy vositalar va yordamchi materiallar 2008 yil 1 yanvarigacha bojxona to’lovlari (bojxoa rasmiylashtiruvchi yig’imlardan tashqari) to’lashdan ozod etilsan

6-bandning beshinchi va uchinchi xat boshilari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

15.11.2006y. №PQ- 512 «Respublika pillachilik tarmog’ini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida»

                          Soliq  turlari va boshqa majburiy to’lovlar  to’g’risida                  

39

            Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizasiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi.

Tovarlarni O'zbekiston Respublikasining bojxona hududidan bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq olib chiqish tovarlar eksportidir.

Ushbu Kodeksning 213-moddasiga muvofiq tovarlarning eksport qilinganligi tasdiqlanmagan taqdirda, mazkur tovarlarni realizasiya qilish oborotiga belgilangan stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi.

Chet el tarafi o'zarolik prinsipiga amal qilgan taqdirda, chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek bu vakolatxonalar diplomatik va ma'muriy-texnik xodimlarining, shu jumladan ular bilan birga yashayotgan oila a'zolarining, agar ular O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmasalar hamda O'zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan bo'lmasalar, shaxsiy foydalanishi uchun realizasiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) nol darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati tomonidan keyinchalik chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga realizasiya qilish uchun olinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) nol darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishda nol darajali stavka qo'llanilishi tatbiq etiladigan O'zbekiston Respublikasida akkreditasiya qilingan chet el diplomatik vakolatxonalarining va diplomatik vakolatxonalariga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, "bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta  ishlash bo'yicha bajarilgan ishlarga (ko'rsatilgan xizmatlarga), agar qayta ishlash mahsulotlari O'zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan bo'lsa, nol darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi.

"Bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo'yicha bajarilgan ishlarga (ko'rsatilgan xizmatlarga), agar keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq "erkin muomalaga chiqarish" rejimiga joylashtiriladigan bo'lsa, belgilangan stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi.

           Xalqaro yo'nalishda tashishlar bo'yicha ko'rsatiladigan quyidagi xizmatlarni realizasiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi:

Tranzit yuklarni O'zbekiston Respublikasi hududi bo'ylab tashish. Tranzit yuklarni tashish jumlasiga yukning tranzitini amalga oshirish uchun chet ellik shaxslar bilan to'g'ridan-to'g'ri tuzilgan shartnomalar yoki xalqaro (idoralararo) transport bitimlari hamda bojxona organlarining mazkur tranzit yuklar haqiqatda olib kirilganligi va olib chiqilganligi to'g'risida belgilari mavjud bo'lgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Hududi orqali chet el tranzit yuklarini tashish va ularga xizmat ko'rsatishga doir xizmatlar kiradi;

Yo'lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo'nalishda tashish. Agar jo'natish punkti yoki tayin etilgan punkt O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan bo'lsa, tashishlar yagona xalqaro tashish hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, xalqaro yo'nalishlarda tashish hisoblanadi.

Suv ta'minoti, kanalizasiya, sanitariya tozalash, issiqlik ta'minoti, gaz ta'minoti bo'yicha aholiga ko'rsatiladigan xizmatlarga, shu jumladan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari aholi nomidan oladigan ana shunday xizmatlarga nol darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi.

O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 212, 214, 215, 216 va 217 moddalari.

 

40

Quyidagilarga aksiz solig'i solinmaydi:

1) aksiz to'lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizasiya qilishga, bundan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to'lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;

2) keyinchalik O'zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan "bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo'lgan aksiz to'lanadigan tovarlarni topshirishga;

3) O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;

davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko'mak ko'rsatish maqsadida;

O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo'yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag'lari hisobiga, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz to'lanadigan tovarlarni import qilishga;

4) aksiz to'lanadigan tovarlarni O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig'i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig'i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi qonun hujjatlarida belgilanadi;

5) vakolatli davlat organining yozma tasdig'i mavjud bo'lgan taqdirda, telekommunikasiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo'yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.

O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 230-moddasi ikkinchi bandi.

 

41

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan solig' hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan baza quyidagilarning qiymatiga kamaytiriladi:

1) uy-joy-kommunal xo'jaligi ob'ektlarining. Uy-joy-kommunal xo'jaligi ob'ektlariga quyidagilar kiradi: uy-joy fondi, vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish inshootlari bilan), kanalizasiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), gaz va issiqlikni taqsimlash tarmog'lari (ulardagi inshootlar bilan), kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun qozonxonalar (shu jumladan asbob-uskunalar);

2) madaniyat va san'at, ta'lim, sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta'minot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha ob'ektlarining; 

3) yuridik shaxslarning madaniyat muassasalari, maktabgacha va umumta'lim o'quv muassasalari ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mol-mulkining;

4) qishloq xo'jaligi (o'simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik) mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun foydalaniladigan qishloq xo'jaligi korxonalari balansida bo'lgan mol-mulkning;

5) sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlari ob'ektlarining;

6) aloqa yo'ldoshlarining;

7) kredit hisobidan olingan asbob-uskunaning, uni foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab besh yilga, lekin kreditni uzish uchun belgilanganidan ko'p bo'lmagan muddatga;

8) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong'in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob'ektlarning. Ob'ektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong'in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob'ektlarga kiritish tegishli tabiatni muhofaza qilish yoki davlat yong'in nazorati organining ma'lumotnomasi asosida amalga oshiriladi;

  9) umumiy foydalanishdagi temir yo'llar va avtomobil yo'llari, magistral truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish  liniyalarining, shuningdek ushbu ob'ektlarning ajralmas  texnologik qismi bo'lgan inshootlarning;

10) konservasiya qilinishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan asosiy ishlab chiqarish  fondlarining;

11) lizingga olingan mol-mulkning, lizing shartnomasi amal qiladigan muddatga;

12) soliq  to'lovchining balansida bo'lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob'ektlarning;

13) shahar va shahar atrofidagi yo'nalishlarda yo'lovchilar tashiydigan shahar yo'lovchilar transporti tashkilotlari transport vositalarining (avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten poezdlari);

14) tuzilgan shartnomalarga muvofiq yuridik shaxsning buyurtmasi bo'yicha ishlar bajarish uchun kasanachilarga bepul  foydalanishga berilgan asbob-uskunalarning (foydalanish davriga);

 

15) telekommunikasiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining;

16) ishlab chiqarishga yangi joriy etilgan yangi texnologik jihozlarning, besh yillik muddatga. Yangi texnologik jihozlar olingan (import qilingan) paytdan e'tiboran uch yil ichida realizasiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi mol-mulk solig'ini to'lash majburiyatlari imtiyoz qo'llaniladigan butun davr uchun tiklangan holda,

bekor qilinadi.

           Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy ta'minot, xalq ta'limi, madaniyat va san'at tashkilotlari;

2) uy-joy-kommunal xo'jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo'jaligi korxonalari. Uy-joy-kommunal va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo'jaliklari jumlasiga uy-joy fondini bevosita boshqarish, saqlash hamda undan foydalanishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, sanitariya tozalash va yig'ishtirish, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, shaharlar hamda shaharchalarni tashqi yoritish, vodoprovod suv olish inshootlaridan, taqsimlanadigan tarmoqlardan (tozalovchi inshootlari bilan) foydalanish va suvni taqsimlash, kanalizasiya tarmoqlaridan foydalanish (tozalash inshootlari bilan), gaz taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish hamda gazni taqsimlash, qozonxona, issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish va kommunal-maishiy ehtiyojlarga hamda aholiga issiqlikni taqsimlashni bevosita amalga oshiruvchi tashkilotlar, xizmat binolarining xo'jalik boshqarmalari, o't o'chirish komandalari, uy-joy-kommunal xo'jaligining xo'jalik boshqarmalari, uy-joy-kommunal xo'jaligi va shahar xo'jaligining umumfuqaroviy ahamiyatga molik boshqa korxonalari kiradi;

3) nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg'armasi va "O'zbekiston chernobilchilari" assosiasiyasi mulkida bo'lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta'minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo'lgan xodimlar kiritiladi;

4) yangi tashkil etilgan korxonalar - davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran ikki yil mobaynida. Mazkur imtiyoz qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek boshqa korxonalar hududida shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalardan foydalangan holda o'z faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslarga nisbatan qo'llanilmaydi;

5) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini - yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to'g'risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e'tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to'xtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu

imtiyoz qo'llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo'llanilgan butun davr uchun to'liq miqdorda undiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 269-moddasi

 

42

Kend tarqalgan foydaliqazilmalar qzib olishni o’zlariga o’zlariga berilgan er uchastkalari doirasida xo’jalik va maishiy ehtiyojlar uchun belgilangan tartibda amalga oshirayotgan er egalari hamda erdan foydalanuvchilar er ostidan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilinadi.

 

Ўзбекистон Республикаси  Солиқ Кодексининг 108-моддаси

43

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg'armasi va "O'zbekiston chernobilchilari" assosiasiyasi mulkida bo'lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan korxonalar, bundan savdo, vositachilik, ta'minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug'ullanuvchi

yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo'lgan xodimlar kiritiladi;

2) suv uchun byudjetga soliq o'tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan iste'molchilar;

3) birlamchi foydalanilgan suv uchun to'lov amalga oshirilgan suvdan ikkilamchi foydalanuvchi suv iste'molchilari;

4) ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar - tadbirkorlik sub'ektlari - yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to'g'risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e'tiboran. Ixtiyoriy ravishda tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to'xtatilgan va faoliyat

qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo'llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo'llanilgan butun davr uchun to'liq miqdorda undiriladi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza quyidagi hajmlarga kamaytiriladi:

1) sog'liqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari hajmiga, bundan savdo tarmog'ida realizasiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

2) dori vositalarini tayyorlash uchun foydalaniladigan suv hajmiga;

3) atrof muhitga zararli ta'sir ko'rsatishining oldini olish maqsadida chiqazib olinadigan yer osti suvlari hajmiga, ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno;

4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa'riga qaytarib quyiladigan yer osti suvlari hajmiga, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

5) gidroelektr stansiyalari gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv hajmiga;

6) qishloq x¢jaligiga mo'ljallangan sho'rlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmiga.

O’zbekiston Soliq Kodeksining

261-moddasi  

44

            Eksportga mo'ljallangan va  importning o'rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun 1996 yil 1 iyundan boshlab quyidagi qo'shimcha imtiyozlar joriy qilinsin:

ularga ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun soliq krediti olish huquqi berilsin, ya'ni byudjetga to'lanadigan foydadan olinadigan soliq, qo'shilgan qiymat solig'i va yer solig'i yuzasidan to'lovlar ikki yilgacha muddatga kechiktiirilsin;

ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi kamida 500 ming AQSh dollarini tashkil etgan korxonalar mulk solig'i to'lashdan ozod qilinsin.

 

4-band O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining

Farmoni

31.05.1996 y.

N PF-1467

Xorijiy investisiyalar

Ishtirokidagikorxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatinirag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida.

 

 

45

 

Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalgam oshiruvchi xorijiy kompaniyalar, shuningdek ular tomonidan jalb etildigan xorijiy pudrat va yordamchi pudrat yashkilotlari quyidagilarni to’lashdan ozod qilinsin:

Geologiya-razvedka ishlarini o’tkazish davrida byudjetdan tashqari jamg’armalarga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni;

Qidirish razvedka qilish va boshqa tegishli ishlarni amalgam oshirisg uchun zarur bo’lgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import qilish chog’ida bojxona to’lovlarini (bojxonada rasmiylashtiriladigan ishlar uchun olinadigan yig’imlardan tashqari). 

 

 

          

 4-band

O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining

Farmoni

28.04.2000 y.

N PF-2598

 "Neft va gaz konlarini razvedka

qilish hamda ularni qazib chiqarishga

bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish

 chora-tadbirlari to'g'risida".

46

Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalgam oshirgn xorijiy kompaniyalar ishtirokida tashkil etiladigan neft va gaz qazib chiqaruvchi qo’shma korxonalar neft yoki gaz qazib olinishidan boshlab 7 yil muddatga foyda solig’I to’lashdan ozod qilinsin.

            4-band

 O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining

Farmoni

28.04.2000 y.

N PF-2598

"Neft va gaz konlarini razvedka

qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita

 Xorijiy

Sarmoyalarni jalb

etish chora-tadbirlari to'g'risida".

47

         Belgilab qo'yilsinki, 2003 yilning 1 iyulidan to 2005 yilning 1 yanvariga qadar tayyor kiyim-kechak (tikuvchilik, trikotaj va charm buyumlar), paypoqlar va poyafzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari byudjetga to'lanadigan qo'shimcha qiymat solig'idan tashqari barcha turdagi soliq va yig'imlardan ozod qilinadilar.

1-band

O'zbekiston Respublikasi

Preztdentining

Farmoni

20.06.2003 y.

N PF-3267

"Xorijiy sarmoya ishtirokidagi

korxonalar tomonidan  tayyor iste'mol

 mollari ishlabchiqarishni

ko'paytirishni

rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida",

      5-band O'zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

Qarori

27.01.2005y.N38

"Respublika to'qimachilik tarmog'iga investisiyalar jalb etish  chor-tadbirlari to'g'risida"

48

2005 yilning 1 iyulidan boshlab to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo’yicha foyda solig'i, mulk solig'i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soli  to'lovi to'lashdan, shuningdek Respublika yo'l

jamg'armasiga majburiy ajratmalar to'lashdan ozod qilinsin.

Belgilansinki, to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investisiyalar hajmi quyidagicha bo'lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:

300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha - 3 yil muddatga;

3 milliondan ortiq AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha - 5 yil muddatga;

10 million AQSh dollaridan ortiq bo'lganda - 7 yil muddatga.

2. Ushbu Farmonning 1-bandida ko'rsatilgan soliq  imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qo'llanilishi belgilab qo'yilsin:

mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bo'lgan mintaqalar - Qoralalpog'iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish;

xorijiy investorlar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investisiyalarni O'zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;

korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50 foizni tashkil etishi lozim;

ushbu korxonalar davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan keyin to'grida'n-to'g'ri xususiy xorijiy investisiyalarni kiritish;

xorijiy investisiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo'yish;

mazkur imtiyozlarni qo'llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investisiyalashga yo'naltirish.quyidagilar belgilansin:

          xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublikasining kafolatisiz jalb etiladigan uzoq muddatli kreditlar bo'yicha foizlar daromad (foyda) solig'ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga kiritilmaydi;

xorijiy investisiyalar ishtirokida yangi tashkil etiladigan korxonalarning asosiy faoliyatdan ko'radigan zararlari 5 yil muddat ichida soliqqa tortiladigan daromad hisobidan to'lash uchun hisobot davridan keyingi yillarga teng ulushlar bilan taqsimlanadi;

         keyingi qonun hujjatlarida investisiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda mazkur Farmonning 1-bandidagi imtiyozlar qancha muddatga berilgan bo'lsa ana shu muddat mobaynida amal qiladi.

1,2,4-bandlari

O'zbekiston  Respublikasi Prezidentining Farmoni

11.04.2005 y. N PF-3594

        "To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy

investisiyalarni  jalb etishni

rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha  chora-tadbirlar

to'g'risida".

49

Belgilab qo'yilsinki:

"Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zonaning faoliyat ko'rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi, bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;

EIIZ faoliyati davomida uning hududida alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari, O'zbekiston Respublikasi norezident fuqarolarining uning hududiga kirish, hududda bo'lish va chiqib ketishning, shuningdek ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi;

alohida huquqiy tartib, shu jumladan, soliq, valyuta va bojxona tartibi faqat EIIZ hududida faoliyat ko'rsatayotgan va EIIZ direksiyasi tomonidan ro'yxatga olingan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun amal qiladi;

"Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zonada ro'yxatdan o'tgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ularga kiritilgan to'g'ridan-to'g'ri investisiyalar hajmi quyidagicha bo'lgan taqdirda yer solig'i,

mulk solig'i, daromad solig'i, obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i, yagona soliq  to'lovi (kichik korxonalar uchun), Respublika yo'l jamg'armasi va Respublika maktab ta'limini rivojlantirish jamg'armasiga majburiy to'lovlardan ozod etilsin:

3 million yevrodan 10 million yevrogacha - 7 yilga;

10 million yevrodan 30 million yevrogacha - 10 yilga. Keyingi 5 yil davomida foyda solig'i va yagona soliq  to'lovi hajmi amaldagi

stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi;

30 million yevrodan ortiq  bo'lganda - 15 yilga. Keyingi 10 yil davomida foyda solig'i va yagona soliq  to'lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi.

