Bosh sahifa arrow DMQ haqida arrow OAVlar DMQ haqida arrow DMQ tarkibida yangi tuzilma Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Virtual qabul
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Портал Государственной власти
Valyuta kursi

Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
География посещений
Locations of visitors to this page
 
DMQ tarkibida yangi tuzilma Версия для печати Отправить на e-mail
"Birja" gazetasi #46 (993), 2009 yil 13 aprel

 

Ma'lumki, davlat mulkini boshqarish iqtisodiy hayotning ajralmas qismi sifatida qanday muhim o'rin tutsa, ushbu boshqaruvning hududiy asoslarini yaratish va uni takomillashtirish ham xuddi shunday ahamiyatga ega. Amaliyotda hozirgi kungacha davlat mulklarini ijaraga berish ishlari O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, "Ijara to'g'risida"gi qonuni, Davlat organlarining me'yoriy-huquqiy hujjatlari asosida yo'lga qo'yilgan.

 

Ammo mutaxassislarning ta'kidlashlariga ko'ra, keyingi yillarda shunday vaziyat yuzaga kelganki, ushbu jarayonni tartibga soluvchi hujjatlar yetarli darajada huquqiy asos vazifasini bajara olmayapti. Aniqrog'i, ayni paytda davlat mulki faqatgina Fuqarolik kodeksi qoidalari orqali ijaraga berilmoqda, xolos, hozirgi kun talabiga javob bermay qolgan "Ijara to'g'risida"gi qonun esa o'z kuchini yo'qotmoqda. Me'yoriy-huquqiy hujjatlarda mazkur faoliyatni tartibga soluvchi organ aniq belgilanmagan, shuningdek, davlat mulkini ijaraga berishning xususiy mulk ijarasiga nisbatan o'ziga xos xususiyatlari yetarlicha aks ettirilmagan.

Yuzaga kelgan ushbu holat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 aprelida "Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorini qabul qilish zaruratini keltirib chiqardi. Mazkur qaror asosida O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasining davlat mulki reestrini yuritish boshqarmasi huzurida davlat mulkini ijaraga berish bo'limi, barcha hududiy boshqarmalari qoshida esa markaz tashkil etish nazarda tutilgan.

Qarorda davlat mulkini ijaraga berishni tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadidan kelib chiqib, davlat unitar korxonasi shaklida tuziladigan markazlarning asosiy vazifalari davlat mulkini ijaraga berish, ijaraga berishdan tushadigan mablag'larni hisobga olish va uning monitoringini yuritish, ijara ob'ektlaridan maqsadli foydalanilishini, ularning asrab saqlanishini, ijara to'lovining o'z vaqtida va to'liq to'lanishini nazorat qilish, ijaraga berilgan mulkni har chorakda xatlovdan o'tkazish, foydalanilmayotgan davlat mulkining ijaraga berilishi to'g'risidagi e'lonlarni, ijaraga berilayotgan davlat mulklari ro'yxatini matbuotda hamda Davlat mulki qo'mitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida har chorakda e'lon qilib borish kabi yo'nalishlardan iborat qilib belgilangan. Shuningdek, qaror bilan "Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to'g'risida"gi nizom tasdiqlangan. Ushbu hujjatda davlat mulkini ijaraga berish amaliyotining aniq tartiblari bayon qilingan bo'lib, korxonalar, binolar, inshootlar va ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulklarini yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berilishiga tatbiq etiladi.

Qarorga ko'ra, davlat mulkini ijaraga berish O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi hududiy boshqarmalari qoshidagi markaz tomonidan amalga oshiriladi. Ijaraga beriladigan mulk biror-bir korxona yoki tashkilot balansida (hisobida) bo'lishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, nizomda belgilanganidek, agar ijaraga berish natijasida balansda saqlovchining ishlab chiqarish yoki moliyaviy ko'rsatkichlari yomonlashsa, bunday davlat mulki ijaraga berilmaydi. Albatta, bu holat mulkni o'z balansida saqlovchi tomonidan tegishli hujjatlar bilan asoslanishi kerak.

Bundan tashqari davlat mulki ijarasining eng ko'p muddati besh yilni tashkil etishi, ijaraga berilgan davlat mulki garovga qo'yilishi yoki uni ijaraga olgan shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga o'tkazilishi mumkin emasligi, mulkni ijaraga olgan shaxs uni soz holatda saqlashi, bu boradagi xarajatlarni qoplashi, o'z hisobidan joriy ta'mirlashi shartligi ko'rsatilgan. Bunday qat'iy tartib ijaraga berilgan mulkning ehtimoliy talon-toroji oldi olinishida muhim chora bo'lishi tabiiy. Hujjatning yana bir e'tirofga molik jihati ba'zi tashkilotlarda bo'sh turgan bino yoki uning bir qismi sifatidagi davlat mulkidan samarali foydalanish imkoniyatining kengayishi bilan ifodalanadi.

Mutaxassislarning fikrlaricha, Vazirlar Mahkamasi qarorining mohiyati va ahamiyati, avvalo, davlat mulki ijarasining huquqiy asoslari bo'yicha paydo bo'lgan bo'shliq va mavhumlik to'ldirilgani hamda oydinlashtirilganida ko'rinadi. Shuningdek, mazkur jarayon amaliyotida teng

manfaatdorlik ta'minlanishiga erishiladi. Masalan, davlat mulkini ijaraga berishdan davlatga keladigan naf, bu avvalo, byudjetga tushum mablag'i hisoblanadi. Ikkinchidan, davlat mulkidan foydalanish holati doimiy nazoratda bo'ladi, suiiste'molchilikning oldi olinadi. Muayyan bir tashkilot o'z balansidagi davlat mulki bo'lib, bo'sh turgan binoga soliq va boshqa to'lovlarni to'lashi tabiiy, agar shu bino ijaraga berilsa, aksincha tashkilot hisob raqamiga ijara haqining ma'lum foizi kelib tushadi. Yangi ish boshlamoqchi yoki faoliyatini kengaytirmoqchi bo'lgan tadbirkor bino yoki boshqa mulkni sotib olish imkoniyatiga har doim ham ega emas. Mavjud qonunchilikdan xabardor ishbilarmon esa davlat mulkini sotib olishga nisbatan bir necha bor arzon narxda ijaraga olsa, bekor turgan mulkdan maqsadli foydalaniladi, yangi ish yo'nalishi va o'rinlari yaratiladi. Me'yoriy hujjatning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, ushbu manfaatlar tomonlarning burch va majburiyatlari qat'iy belgilangan shartnoma asosida kafolatlanadi.

 

Zamira TOJIEVA,
"Birja" muxbiri.
 
Последние новости
 
Bugun  18.05.2012

Сайт Управления лицензирования оценочной и биржевой деятельности
Переход на сайт www.gkitorg.uz
Sayt bo’ylab qidiruv

Проекты
Обсуждение проектов
So’rovnoma
O’zingizni qiziqtirgan ma`lumotlarni oldingizmi?
 

© Copyright 2007 - 2012 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: