Bosh sahifa arrow Qonunchilik arrow Birja va baholash faoliyati arrow Постановления ГКИ РУз arrow О порядке определения и оценки объектов интеллектуальной собственности Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Fikr va mulohazalaringiz
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi

Bizni topishingiz uchun
Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
 
О порядке определения и оценки объектов интеллектуальной собственности Версия для печати Отправить на e-mail
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN
RO'YXATGA OLINGAN
08.05.2009 y.
N 1953

 

 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT MULKINI BOSHQARISH
DAVLAT QO'MITASINING
22.04.2009 y.
N 01/19-18/08
 QARORI
"Intellektual mulk obyektlarni baholash tartibi to'g'risida"gi  Nizomni tasdiqlash haqida
 (2009 yil 18 maydan kuchga kiradi)

 

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 apreldagi PQ-847-sonli "Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi QAROR QILADI:

1. Intellektual mulk obyektlarni baholash tartibi to'g'risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qaror O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro'yxatiga olingan kundan boshlab o'n kundan so'ng kuchga kiradi.

 

 

O'zbekiston Respublikasi

Davlat mulki qo'mitasi raisi                                           D. Musaev

                  


 

 
O'zbekiston Respublikasi
Davlat mulki qo'mitasining
2009 yil 22 aprel
01/19-18/08 - sonli qarori bilan
 "TASDIQLANGAN"

 

 

INTELLEKTUAL  MULK  OBYEKTLARINI  ANIQLASH  VA  BAHOLASH TARTIBI TUGRISIDAGI
NIZOM

 

 

Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasining "Baholash faoliyati tog'risida"gi qonuniga ("O'zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi", 1999 yil., 9-son, 208-modda), O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2008 yil 29 apreldagi PK-847-sonli "Loyixa-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tўgrisida"gi ("O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi" 2008 yil., 4-son, 237-modda) qaroriga muvofiq intellektual mulk obyektlarini baholashda baholash tashkilotlariga, uning jarayonlari va xisoblash uslublariga bo'lgan yagona talablarni belgilaydi.

 

I. Umumiy qoidalar

 

1.         Intellektual   mulk   obyektini   baholash   Mol-mulkni   baholash   milliy

standartlariga muvofiq baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va baholash xisoboti bilan rasmiylashtiriladi.

2.         Intellektual mulk obyektining qiymati, uch yondoshuv bilan, ya'ni daromadli, xarajatli, qiyosiy yondoshuvlar bilan aniqlanadi. Baholashning uch yondoshuvidan birini qo'llash mumkin bo'lmagan taqdirda baholovchi tashkilot u yoki bu yondoshuvni qo'llash rad etilishini zarur ravishda baholash xisobotida asoslashi kerak. 

 

II. Daromadli yondoshuv

 

3.         Daromadli yondoshuv - bu baholash obyektidan kutilayotgan daromadlarni aniqlashga asoslangan baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmuidir.

4.         Daromadli yondoshuv intellektual mulk obyektidan foydalanishdan daromad (foyda) olish ehtimollari mavjud bo'lgan hollarda qo'llanadi.

5.         Intellektual mulk obyektidan foydalanishdan tushgan daromadlar intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqi topshirilgan huquq egasi tomonidan ma'lum davr uchun olinadigan pul tushumlari va pul to'lovlari (kelgusida - pul oqimi deb yuritiladi) orasidagi farqdir.

6.         Intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqi topshirilganligi uchun

to'lovlarning xajmi bitim taraflari barcha zarur ma'lumotlarga ega bo'lgan holda oqilona xarakat qilgan paytda kelib chiqadigan eng ko'p ehtimoliy mazmun asosida xisoblab chiqiladi va to'lovlarning xajmida qandaydir favqulodda xolatlar aks etmaydi.

7.         Intellektual mulk obyektidan foydalanishdan olinadigan asosiy foydalar

quyidagilardir:

  • maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni yashlab chiqarish va sotishda va (yoki) asosiy va aylanma mablag'larga sarmoya kiritishdagi xarajatlardan tejash, shuningdek xarajatlarni amalda kamaytirish, intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqini qo'lga kiritishda xarajatlarning bo'lmasligi (masalan, lisenzion to'lovlarning yo'qligi, lisenziarga daromaddan eng ko'p ehtimoldagi ulushni ajratish zaruratining bo'lmasligi);
  • ishlab chiqarilayotgan dona maxsulotning (ish, xizmat) narxini oshirish;
  • ishlab chiqarilayotgan maxsulotning (ish, xizmat) sotuv xajmini oshirish;
  • soliqlar va (yoki) boshqa majburiy to'lovlarni kamaytirish;
  • qarz evaziga xizmat ko'rsatish to'lovlarini kamaytirish;
  • baholash obyektini ishlashtishdagi pul oqimini olishdagi tavakkalchilikni kamaytirish;
  • baholash obyektidan foydalanishdagi pul oqimining vaqtinchalik tuzilishini yaxshilash;
  • foydalarning boshqa shakllari va ko'rsatilgan shakllarning turli kombinasiyalari.

8.         Baholanadigan  intellektual  mulk obyektidan foydalanishdan  tushadigan daromadlar to'gridan-to'g'ri huquq egasi intellektual mulk obyektini ishlatmagan holda olgan pul oqimi xajmi, tavakkalchiligi va tushum vaqtini intellektual mulk obyektidan foydalanishdan tushadigan pul oqimining xajmi, tavakkalchiligi va tushum vaqti bilan solishtirish orqali aniqlanadi.

III Qiyosiy yondoshuv

9.         qiyosiy yondoshuv - bu baholash obyektini unga nisbatan bitimlari qiymatlari to'g'risida ma'lumotlariga ega bo'lgan boshqa shunga o'xshash obyektlar bilan solishtirish orqali baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmuidir.

10.       qiyosiy yondoshuvni qo'llash baholash obyektlarning (kelgusida - o'xshash) o'xshash narxlari

haqidagi ishonchli va to'liq ma'lumot hamda ular, bilan amalga oshiriladigan bitimlarning haqiqiy shartlari mavjud bo'lgan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda bitimlar qiymatlari, taklif va talab haqidagi ma'lumotlardan foydalanilishi mumkin.

11.       Intellektual mulk obyektini qiyosiy yondoshuvni qo'llash yordamida baholash shunga o'xshash obyektlar qiymatlarini baholanayotgan intellektual mulk obyektining farqlariga karab to'zatish orqali amalga oshiriladi.

 

12.       Qiyosiy yondoshuvni qo'llagan holda qiymatni aniqlash quyidagi asosiy

jarayonlarni o'z ichiga oladi:

  • Baholash obyektini shunga o'xshash obyektlar bilan solishtirishdagi elementlarni aniqlash (kelgusida solishtirish elementlari deb yuritiladi);
  • baholanayotgan intellektual mulk obyektining xar bir solishtirish elementlari bo'yicha shunga o'xshash xar bir obyektdagi xususiyat va farqlari darajasini aniqlash;
  • baholanayotgan intellektual mulk obyektining shunga o'xshash xar bir obyektdagi solishtirish elementlari bo'yicha tegishli xususiyatlar va farqlari darajasiga mos ravishda shunga o'xshash
  • obyektlar qiymatlaridagi to'zatishlarni aniqlash;
  • xar bir shunga o'xshash obyekt qiymatining xar bir solishtirish elementlari bo'yicha ularning baholanayotgan intellektual mulk obyektidan farqi bo'yicha to'zatish;
  • shunga o'xshash obyektning to'zatilgan qiymatlarini asosli umumlashtirish yo'li bilan intellektual mulk obyektining qiymatini hisoblash.

Solishtirish elementlariga baholash obyekti qiymatidagi omillar (baholash obyekta qiymatiga ta'sir qiluvchi omillar) va intellektual mulk obyektlariga oid bitishuvlar bozorida vujudga keladigan tavsif va xususiyatlar taalluqlidir.

13.       Solishtirishning eng muxim elementlari, qoidaga kura, quyidagilardir:

  • intellektual mulk obyektining baholanayotgan mulkiy huquqlari xajmi;
  • intellektual  mulk  obyektiga  oid  bitishuvlarni  moliyalashtirish  shartlari
  • (shaxsiy va qarzga olingan mablag'lar nisbati, qarz mablag'larini taqdim etish shartlari);
  • shunga o'xshash obyekt bo'yicha bitishuv tuzish sanasidan boshlab baholashni o'tkazish sanasiga qadar davrda intellektual mulk obyektlari narxlarining o'zgarishi;
  • intellektual mulk obyekti ishlatilgan yoki ishlatiladigan soha;
  • taqdim etiladigan huquqlar ta'siri tarqaladigan hududlar;
  • baholash obyektiga nisbatan shunga o'xshash obyektlarning jismoniy, funksional, texnologik, iqtisodiy tavsiflari;
  • intellektual mulk obyektidan foydalanish orqali ishlab chiqariladigan va sotiladigan maxsulotga bo'lgan talab;
  • raqobatli takliflarning mavjudligi;
  • intellektual mulk obyektidan foydalanish orqali ishlab chiqarilgan maxsulotlarni (ish, xizmat) sotishning nisbiy xajmi;
  • intellektual mulk obyektini foydali ishlatish muddati;     
  • intellektual mulk obyektini o'zlashtirishga qilingan xarajatlar darajasi;
  • intellektual mulk obyektiga oid bitishuvlarni tuzishdagi to'lov shartlari;  
  • intellektual mulk obyektiga oid bitishuvlarni tuzish xolatlari.      

 

III. Xarajatli yondoshuv

 

14.       Xarajatli yondoshuv - bu mulkning eskirganligini inobatga olgan holda

baholash  obyektini tiklash yoki almashtirish uchun zarur  bo'lgan  sarf-xarajatlar miqdorini belgilashga asoslangan baholash uslublar majmui.

 

15.       Xarajatli yondoshuvni qo'llash baholash obyektini tiklash yoki almashtirish imkoni mavjud bo'lganda amalga oshiriladi.

Xarajatli yondoshuvni qo'llash orqali baholash quyidagi asosiy jarayonlarni o'z ichiga oladi:

  • Baholash obyektiga shunga o'xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini aniqlash;
  • Baholash obyektining shunga o'xshash yangi obyektga nisbatan eskirganligi xajmini aniqlash;
  • Baholash obyekti qiymatini unga nisbatan shunga o'xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini chegirib tashlash yo'li bilan xisoblash.

16.       Baholash obyektiga nisbatan unga o'xshash yangi obyektni yaratishga qilingan xarajatlar summasi bevosita va bilvosita intellektual mulk obyektini yaratish va uni foydalanishga yarokqli xolga keltirish, shuningdek intellektual mulk obyektining yaratilishida kapital kiritganligi uchun beriladigan eng ko'p ehtimoliy mukofoti xajmi ko'rinishidagi sarmoyadorning daromadini o'z ichiga oladi.

17.       Baholash obyektiga nisbatan unga o'xshash yangi intellektual mulk obyektini yaratishga qilingan xarajatlar summasi huquq egasi tomonidan ilgari baholanayotgan intellektual mulk obyektini yaratishga amalda sarflangan xarajatlarni indeksasiyalash yoki baholash obyektiga nisbatan unga o'xshash yangi intellektual mulk obyektini yaratish uchun zarur bo'lgan barcha manbalarni (elementlar, xarajatlarni) baholash kunidagi narxlar va tariflar bo'yicha kalkulyatsiya qilish yuli bilan belgilanishi mumkin.

18.       Indeksatsiyalashni o'tkazishda xarajatlar elementlari bo'yicha narxlarning o'zgarib borishi indekslaridan foydalanish shart. Xarajatlar elementlari bo'yicha narxlarning o'zgarib borishi indekslari haqida xammabop ishonchli ma'lumotlar mavjud bo'lmaganda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining tegishli sanoat tarmoqlari bo'yicha narxlar o'zgarishi indekslari bo'yicha axborotlaridan foylanilishi

mumkin.

19.       Sarmoyadorning daromadi baholanayotgan intellektual mulk obyektini yaratish uchun zarur unga nisbatan sarmoya kiritish tavakkalchiligi darajasi va vaqt davri bo'yicha eng ko'p ehtimolli o'xshash kapitalning samara berishiga kiritgan miqdorlardan kelib chiqqan holda ko'zda tutilgan bo'lishi mumkin.

20.       Intellektual mulk obyektining eskirganligi umuman olganda baholash

obyektiga nisbatan unga o'xshash yangi obyektning foydali ishlatilishi muddatini va mavjud baholash obyektining foydali ishlatilishi qolgan muddatini baholash asosida belgilanishi mumkin. Bunda intellektual mulk obyektini foydali ishlatish muddati  shartnoma asosida intellektual mulk obyekti foydalanishga berilgan huquq muddati yoki intellektual mulk obyekti huquq egasining shaxsiy ishlab chiqarishida (biznesida) ishlatishi mumkin bo'lgan davridagi muddat deb belgilanishi mumkin.      

                           

IV. YAKUNIY QOIDALAR

 

21. Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi, Davlat patent idorasi bilan kelishilgan.

Последнее обновление ( 19.05.2009 )
 
Последние новости

© Copyright 2007 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: