Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko'rsatilayotgan hizmatlar sifati uchun ularning mas`uliyatini oshirish to'g'risida
Qayd etib o'tilsinki, respublikada baholash faoliyatini amalga oshirish uchun zarur qonuniy-huquqiy baza shakllantirilgan, uni faol rivojlantirish uchun iqtisodiy rag'batlantirish vositalari yaratilgan, licenziyalar berish tartibi sezilarli darajada soddalashtirilgan.
Ayni vaqtda baholovchi tashkilotlarning amaliy faoliyati o'sib borayotgan zamonaviy talablarni qoniqtirmayapti. Baholash ishlari bir qator hollarda yuzaki va past professional darajada o'tkazilmoqda, hususiylashtiriladigan ob`ektlarning haqiqiy qiymati va ko'rsatiladigan hizmatlarning sifati holisona baholanishi uchun baholovchi tashkilotlarning zarur darajadagi mas`uliyati ta`minlab berilmayapti.
"Baholash faoliyati to'g'risida" O'zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq va mustaqil baholash tizimini yanada rivojlantirish, baholash hizmatlarining professional saviyasi hamda sifatini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini tartibga solishning samarali usullarini tadbiq etish, baholash ishlarining natijalari va holisligi bo'yicha ularning mas`uliyatini kuchaytirish maqsadida:
1. O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi tomonidan baholovchi tashkilotlar faoliyatini ta`minlash sohasida, eng avvalo, baholash ishlarini tartibga soluvchi standartlar va boshqa me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tadbiq etish, bajarilayotgan baholash ishlarining holisligi va sifati ustidan nazorat o'rnatish masalalarida olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz deb topilsin.
2. Belgilansinki, 2008 yilning 1 iyulidan baholash faoliyati faqat yuridik shahslar tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilarni:
qimmatbaho qog'ozlar, ulushlar, intellektual mulk ob`ektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari ko'char mol-mulkni baholovchi tashkilotlar - eng kam oylik ish haqining kamida 1 500 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida ikkita baholovchiga ega bo'lishi;
mulkiy kompleks sifatidagi korhonadan tashqari ko'chmas mulkni baholovchi tashkilotlar - eng kam oylik ish haqining kamida 2000 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida uchta baholovchiga ega bo'lishi;
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korhonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholovchi tashkilotlar - eng kam oylik ish haqining kamida 2 500 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida to'rtta baholovchiga ega bo'lishi shartligi belgilab qo'yilsin.
3. Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to'g'risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Amalda faoliyat yurituvchi baholovchi tashkilotlar 2008 yilning
1 sentyabrigacha bo'lgan muddatda Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to'g'risidagi Nizomda belgilangan ustav kapitali miqdorlari to'ldirilishi hamda faoliyatni tashkil etish va licenziya shartlari bo'yicha majburiy talablar bajarilishini ta`minlasin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi:
2008 yilning 1 sentyabrigacha Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to'g'risidagi Nizomning talab va shartlariga to'liq javob beruvchi amaldagi baholovchi tashkilotlarni belgilangan tartibda qaytadan ro'yhatga olsin va baholash faoliyatini amalga oshirish uchun ularga yangi nushadagi licenziyalar bersin;
Davlat soliq qo'mitasi bilan birgalikda 2008 yilning 1 sentyabridan boshlab Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to'g'risidagi Nizomning talab va shartlariga javob bermaydigan baholovchi tashkilotlar faoliyatini belgilangan tartibda to'htatish choralarini ko'rsin.
5. O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi:
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sud organlari so'rovnomalariga ko'ra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi ob`ektlarni baholash materiallarini ekspertizadan o'tkazish bo'yicha ekspert komissiyasi tashkil etilishini nazarda tutgan holda, baholash to'g'risidagi hisobotlar haqqoniyligini ekspertizadan o'tkazishni tashkil etish tartibi to'g'risida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
baholovchining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini o'tkazishda ochiqlik va holislikni ta`minlovchi tartib-qoidalarni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko'rsin.
6. O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
vazirlik va idoralarning me`yoriy hujjatlari mazkur qaror talablariga mos ravishda muvofiqlashtirilishini ta`minlasin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2008 yil 24 apreldagi
PQ-843-son qaroriga
ilova
Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to'g'risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom "Baholash faoliyati to'g'risida", "Faoliyatning ayrim turlarini licenziyalash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda baholash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning (keyingi o'rinlarda baholovchi tashkilotlar deb ataladi) maqomi, vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
2. Baholash faoliyati deyilganda baholovchi tashkilotning baholash ob`ekti qiymatini belgilashga yo'naltirilgan faoliyati tushuniladi.
3. Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish uchun licenziyaga, o'z nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga ega bo'lgan yuridik shahs hisoblanadi.
4. Baholovchining malaka sertifikatiga ega bo'lgan jismoniy shahs baholovchi hisoblanadi.
Agar baholovchi baholovchi tashkilotning shtatida tursa yoki baholovchi tashkilot uning bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan bo'lsa, u baholovchi tashkilot tomonidan baholashni o'tkazishga jalb etilishi mumkin.
5. Baholovchi tashkilot o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasiga, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan davlat unitar korhonalari va muassasalari baholash faoliyatini, agar baholash faoliyatini amalga oshirish ularni tashkil etish to'g'risidagi hujjatlarda nazarda tutilgan bo'lsa, tegishli licenziya olmasdan amalga oshirishga haqlidir. Ushbu qoida ko'rsatib o'tilgan korhonalar va muassasalarni licenziya talablari va shartlarini, shuningdek faoliyatning licenziyalanayotgan turlarini licenziyalash bilan bog'liq bo'lgan, qonun hujjatlariga muvofiq qo'yiladigan boshqa talablarni bajarishdan ozod qilmaydi.
II. Baholovchi tashkilotlarning asosiy vazifalari
7. Quyidagilar baholovchi tashkilotlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
baholash ob`ekti qiymatini qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;
baholash to'g'risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ta`minlash;
baholovchilar tomonidan baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish va ularning kasbiy saviyasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
III. Baholovchi tashkilotlarning huquq va majburiyatlari
8. Baholovchi tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
baholash metodlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil qo'llanish;
ob`ektni baholashni amalga oshirishda buyurtmachidan hujjatlardan foydalanishning ta`minlanishini talab qilish, ushbu baholash uchun zarur bo'lgan tushuntirishlar va qo'shimcha ma`lumotlar olish;
uchinchi shahslardan ob`ektni baholash uchun zarur bo'lgan ahborotni so'rab olish. Ko'rsatib o'tilgan ahborotni berishning rad etilishi baholashning haqqoniyligiga jiddiy ta`sir qilgan taqdirda baholovchi buni baholash to'g'risidagi hisobotda ko'rsatadi;
baholashni amalga oshirishda qatnashish uchun baholovchilarni va boshqa mutahassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
buyurtmachi tomonidan shartnoma shartlari buzilgan, baholash ob`ekti to'g'risidagi zarur ahborotning taqdim etilishi yohud shartnomaga muvofiq ish sharoitlari ta`minlanmagan hollarda baholashni amalga oshirishni rad etish;
baholovchilarning professional birlashmalariga a`zo bo'lish;
baholash faoliyati bilan bog'liq bo'lgan professional hizmatlarning quyidagi turlarini ko'rsatish:
baholash to'g'risidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan o'tkazish;
investiciya loyihalarini ishlab chiqish va taqlil qilish, biznes-rejalar tuzish;
baholash jarayonini avtomatlashtirish va ahborot tehnologiyalarini joriy etish;
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini ommalashtirish.
Baholovchi tashkilotlar tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hizmatlar ko'rsatilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Baholovchi tashkilotlar qonun hujjatlariga va baholash bo'yicha hizmatlar ko'rsatish to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
9. Baholovchi tashkilotlar quyidagilarga majbur:
baholash faoliyatini amalga oshirishda licenziya talablariga va qonun hujatlarida belgilangan shartlarga rioya qilish;
baholash ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachi talabiga ko'ra baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun licenziyani, baholovchi (baholovchilar)ning malaka sertifikatini ko'rsatish;
baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan holisona baholashga to'sqinlik qiladigan vaziyatlar vujudga kelganligi oqibatida o'zining baholashni amalga oshirishda qatnasha olmasligi to'g'risida buyurtmachiga habar qilish;
buyurtmachining so'roviga ko'ra baholash faoliyatini reglamentlovchi qonun hujjatlari talablari to'g'risidagi ahborotni taqdim etish;
baholash davomida olinadigan hujjatlarning saqlanishini ta`minlash;
mol-mulkni baholash jarayonida aniqlangan uning mansabdor shahslari va boshqa hodimlari tomonidan zarar etkazilishi, shuningdek qonunchilikning buzilishi holatlari to'g'risida mulkdorga va (yoki) buyurtmachiga habar qilish;
amalga oshirilgan baholash ishlarining natijalari bo'yicha baholash to'g'risidagi hisobotlar nushalarining baholash tashkilotida uch yil mobaynida saqlanishini ta`minlash;
baholash davomida buyurtmachidan olingan ahborotning oshkor qilinmasligini ta`minlash;
baholovchilarning har yili malaka oshirish kursidan o'tishini ta`minlash;
baholovchilarning professional birlashmalari so'roviga ko'ra baholovchi tashkilotlar reytingini baholash uchun ahborot taqdim etish.
Baholovchi tashkilotlar qonun hujjatlariga va baholash bo'yicha hizmatlar ko'rsatish to'g'risidagi shartnomaga muvofiќ boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
10. Baholovchilar nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'tkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda faqat baholovchi tashkilotlar bilan nazorat organlari yoki huquqni muhofaza qilish organlari o'rtasida tuzilgan shartnomalar asosidagina mutahassislar sifatida qatnashishlari mumkin.
IV. Baholovchiga nisbatan qo'yiladigan malaka talablari
11. Baholovchining malaka sertifikati jismoniy shahsga, agar u baholovchi tashkilot shtatida tursa yoki agar baholovchi tashkilot tomonidan uning bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan bo'lsa, baholashni amalga oshirish huquqini beradi.
12. Baholovchining malaka sertifikati talabgor tomonidan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi tomonidan beriladi. Malaka imtihonini tashkil etish, o'tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
13. Baholovchining malaka sertifikatini olishga talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) oliy iqtisodiy, yuridik yoki tehnik ma`lumotga, baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida so'nggi besh yilda kamida bir yil ish stajiga ega bo'lish;
yohud oliy ma`lumotga, so'nggi besh yilda mol-mulkni baholashda baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida kamida ikki yil ish stajiga ega bo'lishi.
Bunda horijiy davlatlarda olingan oliy ma`lumot yoki ilmiy daraja belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasidagi ma`lumotga ekvivalent deb e`tirof etilgan taqdirda e`tiborga olinadi;
b) baholovchilarning professional birlashmalari takliflari hisobga olingan holda O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan dastur bo'yicha baholovchilar tayyorlash markazlarida mahsus o'quvdan o'tganlik to'g'risidagi sertifikatning mavjudligi, o'quv tugagan paytdan boshlab hujjatlar topshirilgungacha o'tgan vaqt bir yildan oshmagan taqdirda.
Baholovchining halqaro sertifikatiga ega bo'lgan talabgorlar baholovchilar tayyorlash markazlarida mahsus o'quvdan o'tmasdan malaka imtihoni topshirishga qo'yiladi.
14. Baholovchining malaka sertikati 5 yil muddatga beriladi va uning amal qilish muddati besh yillik muddatlarga uzaytirilishi mumkin.
15. Malaka sertifikatiga ega bo'lgan harbir baholovchi malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili baholovchilarning professional birlashmalari takliflari hisobga olingan holda O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan malaka oshirish dasturlari bo'yicha kamida 40 soatlik malaka oshirish kurslaridan o'tishi shart.
16. Malaka sertifikati berilganligi (malaka imtihonidan o'tganlik) va malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun talabgor (baholovchi) eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig'im to'laydi. Dublikatni qayta rasmiylashtirganlik va berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig'im to'lanadi.
Ko'rsatib o'tilgan mablag'lar O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasining mahsus hisob raqamiga o'tkaziladi va ulardan malaka imtihonlarini o'tkazish hamda baholovchining malaka sertikatlarini rasmiylashtirish bilan bog'liq harajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
17. Baholovchining malaka sertifikatiga ega bo'lmagan va baholovchining baholashni amalga oshirish bilan bog'liq topshiriqlarini bajaradigan jismoniy shahs, baholash hisobotini hamda baholashni amalga oshirish bilan bog'liq boshqa rasmiy hujjatlarni imzolash huquqisiz, baholovchining yordamchisi bo'lishi mumkin.
Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari baholovchi tashkilot bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasida belgilanadi.
Baholovchining yordamchisi baholash vaqtida o'zi olgan mahfiy ma`lumotlarning oshkor qilinmasligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur bo'lgan ish stajiga qo'shiladi.
V. Baholovchi tashkilotlar faoliyatini tashkil etish
18. Baholovchi tashkilotlar o'z faoliyatida mustaqildir va har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o'z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, ochiq akciyadorlik tashkiloti bundan mustasno. Baholovchi (baholovchilar) faqat bitta baholovchi tashkilotning muassisi bo'lishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, taqiqlanadi.
Baholovchi tashkilotlar vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda boshqa davlat va ho'jalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
19. Baholovchi tashkilotni baholovchining malaka sertifikatiga ega bo'lgan rahbar boshqaradi.
20. Quyidagilarni:
qimmatbaho qog'ozlar, ulushlar, intellektual mulk ob`ektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari, ko'char mulkni baholovchi tashkilotlar - eng kam oylik ish haqining kamida 1 500 baravari miqdoridagi ustav kapitaliga va shtatida kamida ikki nafar baholovchiga ega bo'lishi kerak;
mulkiy kompleks sifatidagi korhonadan tashqari, ko'chmas mulkni baholovchi tashkilotlar - eng kam oylik ish haqining kamida 2000 baravari miqdoridagi ustav kapitaliga va shtatida kamida uch nafar baholovchiga ega bo'lishi kerak;
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korhonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholovchi tashkilotlar - eng kam oylik ish haqining kamida 2 500 baravari miqdoridagi ustav kapitaliga va shtatida kamida to'rt nafar baholovchiga ega bo'lishi kerak.
Shu bilan birga, ustav kapitalining kamida 30 foizi pul mablag'lari tarzida kiritilgan bo'lishi kerak.
21. Baholovchi tashkilotlarni davlat ro'yhatidan o'tkazish tuman va shaharlar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarini ro'yhatdan o'tkazish inspekciyalari tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22. Baholovchi tashkilotlar baholash faoliyatini o'zining fuqarolik javobgarligining sug'urta polisi majburiy ravishda mavjud bo'lgan taqdirda baholash hizmatlari ko'rsatish to'g'risida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradilar.
23. Baholashni o'tkazish natijalari baholash to'g'risidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi. Baholash to'g'risidagi hisobotning har bir beti baholashni o'tkazgan baholovchi (baholovchilar) tomonidan imzolanadi, baholovchi tashkilot rahbari tomonidan va ushbu tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.
Baholash bir necha baholovchilar tomonidan o'tkazilgan taqdirda baholash to'g'risidagi hisobotda baholash haqida hisobot tayyorlash jarayonida ular bajargan ishlar ko'rsatiladi.
24. Baholovchi tashkilotlar baholash ishlarini o'tkazishga shtatdagi baholovchilarni mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida jalb etadilar.
Baholovchi tashkilotlar baholash ishlarini o'tkazishga baholovchi tashkilot tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boshqa baholovchi tashkilotlar, baholovchilar va mutahassislarni ham jalb etishlari mumkin.
VI. Baholovchi tashkilotga nisbatan qo'yiladigan licenziya talablari va shartlari
25. Quyidagilar baholash faoliyatini amalga oshirishdagi licenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
"Baholash faoliyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga, O'zbekiston Respublikasining Mol-mulkni baholash milliy standartlari talablariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga rioya qilish;
licenziya olishda ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda to'liq shakllantirilgan ustav kapitalining mavjud bo'lishi;
fuqarolik javobgarligi sug'urta polisining mavjud bo'lishi;
faqat ushbu Nizomda belgilangan faoliyatning amalga oshirilishi;
baholovchi tomonidan faqat bitta baholovchi tashkilotda faoliyatning amalga oshirilishi. Bunda baholovchi tomonidan boshqa baholovchi tashkilotdagi baholash faoliyati faqat u baholash faoliyatini amalga oshirgan baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarlik-huquqiy tusdagi shartnoma bekor qilingandan, tugallangandan yoki ularning muddati tugagandan keyin amalga oshirilishi mumkin;
baholovchi tashkilotning shtatida ushbu Nizomda nazarda tutilgan baholovchilar sonining mavjud bo'lishi;
baholashda olingan ahborotlar mahfiyligining ta`minlanishi;
baholashni o'tkazish bo'yicha shartnomaviy majburiyatlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi;
bajolovchi tashkilot rahbari lavozimiga faqat baholovchining tayinlanishi;
baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqillikni ta`minlash;
baholovchining malaka sertifikatiga ega bo'lgan shahs (shahslar) tomonidan baholash to'g'risida haqqoniy hisobot tuzish;
baholovchi tashkilotda o'z baholovchilari ishi sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari mavjud bo'lishi;
licenziyalovchi organni baholovchining nomi va joylashgan joyi (pochta manzili)dagi o'zgarishlar to'g'risida davlat ro'yhatidan o'tkazilgan sanadan boshlab 10 kun muddatda habardor qilish;
yarim yilda bir marta O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasiga baholash faoliyati to'g'risidagi ma`lumotlarni, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi talabiga ko'ra baholashni o'tkazish bilan bog'liq boshqa ahborotlarni belgilangan shakl bo'yicha taqdim etish.
26. Baholovchi tashkilot licenziyasining amal qilishini to'htatib turish, to'htatish va uni bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
27. Baholovchi tashkilot licenziyasining amal qilishini belgilangan tartibda to'htatish uchun asos beradigan licenziya talablari va shartlarini bir marta qo'pol ravishda buzishga quyidagilar kiradi:
baholash to'g'risida mulkdorga va (yoki) buyurtmachiga moddiy zarar etkazilishiga sabab bo'lgan noto'g'ri hisobot tuzish;
noto'g'ri ekspert hulosasi tuzish;
baholash ishlarini o'tkazishda olingan mahfiy ahborotni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruhsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni ta`minlamaslik;
O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi tomonidan o'tkaziladigan licenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirishlardan bosh tortish;
baholash faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik javobgarligi sug'urta polisining mavjud emasligi;
faoliyatning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan turlarini amalga oshirish.
VII. Baholovchilar malaka sertifikatlarining amal qilishini to'htatish va ularni bekor qilish
28. Quyidagilar baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini to'htatish uchun asos hisoblanadi:
baholovchining arizasi;
baholash faoliyatini amalga oshirishda qonun hujatlari talablarini muntazam yoki bir marta qo'pol ravishda buzish;
baholash davomida olingan ma`lumotlarni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruhsatisiz baholovchi tomonidan uchinchi shahslarga berish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
moliya-ho'jalik munosabatlari sohasida muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug'ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi qonuniy kuchga kirgan sud hukmi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb e`tirof etish to'g'risidagi sud qarori.
29. Baholovchi malaka sertifikatining amal qilishi uni to'htatish to'g'risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab to'htatiladi.
Baholovchi tashkilot licenziyasining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yo'l qo'yilgan qonun buzilishlari uchun to'htatilgan taqdirda licenziyaning amal qilishini to'htatish to'g'risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab baholovchi tashkilot licenziyasining amal qilishi to'htatilishiga sababchi bo'lgan qonun buzilishlariga yo'l qo'ygan rahbar va baholovchi malaka sertifikatlarining amal qilishi to'htatiladi.
30. Baholash faoliyatini amalga oshirishda baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini belgilangan tartibda to'htatish uchun asos beradigan qonun hujjatlari talablarining bir marta qo'pol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:
baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholashni amalga oshirishda mustaqillikni ta`minlamaslik;
baholash to'g'risidagi hisobotni va ekspert hulosasini noto'g'ri tuzish;
baholash ishlarini o'tkazishda olingan mahfiy ahborotni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruhsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
baholovchining nazorat yoki huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o'tkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda o'zi shtatida turadigan yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan baholovchi tashkilotning tegishli ruhsatnomasisiz (buyrug'isiz) mutahassis sifatida qatnashishi.
31. Baholovchining malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
mahsus vakolatli davlat organining malaka sertifikati berish to'g'risidagi qarorining noqonuniyligi sud tomonidan e`tirof etilganda;
sertifikat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganda.
Malaka sertifikatini bekor qilish to'g'risidagi qaror baholovchining malaka sertifikati berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
32. Qonun hujjatlarini buzganlik uchun malaka sertifikatlari bekor qilingan yoki ularning amal qilishi to'htatilgan baholovchilar malaka sertifikatining amal qilishi to'htatilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida malaka sertifikatini takroran olish uchun imtihonga qo'yilmaydi.
33. Baholovchining malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal qilishini to'htatish to'g'risidagi qaror asoslangan bo'lishi va ommaviy ahborot vositalarida e`lon qilinishi kerak.
34. Mahsus vakolatli davlat organining baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini to'htatish yoki uni bekor qilish to'g'risidagi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
VIII. Baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning javobgarligi
35. Baholovchi tashkilotlar baholash to'g'risida noto'g'ri hisobot tuzish oqibatida buyurtmachiga zarar etkazganligi uchun uning oldida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
36. Baholashni sifatli yoki zarur darajada o'tkazmaganlik natijasida baholash ishlari buyurtmachisiga etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda baholovchi tashkilotdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
37. Baholovchi baholashni sifatsiz o'tkazganlik, tijorat sirini oshkor qilganlik va baholovchi tashkilot uchun zarar keltirgan boshqa hatti-harakatlari natijasida etkazilgan zarar uchun baholovchi tashkilot oldida qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IX. Baholash to'g'risidagi hisobot ma`lumotlarining bahsliligi
38. Zarurat bo'lganda, baholovchi tashkilotning baholash to'g'risidagi hisoboti haqqoniyligini tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash to'g'risidagi mazkur hisobot shartnoma asosida boshqa baholovchi tashkilot tomonidan ekspertizadan o'tkazilishi mumkin.
Ekspertizani o'tkazgan baholovchi tashkilot baholash ob`ektining mavjud qiymatini baholash to'g'risidagi mazkur hisobotning haqqoniyligi yuzasidan takroriy baholashni (o'z baholashini) amalga oshirmasdan va o'z hulosasini chiqarmasdan o'zining holisona mulohazasini bildiradi.
Ushbu baholashni o'tkazgan baholovchi tashkilotning mazkur baholovchi tashkilot tomonidan bajarilgan baholash to'g'risidagi hisobotni ekspertizadan o'tkazishga jalb etilishiga yo'l qo'yilmaydi.
39. Baholash to'g'risidagi hisobotni ekspertizadan o'tkazishning buyurtmachisi olingan hulosaga rozi bo'lmagan taqdirda ushbu bahs sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
40. Baholash ob`ektlarini baholash bo'yicha materiallarni ekspertizadan o'tkazish uchun bahsli vaziyatlarda sud organlarining so'rovnomalariga ko'ra, belgilangan tartibda ekspert komissiyasi tuziladi.
Baholash to'g'risidagi hisobotning va baholash to'g'risidagi mazkur hisobot yuzasidan baholovchi tashkilot ekspertizasi hulosasining ishonchliligini aniqlash uchun baholash materiallarini ekspertizadan o'tkazish bo'yicha ekspert komissiyasi hulosasi faqat sud so'rovnomasiga ko'ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi. Baholash to'g'risidagi hisobot sud tomonidan haqqoniy emas deb e`tirof etilgan taqdirda sud baholash materiallarini ekspertizadan o'tkazish bo'yicha ekspert komissiyasidan baholash ob`ekti qiymati to'g'risidagi hulosani talab qilishga haqlidir.
X. Baholovchi tashkilotlar tomonidan licenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
41. Baholovchi tashkilotlar tomonidan licenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har uch yilda ko'pi bilan bir marta o'tkaziladi.
42. Baholovchi tashkilotlarni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
|