4. Shunday tartib belgilansinki, unga k¢ra EIIZda ro'yxatga olingan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar EIIZ faoliyat ko'rsatadigan butun muddatga eksportga yo'naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish maqsadida mamlakatga olib kelinayotgan asbob-uskunalar, shuningdek xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar bojxona to'lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlardan tashqari) ozod qilinadi.

Belgilab qo'yilsinki, O'zbekistonning ichki bozorlarida sotish uchun mo'ljallangan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida mamlakatga olib kiriladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to'lovlari, agar qonun hujjatlarida boshqa imtiyozli tartib ko'zda tutilmagan bo'lsa, belgilangan stavkalarning 50 foizi miqdorida (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlardan tashqari) undiriladi, bunda ularni to'lash muddati 180 kungacha kechiktirilishi mumkin. Qayd etilgan imtiyozlardan foydalangan holda EIIZ hududiga olib kirilgan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar sotilgan yoki bepul berilgan taqdirda, bojxona to'lovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda byudjetga to'liq hajmda undiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 02.12.2008 y

N PF-4059

«Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida»

 

 

 

 

50

2012 yil 1 yanvargacha bo'lgan davrda 2-ilovaga* muvofiq nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga quyidagi ko'rinishda soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalari berilsin:

mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda solig'i va mulk solig'i, yagona soliq  to'lovlari, Respublika yo'l jamg'armasiga majburiy ajratmalar to'lashdan ozod etish;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro'yxatlar bo'yicha import qilinadigan, nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo hamda materiallarni bojxona to'lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari) ozod etish;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ro'yxatiga kiritilmagan nooziq-ovqat iste'mol tovarlarini o'zi uchun ishlab chiqarishda zarur bo'lgan xom ashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklarasiyasi qabul qilingan kundan boshlab, bojxona to'lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari) 60 kungacha bo'lgan muddatga uzaytirish.

Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalari 2-ilovaga muvofiq tovar guruhlari bo'yicha xuddi shu tovarlar hajmi umumiy ishlab chiqarish hajmining kamida 60 foizini tashkil etadigan nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga tadbiq etiladi.

Ўзбекистон Республикаси

Президентининг

қарори

28.01.2009 й.

N ПҚ-1050

«Маҳаллий ноозиқ-овқат

Истеъмол товарлари ишлаб чиқариш

Кенгайтирилишини  рағбатлантириш

борасидаги  қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»

 

 

                                            Xorijiy  valyutada majburiy sotish      

51

Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalgam oshirgan xorijiy kompaniyalar ishtiriokida tashkil etiladigan  neft va gaz qazib chiqaruvchi qo’shma korxonalar neft yoki gaz qazib olinishidan boshlab 7 yil muddatga foyda solig’idan ozod qilinsin

7-band to'rtinchi xatboshi

O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining

Farmoni 28.04.2000 y. N PF-2598

"Neft va gaz konlarini  razvedka

qilish hamda ularni qazib chiqarishga

bevosita  xorijiy  sarmoyalarni

jalb  etish chora-tadbirlari to'g'risida".

52

Xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan:

a) xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilayotgan, ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi 50 foizdan ortiq bo'lgan xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga ozod qilinadi. Mazkur korxonalar, agar ushbu tovarlarni o'zining ishlab chiqarishi ulushi xo'jalik faoliyatidan olingan tushum umumiy miqdorining 60 foizidan ortig'ni tashkil etsa, xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar deb hisoblanadi;

b) xayriya maqsadlariga xadya sifatida tushuvchi xorijiy valyutadagi mablag'lar, grantlar, ulardan maqsadli foydalanilgan taqdirda, ustav sarmoyaga ulushlar, shuningdek korxonalarning chet eldagi xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga sotilgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog'ozlariga haq to'lash uchun tushgan mablag'lar ozod  qilinadi (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 1998 yil 18 noyabrdagi 477-son qaroriga muvofiq keyinchalik to'liq miqdorda Markaziy bankka majburiy sotilgan holda Davlat mulki qo'mitasining maxsus valyuta hisob raqamiga o'tkazilishi kerak bo'lgan xorijiy investorlardan korxonalar yoki aksiyalar paketlari qiymati uchun haq to'lashdan tushgan erkin almashtiriladigan valyutadagi mablag'lar bundan mustasno);

v) xorijiy valyutadagi kreditlar;

g) valyuta bozorida sotib olingan xorijiy valyutadagi mablag'lar;

d) bajarilmagan import kontraktlar bo'yicha qaytariladigan avans to'lovlari ozod qilinadi;

e) mikrofirmalar, kichik korxonalar o'zlari ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumi, gaz eksporti va tranzitini amalga oshiradigan korxonalardan tashqari;

j) davlat aktivlarini investisiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul berishda investor tomonidan xorijiy valyutadagi pul mablag'lari tarzida kiritiladigan va korxonaning alohida hisob raqamiga o'tkaziladigan investisiyalar.

Dexqon va fermer xo'jaliklari uyushmasi a'zolari tomonidan mustaqil ravishda yoki ular tomonidan tashkil etiladigan dehqon va fermer xo'jaliklari yetishtirgan meva-sabzavot mahsulotlarini va ularni qayta ishlash maxsulotlarini eksport qiluvchi tayyorlov kooperativlari orqali tuziladigan barter kontraktlar bo'yicha valyuta tushumi majburiy sotilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 29 iyundagi

245 son qaroriga

1-ilova

«Xo’jalik yurutuvchi sub’ektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibi»

 

 

 

 

53

Majburiy sotilishi kerak bo'lgan xorijiy valyutadagi tushum:

a) korxonalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasidan tashqarida bojxona tartibotlari, yuklarni transportda tashish, sug'urtalash, ekspedisiya qilishga, vositachilik haqi bo'yicha xarajatlar miqdoriga, kontraktlarga muvofiq xorijiy banklarning va O'zbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kreditlari uchun foizlar, shu jumladan, xorijiy valyutadagi kafilliklar foizlari bo'yicha to'lovlar miqdoriga (muddati o'tkazib yuborilgan va muddati kechiktirilgan qarzlar foizlaridan tashqari) kamayadi;

b) banklar bo'yicha:

bank mijozlarining depozit xisob raqamlari va omonatlaridagi mablarlar qoldiqlari bo'yicha xorijiy valyutada to'lanadigan foizlar

miqdoriga;

xorijiy banklardan olingan xorijiy valyutadagi kreditlar uchun foizlar bo'yicha to'lovlar, shuningdek xorijiy banklarning xorijiy valyutada haq to'langan xizmatlari qiymatiga;

xorijiy valyutadagi tushumning chet elda asbob-uskunalar ijarasi (lizing) uchun xaq-to'lanadigan qismiga kamayadi;

v) O'zbekiston Respublikasi hududida erkin almashtiriladigan valyutaga xom ashyo xarid qilishga istisno tariqasida ruxsat berilgan korxonalar bo'yicha valyuta tushumining bir qismini majburiy sotish miqdori eksport qilinadigan mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xom ashyo va materiallarni respublika ichida xarid qilish uchun foydalaniladigan valyuta xarajatlari miqdoriga kamayadi.

«Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibi»

 

 

Последнее обновление ( 25.02.2011 )
 
Последние новости
 
Bugun  07.02.2012

Сайт Управления лицензирования оценочной и биржевой деятельности
Переход на сайт www.gkitorg.uz
Sayt bo’ylab qidiruv

Проекты
Обсуждение проектов
So’rovnoma
O’zingizni qiziqtirgan ma`lumotlarni oldingizmi?
 
Bizning sayt sahifalaridan qaysi savollarga javob olmadingiz? Shu erda ma`lumotni qoldiring.

© Copyright 2007 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: