Bosh sahifa arrow Horijiy investisiyalar arrow Yengilliklar arrow Asosiy huquq va kafolatlar Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Fikr va mulohazalaringiz
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
 
Asosiy huquq va kafolatlar Версия для печати Отправить на e-mail

                 Huquq, imtiyoz va kafolatlar ro’yxati                              

Qonunchilik hujjatlari

1

O'zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo'lishi mumkin:

chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma'muriy yoki hududiy organlari;

davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq

sub'ektlari bo'lgan xalqaro tashkilotlar;

chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko'rsatib kelayotgan

yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;

chet el davlati fuqarolari bo'lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va chet ellarda

doimiy yashaydigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari. 

4-modda  O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonuni

 

2

Chet ellik investorlar O`zbekiston Respublikasi hududida investisiyalarni quyidagi yo`llar bilan amalga oshirishlari mumkin:

O`zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg’armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo’shib qatnashish;

chet ellik investorlarga to’liq qarashli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;

mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan, O`zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish;

intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;

konsessiyalar, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo’lgan konsessiyalar olish;

savdo va xizmat ko’rsatish sohalari ob'ektlariga, turarjoy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali.

Chet ellik investorlar O`zbekiston Respublikasi hududida investisiyalarni amaldagi qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirishlari mumkin.

Chet el investisiyalari birlamchi yoki takroran amalga oshirilayotgan shakllarining o’zgartirilishi ularning investisiya sifatidagi mohiyati o’zgarishiga olib kelmaydi.

5-modda O’zbekiston Respublikasining

«Chet el investitsiyalair to’g’risida»gi  qonuni

 

3

Chet ellik investorlar O'zbekiston Respublikasi hududida chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etishlari hamda O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan o'zlariga berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxona uni ta'sis etish yo'li bilan yoki ilgari chet el investisiyalari ishtirokisiz ta'sis etilgan korxonada ishtirok etish ulushini (payini, aksiyalarini) yoxud bunday korxonani butunlay, shu jumladan, xususiylashtirish jarayonida chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida tashkil etilishi mumkin.

6-moddaning birinchi va uchinchi bandi O’zbekiston Respublikasining

«Chet el investitsiyalari to’g’risida». gi

Qonuni.

 

 

4

Belgilab qo'yilsinki, 1998 yilning 1 aprelidan boshlab quyidagi shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etiladigan korxonalar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim bo'lgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi:

- korxonaning nizom jamg'armasi 150 ming AQSh dollariga teng summadan kam bo'lishi mumkin emas;

- korxona ishtirokchilaridan biri albatta xorijiy yuridik shaxs bo'lishi shart;

- xorijiy sarmoyalar ulushi korxona nizom jamg'armasining kamida 30 foizini tashkil etishi zarur.

  Shu narsa belgilab qo'yilsinki, yuqorida ko'rsatilgan shartlarga muvofiq bo'lgan hamda xo'jalik faoliyatidan tushadigan jami mablag'ning 60 foizdan k¢prog'i nizom faoliyatida ularning o'zlari ishlab chiqarayotgan mahsulot va (yoki) ko'rsatayotgan servis xizmati ulushiga tug'ri keladigan xorijiy, sho'ba va qo'shma korxonalar xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari jumlasiga kiradi.

2 va 1-punktning birinchi va to’rtinchi xatboshilari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

30.11.1996 y I PF-1652

«Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo’shimcha rag’batlantirish omillari va imtiyozlari to’g’risida»

 

 

5

 

Belgilab qo'yilsinki, 2002 yilning 1 iyulidan boshlab ustav jamg'armasining miqdori kamida 75 ming AQSh dollariga teng bo'lgan hamda belgilangan boshqa shartlarga javob beradigan korxonalar Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida yangi barpo etiladigan va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi organlarida davlat ro'yxatiga olinishi lozim bo'lgan xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar deb hisoblanadi.

Birinchi xat boshi birinchi punkt O'zbekitson  Respublikasining

Prezidentining Farmoni

11.06.2002 y.

N PF-3090

"Qoraqalpog'iston  Respublikasi

Va Xorazm viloyatida  kichik korxonalarni rivojlantirishni

Rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida" 

6

Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxona O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining

talablariga rioya etgan holda O'zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega bo'lgan

sho'ba korxonalar, filiallar, shuningdek yuridik shaxs bo'lmagan vakolatxonalar va boshqa alohida

bo'linmalar tashkil etishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasidan tashqarida chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarning sho'ba

korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida bo'linmalari tashkil etilishi mumkin.

 

7-modda O’zbekiston Respublikasining

«Chet  el investitsiyalari to’g’risida». gi

qonuni

 

7

Davlat O'zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar investisiya faoliyatini amalga oshirishlari chog'ida ularning barcha huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi.

Chet ellik investorlar va chet el investisiyalari uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning to'liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta'minlanadi. Bunday rejim O'zbekiston

Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo'yilgan rejimga qaraganda noqulayroq bo'lishi mumkin emas.

Chet el investisiyalarining huquqiy rejimi O'zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investisiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq bo'lishi mumkin emas.

 

.

9-moddaning birinchi va uchinchi bandlari O’zbekiston Respublikasining

«Chet  el investitsiyalari to’g’risida». gi

Qonuni

 

8

          Chet ellik investor xalqaro huquq prinsiplari va O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

investisiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo'nalishlarini mustaqil belgilash;

investisiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;

o'zining investisiyalariga va investisiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan

foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning qaroriga binoan investisiyalarga,

ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari

O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy

shaxslarga berilishi mumkin. huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning o'zaro munosabatlari

shartnomalar asosida tartibga solinadi;

O'zbekiston Respublikasidagi investisiya faoliyati natijasida olingan ziga qarashli ixtirolar,

foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O'zbekiston Respublikasida

patentlashtirish to'g'risida mustaqil ravishda qarorqabul qilish;

investisiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan,

uni moneliksiz repatriasiya qilish);

O'zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag'lari jalb etish;

o'z hisobvarag'idagi milliy valyuta mablag'laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib

olish uchun foydalanish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlarni

sotib olish;

O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o'ziga mulk huquqi asosida qarashli

bo'lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan,

qarz mablag'larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari bo'yicha ta'min

sifatida foydalanish;

o'z investisiyalari va boshqa aktivlari rekvizisiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;

davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor

shaxslarining g'ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan

zararlarni undirish.

Chet ellik investor O'zbekiston Respublikasining  qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.

10-modda

O’zbekiston  Respublikasining

«Chet el investitsiya to’g’risida».gi

Qonuni

 

9

               Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda eksport-import operasiyalarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. O'zlari ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilganlarida bunday mahsulot lisenziyalanmaydi va kvotalanmaydi.

    Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o'z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni lisenziyasiz import qilishga haqli.

     Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar korxona fondlari ro'yxatini, ularni vujudga keltirish va ulardan foydalanish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi

   Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalari sotib olishlari mumkin.

 

 

12-moddaning to’rtinchi  beshinchi, sakkizinchi o’nbirinchi  bandlari O’zbekiston  Respublikasining

«Chet el investitsiya to’g’risida».gi

Qonuni

 

 

10

Chet ellik investorlarga tabiiy resurslarni qidirish, qazib olish va ulardan foydalanish hamda boshqa xo’jalik faoliyatini yuritish uchun konsessiyalar berish chet ellik investorlar O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining vakolatli organlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzadigan konsessiya shartnomalari asosida amalga oshiriladi.         

13-modda O’zbekiston Respublikasining

«Chet el investitsiya to’g’risida».gi

Qonuni

11

Chet ellik investorlar va chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, har qanday chet davlat fuqarolari bilan va O'zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bilan investisiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida erkin mexnat shartnomalari tuzish huquqiga ega. Bunday shaxslar tegishli ko'p martalik vizalar olgan holda mexnat shartnomasining butun amal qilish davri uchun O'zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va unda qolish huquqiga ega.Chet ellik xodimlar mehnatiga haq to'lash, ularga ta'tillar berish, ularni pensiya bilan ta'minlash masalalari ularning har biri bilan tuzilgan mexnat shartnomalarida hal etilishi lozim. Bunday xodimlar ish haqi va qonuniy yo'l bilan olgan o'zga daromadlarini boshqa davlatlarga, Qonunda

belgilangan soliqlar va majburiy to'lovlar to'langanidan keyin, biron-bir cheklovsiz otkazishlari mumkin.

14-modda birinchi va ikkiknchi bandi O’zbekiston Respublikasining   

«Chet el investitsiya to’g’risida».gi

Qonuni

 

12

Investisiya faoliyati bilan bog'liq holda O'zbekiston Respublikasida bo'lib turgan chet ellik investorlar, ularning vakillari va chet ellik xodimlar O'zbekiston Respublikasining butun hududida erkin yurish huquqiga egadirlar.

 

15-moddaning birinchi bandi O’zbekiston Respublikasining  «Chet el investitsiya to’g’risida».gi qonuni

 

 

 

13

Investisiyalar va chet ellik investorlarning tavakkalchiligini sug'urta qilish ixtiyoriy ravishda

amalga oshiriladi.

Chet ellik investorlar mamlakatning o'z investorlari bilan teng ravishda O'zbekiston Respublikasi hududida qonuniy faoliyat ko'rsatayotgan har qanday sug'urta himoyasi huquqidan foydalanadilar. Chet el investisiyalarini siyosiy va boshqa xavflardan sug'urta qilish xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning eksport kredit agentliklari, boshqa sug'urta kompaniyalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

         Chet el investisiyalarini sug'urta qilish siyosiy va boshqa xavflardan, shu jumladan:

      mulkning ekspropriasiya qilinishini, shuningdek mulkning olib qo'yilishi yoki boshqa shaxsga o'tkazilishiga, mulk yoki u orqali olinadigan daromadlar ustidan nazorat qilish imkoniyati  yo'qotilishiga olib keluvchi har qanday qonun chiqarishga oid yoki ma'muriy choralarni;

chet el valyutasini mamlakatdan tashqariga o'tkazishga cheklovlar joriy etilishini;

qonun hujjatlariga investorlarning ayrim guruhlariga nisbatan kamsitish tusidagi o'zgartishlar kiritilishini;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining investorlarning shartnomaviy munosabatlariga aralashuvini;

urushlar, fuqarolarning g'alayonlari yoki boshqa shu kabi hodisalarni;

chet ellik investorlar va chet el investisiyalari bilan bog'liq o'zga turdagi siyosiy hamda boshqa xavflarni o'z ichiga oluvchi xavflardan sug'urta himoyasi va kafolatlarni ta'minlaydi.

 

 

16-moddaning birinchi ikkinchi va to’rtinchi bandlari O’zbekiston Respublikasining  «Chet el investitsiya to’g’risida».gi qonuni

 

14

Davlat O'zbekiston Respublikasi hududida investisiya faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik investorlarning huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi.

O'zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amalga oshirilishi ta'minlanishini hisobga olgan holda fuqaroligi, yashash joyi, diniy e'tiqodi, iqtisodiy faoliyati qaerda amalga oshirilayotganligiga, shuningdek investorlar yoki investisiyalarning qaysi mamlakatga mansubligiga qarab chet ellik nvestorlarning kamsitilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Qonun hujjatlari, shu jumladan idoraviy normativ hujjatlar, agar ularning ijrosi chet ellik investorga yoki chet el investisiyalariga zarar  yetkazsa, ular orqaga qaytish  kuchiga ega emas.

Agar O'zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investisiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet ellik Investorlarga nisbatan investisiyalash sanasida amal   qilgan qonun hujjatlari investisiyalash paytidan boshlab o'n yil mobaynida qo'llaniladi. Chet ellik investor o'z xoxishiga ko'ra yangi  qonun hujjatlarining investisiyalash

shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo'llash huquqiga egadir.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda qonun ³ujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek O'zbekiston Respublikasining  yangi qonun hujjatlarini qabul qilish investisiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirish hisoblanadi:

chet ellik investorga to'lanadigan dividendlar tarzida olinadigan daromadlar bo'yicha foyda solig'i miqdorining (stavkasining) ko’paytirilishi;

chet ellik investorning O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga o'tkaziladigan daromadini (foydasini) o'z mamlakatiga qaytarish tartib-taomilini murakkablashtiruvchi yoki

ularning miqdorini kamaytiruvchi qo'shimcha talablarning joriy etilishi, bundan chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonaning to'lovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit  beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, chet ellik investor - jismoniy shaxs sodir etgan jinoyat yoki ma'muriy huquqbuzarlik  hollarida yoxud sud yoki hakamlikning hal qiluv qaroriga muvofiq mablag’larni o'z mamlakatiga qaytarishni to'xtatib turishning boshqa zarurati bo'lganda vakolatli davlat organi tomonidan  chet ellik investorning mablag'larini qonun  hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qo'llash sharoitida o'z mamlakatiga qaytarishni to'xtatib turish hollari mustasno; investisiyalashni amalga oshirish hajmlariga nisbatan miqdoriy cheklashlarning va investisiyalar miqdori bo'yicha boshqa  qo'shimcha talablarning, shu jumladan, chet el investisiyalari

ishtirokidagi korxonalarda chet el investisiyalarining eng kam miqdorini ko'paytirish tarzida, joriy etilishi; chet ellik investorning korxonalar ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulush bilan ishtirok etishi bo'yicha cheklashlarning joriy

etilishi; chet ellik investorlarning - jismoniy shaxslarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish borasida qo'shimcha tartib-taomillarning,  shuningdek chet el investisiyalarini amalga oshirish  bo'yicha boshqa qo'shimcha talablarning joriy etilishi  Ushbu moddaning to'rtinchi va beshinchi qismlari qoidalarini qo'llash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  tomonidan belgilanadi.

Chet el  investisiyalari, avvalo xususiy investisiyalar bo'yicha barcha shartnomalar, ular bajarilishining qat'iy kafolatlarini ta'minlash  borasida, O'zbekiston Respublikasi hukumati  vakolat bergan tegishli organlarning nazorati ostida turadi.

Davlat boshqaruvi organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari chet ellik investorlarning O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan xo'jalik  faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Davlat boshqaruvi organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari o'zlarining qonuniy vakolatlaridan foydalanish paytida chet ellik investor qonun hujjatlarini buzganligini aniqlasalar, ular faqat vakolatlari bo'lgan hamda muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog’liq choralarnigina ko'rishlari mumkin

Davlat boshqaruvi organlari yoki davlat hokimiyati mahalliy organlari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan chet ellik investorning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki faoliyatini cheklab  qo’yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas

3-модда birinchi-to’qqizinchi bandlari

        O’zbekiston Respublikasining

«Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish  choralari to’g’risida»gi

 

 

 

15

  Chet ellik investorlarni himoya qilishning umumiy kafolatlari va choralari bilan bir qatorda qonun hujjatlarida qo'shimcha, shu  jumladan, sheriklar tomonidan chet ellik investorlar oldidagi o'z majburiyatlarining so'zsiz bajarilishini ta'minlovchi kafolatlar va ularni himoya qilish choralari nazarda tutilishi mumkin.

Chet ellik investorlarga qo'shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari har bir muayyan holda, ya'ni:

barqaror iqtisodiy o'sishni, mamlakat iqtisodiyotida ilg'or tuzilmaviy o'zgarishlar ro'y berishini ta'minlovchi ustuvor tarmoqlarga investisiyalar kiritilayotganda;

respublikaning eksport imkoniyati mustahkamlanishi va kengayishini, respublika jahon xo'jalik aloqalariga integrasiyalashuvini ta'minlovchi ustuvor loyihalarga investisiyalar kiritilayotganda;

amalga oshirilishi xom ashyo va materiallarni qayta ishlashga, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatla r

ko'rsatishga, aholini ish bilan ta'minlashga qaratilgan kichik tadbirkorlik sohasidagi loyihalarga investisiyalar kiritilayotganda berilishi mumkin.

Chet ellik investorlarga qo'shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan kafolat berishni, investisiya loyihalarini moliyaviy ta'minlashda ko'maklashishni, maxsus soliq va to'lov rejimi yaratilishini, loyihalar ro'yobga chiqarilishining davlat monitoringi amalga oshirilishini hamda qonun hujjatlariga muvofiq

boshqa choralarni o'z ichiga olishi mumkin qo'shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari chet ellik investorlarga hukumatning maxsus qarorlari bilan berilib, ularda, xususan, chet el investisiyalarini kiritish, ishlatish va ularning o'rni qoplanishini ta'minlash shartlari va tartibi nazarda tutiladi.

4-modda O’zbekiston Respublikasi

«Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida» gi Qonuni

.

16

.O’zbekiston Respublikasidagi chet el investisiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari

davlat mulkiga aylantirilmaydi.

Chet el investisiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari rekvizisiya qilinmaydi,

tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiya hollari bundan mustasno.

Rekvizisiya to’g’risidagi qaror:

Ko’rsatilgan hollardan kelib chiquvchi vazifalarni hal etish uchun zarur bo’lgan investisiyalar yoki

boshqa aktivlarning eng kam miqdori cheklanadigan;

kamsitilmaydigan asosda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan;

etkazilgan zararga monand ravishda tovon to’lanadigan rekvizisiya bo’yicha, talablarga rioya etilgan

holda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Davlat ko’rsatib

o’tilgan tovon to’lovlari o’z vaqtida amalga oshirilishiga kafil bo’ladi.

Chet ellik investor sud va hakamlik tartibida quyidagilar bo’yicha, xususan:

rekvizisiyani amalga oshirish uchun qo’llanayotgan maqsadning qonuniyligi;

rekvizisiya miqdori;

rekvizisiya qilinadigan investisiyalar va boshqa aktivlar bahosi;

to’lanishi kerak bo’lgan tovon to’lovlarining mosligi;

rekvizisiyani amalga oshirish paytida davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy

organlari rioya qilgan tartib yuzasidan bahslashishga haqli.

5- modda O’zbekiston Respublikasi

«Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida» gi Qonuni

 

 

.

17

. Chet ellik investorning O'zbekiston Respublikasida olgan daromadlari chet ellik investorning

xohishiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi hududida reinvestisiya qilinishi yoki boshqa har qanday

usulda ishlatilishi mumkin.

Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga

ega:

O'zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek undan tashqarida har qanday valyutada, har qanday

bankda hisobvarag’alar ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;

chet el valyutasida ssudalar olish va uni qaytarish

6-moddaning birinchi va ikkinchi bandlari O’zbekiston Respublikasining

«Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida» gi Qonuni

 

18

Chet ellik investorlarga chet el valyutasidagi pul mablag'larini O'zbekiston Respublikasiga va undan

tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to'lovlarni O'zbekiston Respublikasi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to'lashi sharti bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o'tkazish kafolatlanadi. Bunday o'tkazishlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

chet el investisiyalarini saqlab turish yoxud ko'paytirish uchun boshlang'ich va qo'shimcha summalarni;

investisiyalarni amalga oshirishdan tushgan daromadlarni;

etkazilgan zararni qoplash uchun tovon sifatida ushbu qonunga muvofiq olingan mablag'larni;

shartnomalarni ijro etish tartibida amalga oshirilgan to'lovlarni;

chet el investisiyalarining hammasini yoki bir qismini sotishdan kelgan tushumni;

nizoni hal qilish, shu jumladan, sud yoki hakamlikning har qanday hal qiluv qarori tufayli vujudga keluvchi to'lovlarni;

xodimlarga to'lanadigan ish haqini va boshqa to'lovlarni;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalardan olingan mablag'larni.

7-moddaning birinchi  bandi

O’zbekiston Respublikasining

«Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida» gi Qonuni

 

 

19

Chet ellik investor O'zbekiston Respublikasidagi investisiya faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’xtatish huquqiga ega. Chet ellik investor investisiya faoliyatini to'xtatganidan keyin investisiya faoliyatini to'xtatish natijasida olingan o'z aktivlarini, chet ellik investorning O'zbekiston Respublikasi yoxud boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun zarar yetkazmagan holda, pul yoxud natura shaklida o'z mamlakatiga erkin qaytarish huquqiga ega.

8-modda O’zbekiston Respublikasi

«Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida» gi Qonuni

20

 Chet ellik investorlar o’zlarining manfaatlariga biro-bir tarzda daxl qiluvchi qonun xujjatlari shu jumladan idoraviy normativ hujjatlar, shuningdek sudning hal qiluv qarorlaridan erkin foydalana olishlari, O'zbekiston

Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa  bunday hujjatlar e'lon

qilinishi shart.

Davlat boshqaruvi organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari chet ellik investorlarning

so'rovlariga ko'ra ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda

berishlari shart.

9-modda O’zbekiston Respublikasining

«Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida» gi Qonuni

 

 

21

 

Mazkur qonunning qoidalari bilan O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari yoki O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari o'rtasida biron-bir nomuvofiqlik bo'lgan holda, chet ellik investorlar uchun birmuncha qulay bo'lgan qoidalar ustuvor kuchga ega bo'ladi Mazkur qonunning qoidalari bilan O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari yoki O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari o'rtasida biron-bir nomuvofiqlik bo'lgan holda, chet ellik investorlar uchun birmuncha qulay bo'lgan qoidalar ustuvor kuchga ega bo'l

 22- modda O’zbekiston Respublikasining

«Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida» gi Qonuni

 

Последнее обновление ( 25.02.2011 )
 
Последние новости

© Copyright 2007 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: