Bosh sahifa arrow DMQ haqida arrow OAVlar DMQ haqida arrow Qaror ijrosi ta'minlanmoqda Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Virtual qabul
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Портал Государственной власти
Valyuta kursi

Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
География посещений
Locations of visitors to this page
 
Qaror ijrosi ta'minlanmoqda Версия для печати Отправить на e-mail
"Birja" gazetasi #98 (1045), 2009 yil 1 avgust

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 29 yanvarda qabul qilingan "Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta'mirlash bo'yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qaroridan ko'zda tutilgan maqsad aholi punktlari qiyofasini tubdan o'zgartirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq qurilishini me'morchilikning bugungi yutuqlari asosida yangi bosqichga ko'tarishdan iborat.

Ushbu qarorda viloyatning shahar va tumanlarida xususiy mulk shaklidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-qurilish tashkilotlarini tashkil etish hamda ularning moddiy-texnik bazasini yaratish, shuningdek, mavjud foydalanilmayotgan turar-joy binolarini va qurilishi tugallanmagan uy-joy fondi ob'ektlarini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rejalashtirish, bezash, qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash bo'yicha ishlarini amalga oshirish uchun yangi tashkilotlar tashkil etilishi ko'zda tutilgan. Shu jumladan, ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-qurilish tashkilotlariga foydalanilmayotgan ishlab chiqarish bazasini investisiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan belgilangan tartibda yoki imtiyozli asosda uzoq muddatli ijaraga berilishini ta'minlash yuklatilgan. Bu boradagi vazifalar Davlat mulki qo'mitasining hududiy boshqarmalari zimmasida bo'lib, Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi ham qaror ijrosini ta'minlashga e'tiborini qaratmoqda.

Bugungi kunda viloyatning shahar va tumanlarida xususiy mulk shaklidagi yuridik shaxs maqomga ega bo'lgan 16 ta ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-qurilish tashkilotlari davlat ro'yxatidan o'tib, ularda 200 nafardan ortiq ishchi va mutaxassis faoliyat ko'rsatmokda. Ushbu tashkilotlar buyurtma asosida tuman va shaharlarda zamonaviy me'morchilik loyihalari asosida qurilish hamda ta'mirlash ishlari amalga oshiradilar.

Mazkur tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaratish, shuningdek, mavjud foydalanilmayotgan turar-joy binolarini, shu jumladan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish ob'ektlarini investisiya majburiyati bilan belgilangan tartibda yoki imtiyozli asosda uzoq muddatli ijaraga berish bo'yicha xatlovdan o'tkazildi.

Xatlov natijasida Shimoliy kon boshqarmasi balansida bo'lgan Uchquduq shahar, 8a kichik tumanida joylashgan qurilishi tugallanmagan ko'p qavatli turar-joy binosi aniqlandi. Hozirgi kunda ushbu binoda qurilish ishlarini nihoyasiga yetkazish hamda tayyor holga keltirish bo'yicha pudrat ishlarini amalga oshirish uchun Uchquduq tumanida tashkil etilgan "Uchquduq ta'mirlash qurilish" mas'uliyati cheklangan jamiyatiga "nol" qiymatda berish tadbirlari olib borilmoqda. Mazkur jamiyatda 40 dan ziyod malakali mutaxassis faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, bugungi kunda 6 ta ob'ektda qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 741000,0 ming so'mlik shartnoma imzolangan.

Shuningdek, shahar va tumanlarda tashkil etilgan barcha ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-qurilish tashkilotlari buyurtma asosida qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirmoqda. Jumladan, Navoiy shahridagi "Navoiyqurilishmontajinvest" MChJ tomonidan 2 chi chorak davomida 2 ta ob'ektda qurilish-ta'mirlash ishlarini bajarish uchun 72000,0 ming so'mlik, Zarafshon shahridagi "QurilishgrantZarafshon" MChJ tomonidan 2 ta ob'ekt uchun 60800,0 ming so'mlik, Karmana tumanidagi "Karmana maxsus qurilish" MChJ tomonidan 6 ta ob'ekt uchun 114800,0 ming so'mlik, Qiziltepa tumanidagi "Qiziltepakapitalqurilish" MChJ tomonidan 2 ta ob'eket uchun 100000,0 ming so'mlik, Xatirchi tumanidagi "Murod Bexruz ustalari" xususiy korxonasi tomonidan 2 ta ob'ekt uchun 200000,0 ming so'mlik shartnomalar imzolangan.

Viloyat bo'yicha faoliyat ko'rsatayotgan barcha ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan joriy yilning 6 oyida 40 ga yaqin ob'ektda qurilish-ta'mirlash ishlarini bajarish uchun jami 2043600,0 ming so'mlik shartnoma tuzilib, tegishli ishlar boshlab yuborilgan.

Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturining bajarilishida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-qurilish tashkilotlarining hissasi katta bo'lmoqda. Ularning fidokorona mehnati tufayli viloyatda aholi turar-joylari barpo etilmoqda, ta'mirlanmoqda. Bu boradagi vazifalarni bajarishda DMQning viloyat hududiy boshqarmasi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda chora-tadbirlarni ko'rishda davom etmoqda.

 

Dilorom QOSIMOVA,
DMQning Navoiy viloyat
hududiy boshqarmasi bo'lim boshlig'i.
 
Последние новости
 
Bugun  18.05.2012

Сайт Управления лицензирования оценочной и биржевой деятельности
Переход на сайт www.gkitorg.uz
Sayt bo’ylab qidiruv

Проекты
Обсуждение проектов
So’rovnoma
O’zingizni qiziqtirgan ma`lumotlarni oldingizmi?
 

© Copyright 2007 - 2012 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: