O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
№ O'RQ-163 22.07.2008y.
Qimmatli
qog'ozlar bozori to'g'risida
Qonunchilik palatasi tomonidan
2008 yil 13 fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008 yil 27 iyunda Ma'qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo'llanish sohasi
Ushbu Qonunning
maqsadi qimmatli qog'ozlar bozori sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonun quyidagi
qimmatli qog'ozlarga nisbatan amal qiladi: aksiyalarlar, obligatsiyalar, g'azna
majburiyatlari, depozit sertifikatlari, qimmatli qog'ozlar hosilalari va veksellar.
2-modda. Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlari
Qimmatli qog'ozlar
bozori to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan
iboratdir.
Agar O'zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining qimmatli qog'ozlar
bozori to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda
quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
aksiyalar - o'z egasining
aksiyalardorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyalardorlik
jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning
bir qismiga bo'lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining
nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog'oz;
axborotni
oshkor qilish - qimmatli qog'ozlar bozorida manfaatdor shaxslarning
axborotni olish maqsadidan qat'i nazar, axborotdan uning topilishi va olinishini
kafolatlaydigan shakllarda foydalanishini ta'minlash;
vekselь - vekselь
beruvchining yoki vekselda ko'rsatilgan boshqa to'lovchining vekselda nazarda tutilgan
muddat kelganda vekselь egasiga muayyan summani to'lashga doir shartsiz majburiyatini
tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog'oz;
davlat
qimmatli qog'ozlari - O'zbekiston Respublikasining g'azna majburiyatlari
va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan
obligatsiyalar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari;
depo hisobvarag'i
- deponentning qimmatli qog'ozlarini saqlash va qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni
hisobga olish uchun mo'ljallangan depozitariyning hisobga olish registrlaridagi
yozuvlar yig'indisi;
depo hisobvarag'idan
ko'chirma - deponentning qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarini
tasdiqlaydigan, depozitariy tomonidan beriladigan hujjat;
depozitar
operatsiyalar - hisobga olish registrlarida depozitariylar
tomonidan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq bajariladigan operatsiyalar;
depozit
sertifikati - bankka qo'yilgan omonat summasini va omonatchining
(sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni
sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat
tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog'oz;
depozitariyning
hisobga olish registrlari - depozitariyda qimmatli qog'ozlarni saqlash
va qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni hisobga olish bo'yicha depozitar operatsiyalar
standartlari bilan belgilangan yozuvlar tizimi;
deponent - depozitariyda
depo hisobvarag'iga ega bo'lgan shaxs;
investitsiya
aktivlari - qimmatli qog'ozlar, pul mablag'lari va qonun hujjatlariga
muvofiq investitsiya aktivlari deb e'tirof etiladigan boshqa mol-mulk;
investor - qimmatli
qog'ozlarni o'z nomidan va o'z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
korporativ
obligatsiyalar - ochiq aksiyalardorlik jamiyatlari tomonidan
chiqariladigan obligatsiyalar;
noemissiyaviy
qimmatli qog'ozlar - ushbu Qonunga muvofiq emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar tushunchasiga oid bo'lmagan qimmatli qog'ozlar;
obligatsiya - obligatsiyani
saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini
obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga,
obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo'lgan huquqini
yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog'oz;
taqdim
etuvchiga tegishli qimmatli qog'ozlar - qimmatli
qog'ozlarni taqdim etishning o'zi mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish uchun kifoya
qiladigan qimmatli qog'ozlar;
fond birjasi - ochiq
va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyda o'rnatilgan
qoidalar asosida tashkil etish hamda o'tkazish orqali faqat qimmatli qog'ozlar savdosi
uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs;
egasining
nomi yozilgan qimmatli qog'ozlar - mulkiy huquqlarning realizatsiya
qilinishi o'z egasining ro'yxatdan o'tkazilishini talab etadigan qimmatli qog'ozlar;
emissiyaviy
qimmatli qog'ozlar - bitta chiqarilishi doirasida bir xil belgilar
va rekvizitlarga ega bo'lgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan
hamda muomalada bo'ladigan qimmatli qog'ozlar;
Emissiyaviy
qimmatli qog'ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reestri - ro'yxatdan
o'tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishlarining ro'yxati;
emitent - emissiyaviy
qimmatli qog'ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog'ozlarning egalari
oldida majburiyatlari bo'lgan yuridik shaxs;
emitentning
opsioni - emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qog'ozlarini
opsionda ko'rsatilgan muddatda qat'iy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi
emissiyaviy qimmatli qog'oz;
O'zbekiston
Respublikasining g'azna majburiyatlari - emissiyaviy
qimmatli qog'ozlar egalari O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga pul mablag'lari
kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog'ozlarga egalik qilishning butun
muddati mobaynida qat'iy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy
qimmatli qog'ozlar;
qimmatli
qog'ozlar - hujjatlar bo'lib, ular bu hujjatlarni chiqargan
yuridik shaxs bilan ularning egasi o'rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini
tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to'lashni hamda ushbu hujjatlardan
kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o'tkazish imkoniyatini nazarda tutadi.
Qimmatli qog'ozlarning qiymati O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi;
qimmatli
qog'ozlar bozori - yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli
qog'ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog'liq munosabatlari
tizimi;
qimmatli
qog'ozlar bozori ishtirokchilari - qimmatli qog'ozlar emitentlari,qimmatli
qog'ozlarning egalari, investorlar, qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari,
shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birjalar;
qimmatli
qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi - qimmatli
qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
qimmatli
qog'ozlar bozori professional ishtirokchisining mijozi (mijoz) - deponent
yoki qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchisining xizmatlaridan foydalanuvchi
boshqa shaxs;
qimmatli
qog'ozlar bozorida professional faoliyat - qimmatli
qog'ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog'liq xizmatlar
ko'rsatish bo'yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi;
qimmatli
qog'ozlarga doir bitimlar - qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi, ularni
hadya qilish, meros qilib olish, ularni ustav fondiga kiritish va qimmatli qog'ozlarning
egasi almashuviga olib keladigan boshqa aktlar, shuningdek qimmatli qog'ozlar garovi;
qimmatli
qog'ozlarga doir fьyuchers - o'zida nazarda tutilgan muddatda muayyan
miqdordagi qimmatli qog'ozlarni qat'iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish
majburiyatini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog'oz;
qimmatli
qog'ozlarni joylashtirish - qimmatli qog'ozlarni bitimlar tuzish orqali
ularning dastlabki egalariga berish;
Qimmatli
qog'ozlar markaziy depozitariysi - depozitariylarda depo hisobvaraqlari
bo'yicha emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni saqlash, bunday qimmatli qog'ozlarga bo'lgan
huquqlarni hisobga olish va emissiyaviy qimmatli qog'ozlar harakati yagona tizimini
ta'minlovchi davlat depozitariysi;
qimmatli
qog'ozlarning muomalasi - qimmatli qog'ozlarni sotib olish va sotish,
shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog'ozlarning egasi almashuviga
olib keladigan boshqa harakatlar;
qimmatli
qog'ozlarni nominal saqlovchi - qimmatli qog'ozlar egalarining
reestrida ro'yxatdan o'tkazilgan, qimmatli qog'ozlarning egasi bo'lmagan holda boshqa
shaxsning (qimmatli qog'ozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning) topshirig'iga
binoan qimmatli qog'ozlarni saqlash, hisobga olish va ularga bo'lgan huquqlarni
tasdiqlashni amalga oshiruvchi depozitariy;
qimmatli
qog'ozlarni chiqarish - yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarining
ob'ekti sifatida qimmatli qog'ozlar paydo bo'lishiga qaratilgan harakatlari;
qimmatli
qog'ozlar egasi - qimmatli qog'ozlar o'ziga mulk huquqi yoki
boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo'lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
qimmatli
qog'ozlar egalari reestri - ro'yxatdan o'tkazilgan qimmatli qog'ozlar
egalarining belgilangan sanadagi holatga ko'ra shakllantirilgan, ularga qarashli
egasining nomi yozilgan qimmatli qog'ozlarning nomi, miqdori, nominal qiymati va
toifasi, shuningdek reestrda ro'yxatdan o'tkazilgan shaxslarga axborotni yuborish
imkoniyatini beradigan ma'lumotlar ko'rsatilgan ro'yxati;
qimmatli
qog'ozlar emissiyasi - emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish
va joylashtirish;
qimmatli
qog'ozlar emissiya risolasi - emitent va u chiqaradigan qimmatli qog'ozlar
to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek investorning qimmatli qog'ozlar olish to'g'risidagi
qaroriga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan boshqa axborotni aks ettiruvchi hujjat;
qimmatli
qog'ozlarning hosilalari - o'z egalarining boshqa qimmatli qog'ozlarga
nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan
emitentning opsionlari, qimmatli qog'ozlarga doir fьyucherslar va boshqa moliyaviy
vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog'ozlar.
2-bob.
Qimmatli qog'ozlarni chiqarish
4-modda. Qimmatli qog'ozlarning chiqarilish shakli
Qimmatli qog'ozlar
chiqarilish shakliga ko'ra blankalar tarzida hujjatli va depozitariyning hisobga
olish registrlaridagi yozuvlar tarzida hujjatsiz bo'lishi mumkin.
Qimmatli qog'ozlarning
chiqarilish shakli qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog'ozlar chiqarish to'g'risidagi
qarorda belgilanadi.
Aksiyalarlar hujjatsiz
shaklda chiqariladi.
5-modda. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi
qaror
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qarorda quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
emitentning to'liq
nomi, joylashgan eri (pochta manzili);
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qaror tasdiqlangan sana;
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qarorni tasdiqlagan emitent boshqaruv organining
nomi;
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning nomi va ularning chiqarilish shakli;
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning egasining nomi yozilganligi yoki taqdim etuvchiga tegishliligi;
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar egasining huquqlari;
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni joylashtirish shartlari;
chiqarilishdagi
emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning soni;
ilgari joylashtirilgan
emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning soni;
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning nominal qiymati.
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qarorda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar
ham ko'rsatilishi mumkin.
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qaror qonun hujjatlariga va emitentning ustaviga
muvofiq emitent boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.
Emitentning majburiyatlari
bajarilishini garov, bank kafolati yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar
bilan qo'shimcha ta'minlanadigan obligatsiyalarni chiqarish to'g'risidagi qarorda
qo'shimcha ta'minot bergan shaxs to'g'risidagi va ta'minot shartlari haqidagi ma'lumotlar
ham ko'rsatilishi kerak. Bu holda obligatsiyalarni chiqarish to'g'risidagi qaror
qo'shimcha ta'minot bergan shaxs tomonidan ham imzolanishi kerak.
Davlat korxonasi
ochiq aksiyalardorlik jamiyati etib o'zgartirilayotganda O'zbekiston Respublikasi
Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan aksiyalarlarning
emissiya risolasi aksiyalarlarni chiqarish to'g'risidagi qarordir.
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning chiqarilishi davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin emissiyaviy
qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qarorning bir nusxasi qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organida qoladi, bir nusxasi
emitentga beriladi va bir nusxasi emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishini
tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga
topshiriladi.
Ro'yxatdan o'tkazilgan
emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarish to'g'risidagi qarorga o'zgartish va qo'shimchalar
kiritish, shuningdek mazkur qarorni o'z kuchini yo'qotgan deb topish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-modda. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini davlat
ro'yxatidan o'tkazish
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazish qimmatli qog'ozlar bozorini
tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan emitentning arizasi asosida
amalga oshiriladi. Emitentning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qaror;
qimmatli qog'ozlar
emissiya risolasi;
blanka namunasi
(hujjatli shakldagi emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilgan taqdirda);
ro'yxati qonun
hujjatlarida belgilanadigan boshqa hujjatlar.
Qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning
chiqarilishini ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar olingan sanadan
e'tiboran o'ttiz kun ichida davlat ro'yxatidan o'tkazishi yoki emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish to'g'risida
asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart.
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning chiqarilishi davlat ro'yxatidan o'tkazilayotganida emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qarorning har bir nusxasida emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning chiqarilishi davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida belgi
qo'yiladi va emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishiga berilgan ro'yxatdan
o'tkazilganlik raqami ko'rsatiladi.
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning
to'g'riligi uchun javobgarlik emitent zimmasida bo'ladi.
7-modda. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini davlat
ro'yxatidan o'tkazishni rad etish
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish uchun quyidagilar
asos bo'ladi:
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning
hamda ulardagi ma'lumotlarning qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlari
talablariga nomuvofiqligi;
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish tartibiga emitent tomonidan
rioya etilmaganligi;
qimmatli qog'ozlar
bozori to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yig'imlarning to'lanmaganligi;
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar chiqarishni amalga oshirayotgan yuridik shaxsda ularni chiqarish huquqining
yo'qligi.
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish to'g'risidagi
qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
8-modda. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini va
(yoki) ilgari ro'yxatdan o'tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishiga
doir o'zgartishlarni davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun yig'im
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi
emissiyaviy qimmatli qog'ozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida respublika
byudjetiga yig'im to'laydi.
Ilgari ro'yxatdan
o'tkazilgan chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning nominal qiymati oshirilgan
taqdirda, emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog'ozlar nominal
qiymati oshgan summasining 0,01 foizi miqdorida respublika byudjetiga yig'im to'laydi.
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun yig'im quyidagi hollarda olinmaydi:
aksiyalarlar O'zbekiston
Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan emissiya
risolasi asosida chiqarilgan taqdirda;
aksiyalardorlik
jamiyatining ustav fondi davlat aktivlari hisobiga ko'paytirilganda ilgari ro'yxatdan
o'tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishiga o'zgartishlar kiritilgan
taqdirda;
O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida
nazarda tutilgan hollarda.
9-modda. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishlarining
yagona davlat reestri
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reestrida qimmatli qog'ozlarning nomi,
soni va emitenti to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa axborot bo'lishi lozim.
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reestrini yuritish tartibi O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
10-modda. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishini to'xtatib
turish, emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishini amalga oshmagan yoki haqiqiy
emas deb topish
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning chiqarilishi:
emissiya jarayonida
emitent tomonidan qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlari talablari
buzilganda, shuningdek emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishi haqidagi e'lon
qilingan axborotda noto'g'ri ma'lumotlar aniqlangan taqdirda to'xtatib turilishi;
chiqarilishni
to'xtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklar emitent tomonidan bartaraf etilmagan
yoxud chiqarish to'g'risidagi qarorda belgilangan muddatda mazkur chiqarilishdagi
qimmatli qog'ozlarning 60 foizdan kam qismi joylashtirilgan taqdirda amalga oshmagan
deb topilishi;
sud tomonidan
haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda,
mazkur chiqarilishning barcha qimmatli qog'ozlari muomaladan olinishi lozim, amalga
oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini
joylashtirishdan emitent olgan mablag'lar esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
egalariga qaytarilishi kerak.
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarning chiqarilishini amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topish va mablag'larni
egalariga qaytarish bilan bog'liq chiqimlarning o'rni emitent hisobidan qoplanadi.
11-modda. Davlat qimmatli qog'ozlarini chiqarish
Davlat qimmatli
qog'ozlarini chiqarish emissiya risolasisiz va davlat qimmatli qog'ozlarining chiqarilishi
davlat ro'yxatidan o'tkazilmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Davlat qimmatli
qog'ozlari qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga), o'rtacha muddatli (bir yildan
besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) etib
chiqarilishi mumkin.
12-modda. Depozit sertifikatlarini veksellarni chiqarish
Depozit sertifikatlarini
chiqarish qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat
organi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Veksellarni chiqarish
qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi bilan
kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Qimmatli qog'ozlarni
joylashtirish va ularning muomalasi
13-modda. Qimmatli qog'ozlarni joylashtirish va ularning muomalasi
shartlari
Qimmatli qog'ozlarni
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish va ularning muomalasiga, agar qonunda
boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ular davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyingina
yo'l qo'yiladi.
O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi:
O'zbekiston Respublikasining
norezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlarni O'zbekiston Respublikasi
hududida;
O'zbekiston Respublikasining
rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlarning O'zbekiston Respublikasi
hududidan tashqarida muomalaga kiritish kvotalari va tartibini belgilaydi.
14-modda. Qimmatli qog'ozlarni joylashtirish
Emitentlar qimmatli
qog'ozlarni mustaqil ravishda, shuningdek banklar va investitsiya vositachilari
orqali joylashtirish huquqiga ega.
Qimmatli qog'ozlarni
joylashtirish quyidagi turlarda amalga oshirilishi mumkin:
qimmatli qog'ozlarni
xususiy yo'sinda joylashtirish (oldindan ma'lum bo'lgan, soni cheklangan investorlar
orasida yopiq obuna qilish, ommaviy e'lon bermagan va reklama kampaniyasi o'tkazmagan
holda);
qimmatli qog'ozlarni
ommaviy joylashtirish (soni cheklanmagan investorlar orasida reklamadan foydalangan
holda ochiq obuna qilish).
Ushbu moddaning
ikkinchi qismida sanab o'tilgan hollarning har biri uchun qimmatli qog'ozlar chiqarilishining
eng kam yoki eng ko'p hajmi qonun hujjatlarida belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi
Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi tasdiqlagan emissiya risolasi asosida
chiqariladigan aksiyalarlarni joylashtirish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
belgilagan tartibda mazkur qo'mita tomonidan amalga oshiriladi.
Banklar va investitsiya
vositachilari emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishining joylashtirilmagan
qismini sotib olish majburiyatini olmagan holda emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni
emitent nomidan sotish to'g'risida emitentlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
Joylashtirilayotgan
qimmatli qog'ozlarning soni emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi
qarorda ko'rsatilgan qimmatli qog'ozlar sonidan ortiq bo'lmasligi kerak.
Emitent emissiyaviy
qimmatli qog'ozlarning haqiqatda joylashtirilgan sonini ularning chiqarilishi yakunlari
to'g'risidagi yozma bildirishnomada ko'rsatadi. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni
chiqarilishi yakunlari to'g'risidagi bildirishnomani taqdim etish tartibi qonun
hujjatlarida belgilanadi.
Emitent chiqarilayotgan
emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni joylashtirishni emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning
chiqarilishi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan e'tiboran bir yil ichida tugallashi
shart.
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni ommaviy joylashtirish emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishi
davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi xabar e'lon qilinganidan keyin
kamida ikki hafta o'tgach, amalga oshiriladi.
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar chiqaruvchi emitent, shuningdek u bilan shartnomaga ko'ra emissiyaviy
qimmatli qog'ozlarni joylashtirishni amalga oshiruvchi banklar va investitsiya vositachilari
mazkur qimmatli qog'ozlar olinguniga qadar investorga qimmatli qog'ozlar emissiya
risolasi va emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni joylashtirish shartlari bilan tanishib
chiqish imkoniyatini ta'minlashi shart.
15-modda. Qimmatli qog'ozlarning muomalasi
Qimmatli qog'ozlar
muomalasi qimmatli qog'ozlar bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bitimlar
tuzish orqali amalga oshiriladi.
Egasining nomi
yozilgan, shuningdek yuridik shaxs ishtirokida tuziladigan taqdim etuvchiga tegishli
qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar yozma shaklda amalga oshiriladi va qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.
Tashkil etilgan
bozorlarda oldi-sotdi bitimlarini tuzish paytida ular yuzasidan hisob-kitob qilish
muddatlari qimmatli qog'ozlar savdosi tashkilotchisining qoidalari bilan, boshqa
hollarda esa oldi-sotdi shartnomalari bilan belgilanadi. Belgilangan muddatlar buzilgan
taqdirda, bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi.
16-modda. Qimmatli qog'ozlar savdosining tashkilotchilari
Qimmatli qog'ozlar
savdosining tashkilotchilari quyidagilardir:
fond birjasi,
shuningdek qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga
muvofiq fond bo'limlarini tashkil etgan boshqa birjalar;
qimmatli qog'ozlarning
birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi;
qimmatli qog'ozlarning
mulkdori yoki qimmatli qog'ozlarga bo'lgan mulkiy huquq egasi.
Ushbu moddaning:
birinchi qismi
ikkinchi xatboshisida
ko'rsatilgan qimmatli qog'ozlar savdosining tashkilotchilari qimmatli qog'ozlar
savdosini tashkil etish qoidalarini qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish
bo'yicha vakolatli davlat organi bilan kelishuvga binoan belgilaydi;
birinchi qismi
uchinchi
va to'rtinchi xatboshilarida ko'rsatilgan qimmatli
qog'ozlar savdosining tashkilotchilari savdoni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
tashkil etadi.
Fond birjasi,
shuningdek qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga
muvofiq fond bo'limlarini tashkil etgan boshqa birjalar va qimmatli qog'ozlarning
birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatni tegishli litsenziya asosida
amalga oshiradi.
Fond birjasining,
shuningdek qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga
muvofiq fond bo'limlarini tashkil etgan boshqa birjalarning a'zolarini qimmatli
qog'ozlar savdosida ishtirok etishga qo'yish ularda investitsiya vositachisi yoki
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatida qimmatli qog'ozlar bozorida
professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya bo'lgan taqdirdagina amalga
oshiriladi.
17-modda. Davlat qimmatli qog'ozlarini joylashtirish va ularning
muomalasi
Davlat qimmatli
qog'ozlarini joylashtirish va ularning muomalasi qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
18-modda. Depozit sertifikatlarini va veksellarni joylashtirish
hamda ularning muomalasi
Depozit sertifikatlarini
joylashtirish va ularning muomalasi qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish
bo'yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Veksellarni joylashtirish
va ularning muomalasi qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli
davlat organi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
4-bob. Qimmatli qog'ozlar
bozorida professional faoliyat
19-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni
amalga oshirish
Qimmatli qog'ozlar
bozorida professional faoliyat qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha
vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi,
qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Qimmatli qog'ozlar
bozorida professional faoliyat quyidagilar sifatida amalga oshiriladi:
investitsiya vositachisi
(brokeri, dileri);
investitsiya maslahatchisi;
investitsiya fondi;
investitsiya aktivlarini
ishonchli boshqaruvchi;
depozitariy;
hisob-kitob -
kliring palatasi;
transfer-agent;
qimmatli qog'ozlarning
birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi.
Litsenziya talabgoriga
uning arizasiga binoan qimmatli qog'ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga
oshirish uchun yoki mazkur faoliyat turining qismlari uchun litsenziya berilishi
mumkin. Qimmatli qog'ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun
litsenziya qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo'shib olib
borish uchun belgilangan cheklashlar hisobga olingan holda beriladi.
Faqat qimmatli
qog'ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi bo'lgan kamida ikki xodimga
ega yuridik shaxslar (investitsiya fondi bundan mustasno) qimmatli qog'ozlar bozorining
professional ishtirokchilari bo'lishi mumkin. Qimmatli qog'ozlar bozori mutaxassisining
malaka guvohnomasi uch yil muddatga beriladi.
Qimmatli qog'ozlar
bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning tashkil
etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibi qonun hujjatlarida
belgilanadi.
20-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni
birga qo'shib olib borishga doir cheklashlar
Investitsiya fondining
faoliyati boshqa turdagi faoliyat bilan birga qo'shib olib borilishi mumkin emas.
Depozitariyning
professional faoliyatini birga qo'shib olib boruvchi transfer-agent investitsiya
vositachisining professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Professional faoliyatni
birga qo'shib olib borish va qimmatli qog'ozlar bo'yicha operatsiyalarni o'tkazishga
doir qo'shimcha cheklovlar qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha
vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
21-modda. Investitsiya vositachisining (brokerining, dilerining)
faoliyati
Vositachilik yoki
topshiriq shartnomasi yoxud mijozning vositachisi yoki ishonchli vakili sifatida
qimmatli qog'ozlarga doir bitimlarni tuzish uchun berilgan ishonchnoma asosida ish
olib boruvchi yuridik shaxs brokerdir.
Mijozlarning bitimlar
tuzish uchun brokerga berilgan qimmatli qog'ozlari va pul mablag'lari, shuningdek
broker tomonidan shartnomalar asosida mijozlar bilan tuzilgan bitimlar bo'yicha
olingan qimmatli qog'ozlar va pul mablag'lari broker tegishincha Qimmatli qog'ozlar
markaziy depozitariysida va bankda ochadigan (ochiladigan) alohida hisobvaraqda
(hisobvaraqlarda) turishi kerak.
Broker o'ziga
mijozi tomonidan topshirilgan pul mablag'laridan, mijozga uning topshiriqlari ko'rsatib
o'tilgan pul mablag'lari hisobidan bajarilishini yoki ular mijozning talabiga binoan
qaytarilishini kafolatlagan holda o'z manfaatlarini ko'zlab foydalanishga, agar
bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa, haqlidir.
Brokerga pul mablag'laridan
o'z manfaatlarini ko'zlab foydalanish huquqini bergan mijozlarning pul mablag'lari
brokerga bunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablag'lari turgan hisobvaraqdan
(hisobvaraqlardan) alohida bo'lgan hisobvaraqda (hisobvaraqlarda) turishi kerak.
Broker o'z pul mablag'larini bu hisobvaraqqa (hisobvaraqlarga) o'tkazishga haqli
emas, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul mablag'larini mijozlarga qaytarish
va (yoki) mijozlarga qarz berish hollari bundan mustasno.
Broker har bir
mijozning pul mablag'lari hisobini yuritishi, qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar
va operatsiyalarni faqat mijozning topshirig'iga binoan va u bilan tuzilgan shartnomaga
muvofiq amalga oshirishi, amalga oshirilgan bitimlar va operatsiyalar to'g'risida
unga hisobot berib borishi shart.
Qimmatli qog'ozlarni
sotib olish va (yoki) sotish narxini oshkora e'lon qilish orqali ushbu qimmatli
qog'ozlarni o'zi e'lon qilgan narxlarda sotib olish va (yoki) sotish majburiyati
bilan o'z nomidan hamda o'z hisobidan qimmatli qog'ozlarga doir oldi-sotdi bitimlari
tuzuvchi yuridik shaxs dilerdir. Diler qimmatli qog'ozlar narxidan tashqari ularga
doir oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlarini: sotib olinadigan va (yoki)
sotiladigan qimmatli qog'ozlarning eng kam va eng ko'p miqdorini, shuningdek e'lon
qilingan narxlarning amalda bo'lish muddatini oshkora e'lon qilish huquqiga ega.
Ushbu e'londa qimmatli qog'ozlarga doir oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim
shartlari ko'rsatilmagan taqdirda, diler o'z mijozi taklif qilgan muhim shartlar
asosida shartnoma tuzishi shart. Diler qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi shartnomasini
tuzishdan bo'yin tovlagan taqdirda, unga nisbatan shunday shartnoma tuzishga majbur
qilish haqida va (yoki) mijozga etkazilgan zararlarning o'rnini qoplash to'g'risida
da'vo qo'zg'atilishi mumkin.
YUridik shaxsni
- investitsiya vositachisini tugatish faqat qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga
solish bo'yicha vakolatli davlat organi investitsiya vositachisi o'z mijozlariga
tegishli bo'lgan qimmatli qog'ozlarni qaytarganligini yozma ravishda tasdiqlaganidan
keyin amalga oshirilishi mumkin.
22-modda. Investitsiya maslahatchisining faoliyati
Qimmatli qog'ozlarni
chiqarish, joylashtirish, ularning muomalasi masalalari, qimmatli qog'ozlar bozori
va uning ishtirokchilari holatini tahlil etish hamda istiqbolini belgilash bo'yicha
maslahat xizmatlari ko'rsatuvchi, shuningdek qimmatli qog'ozlar bozori mutaxassislarini
qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxs investitsiya maslahatchisidir.
23-modda. Investitsiya fondining faoliyati
Investorlarning
pul mablag'larini jalb qilish va ularni qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog'ozlarga,
boshqa investitsiya aktivlariga, shuningdek banklardagi hisobvaraqlarga va omonatlarga
qo'yish maqsadida aksiyalarlar chiqaradigan yuridik shaxs - ochiq aksiyalardorlik
jamiyati investitsiya fondidir.
Investitsiya fondi
yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga o'zgartirilishga haqli emas.
Investitsiya fondini qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish, ajratib chiqarish
qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi bilan
kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Qimmatli qog'ozlar
bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun investitsiya fondiga berilgan
litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish investitsiya fondining
belgilangan tartibda tugatilishiga olib keladi.
24-modda. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining
faoliyati
YUridik shaxsning
- ishonchli boshqaruvchining unga egalik qilish uchun topshirilgan va boshqa shaxsga
tegishli bo'lgan:
qimmatli qog'ozlarni,
shu jumladan investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan qimmatli
qog'ozlarni;
qimmatli qog'ozlarga
investitsiya qilish uchun mo'ljallangan va investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida
olinadigan pul mablag'larini shu shaxsning yoki u ko'rsatgan shaxsning manfaatlarini
ko'zlab, o'z nomidan ishonchli boshqaruvni belgilangan muddat mobaynida amalga oshirishi
investitsiya aktivlarini boshqarish bo'yicha faoliyatdir.
25-modda. Depozitariy faoliyati
Qimmatli qog'ozlarni
saqlash, ularga bo'lgan huquqlarni hisobga olish va tasdiqlash bo'yicha xizmatlar
ko'rsatuvchi yuridik shaxs depozitariydir.
O'zbekiston Respublikasi
hududidagi depozitariylar tizimi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysini va
Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida vakillik hisobvaraqlarini ochgan depozitariylarni
o'z ichiga oladi.
Depozitariylar
tizimida qimmatli qog'ozlar harakati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan
depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Depozitariylar:
manfaatdor shaxslarning
qimmatli qog'ozlarni depozitariyda saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishib
chiqishlari imkoniyatini ta'minlashi;
saqlash uchun
qabul qilib olingan qimmatli qog'ozlarning but saqlanishini ta'minlashi;
har bir deponentga
tegishli qimmatli qog'ozlarning soni va nominal qiymatini hisobga olib borishi;
qimmatli qog'ozlarga
majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning tugatilganligi faktlari hisobini
yuritishi;
depo hisobvaraqlari
holatiga o'zgartishlar kiritishga asos bo'luvchi birlamchi hujjatlarni va depozitar
operatsiyalar bo'yicha hujjatlarni o'z arxivida saqlashi;
depo hisobvaraqlari
bo'yicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning yozma
topshiriqlari asosida amalga oshirishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno;
deponentning qimmatli
qog'ozlarga bo'lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini depo hisobvarag'idan
tegishli ko'chirma berish orqali tasdiqlashi;
depo hisobvaraqlari
bo'yicha emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning mavjudligi va harakati, ularning holati
to'g'risidagi axborotning maxfiyligini ta'minlashi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollar bundan mustasno;
qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda depo hisobvarag'i bo'yicha operatsiyalarni qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi, monopoliyaga qarshi davlat
organi, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida
tugatishi;
o'z faoliyatiga
taalluqli ma'lumotlarni qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli
davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi davlat organining,
shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining talablariga binoan qonun
hujjatlarida belgilangan doirada va tartibda taqdim etishi;
o'zi etkazgan
zararlarning o'rnini sug'urta qilish, maxsus fondlar tashkil etish orqali yoki qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa usul bilan qoplash imkoniyatini nazarda tutishi shart.
Qimmatli qog'ozlarni
nominal saqlovchi vazifasini bajarayotganda depozitariy ushbu moddaning to'rtinchi
qismida nazarda tutilgan majburiyatlar bilan bir qatorda:
Qimmatli qog'ozlar
markaziy depozitariysining talabiga binoan qimmatli qog'ozlar egalarining reestrini
shakllantirish uchun qimmatli qog'ozlarning egalari to'g'risidagi zarur ma'lumotlarni
taqdim etishi;
o'zida hisobga
olib boriladigan qimmatli qog'ozlar va ular emitentlarining rekvizitlariga Qimmatli
qog'ozlar markaziy depozitariysidan olingan ma'lumotlar asosida o'zgartishlar kiritishi
shart.
Qonun hujjatlariga
muvofiq depozitariylarning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
Depozitariylar
quyidagilarga haqli emas:
o'ziga saqlash
uchun topshirilgan qimmatli qog'ozlardan foydalanishga;
o'zi emissiya
qilgan qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlar hisobini yuritishga;
o'z nomidan va
o'z hisobidan qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar tuzishga, bundan o'zi emissiya
qilgan qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar mustasno.
Agar qonun hujjatlarida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi,
ushbu moddaning ettinchi qismida ko'rsatilgan hollardan tashqari, shuningdek quyidagilarga
haqli emas:
boshqa yuridik
va jismoniy shaxslarga moliyaviy yordam ko'rsatish;
boshqa yuridik
shaxslarning ustav fondida ishtirok etish.
Depozitariy sifatida
faoliyatni tugatish yoki depozitariyni tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan
taqdirda, ommaviy axborot vositalarida o'n kunlik muddat ichida tegishli axborot
e'lon qilinadi. O'z faoliyatini tugatayotgan yoki tugatilayotgan depozitariyda saqlanayotgan
qimmatli qog'ozlar va hisobga olish registrlari deponentning qaroriga binoan bir
haftalik muddat ichida boshqa depozitariyga o'tkaziladi, bunday qaror mavjud bo'lmagan
taqdirda esa deponentlar tanlagan depozitariylarga qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga
solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda keyinchalik
o'tkazish uchun Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga o'tkaziladi.
Depozitariyni
tugatish Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining ushbu moddaning to'qqizinchi
qismida ko'rsatilgan tartib-taomil yakunlanganligi haqidagi yozma tasdig'idan keyin
amalga oshiriladi.
26-modda. Hisob-kitob-kliring palatasining faoliyati
O'zaro majburiyatlarni
(qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar bo'yicha axborotni to'plash, solishtirish, tuzatish
va ularga doir buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash) aniqlash hamda qimmatli qog'ozlarni
etkazib berish va ular yuzasidan hisob-kitoblar bo'yicha o'zaro majburiyatlarni
hisobga olish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisob-kitob-kliring
palatasidir.
Hisob-kitob-kliring
palatalari o'zaro majburiyatlarni aniqlash chog'ida tayyorlangan qimmatli qog'ozlar,
pul mablag'lari va buxgalteriya hujjatlarini qimmatli qog'ozlar bozorining qaysi
ishtirokchilari uchun hisob-kitoblar amalga oshirilayotgan bo'lsa, shu ishtirokchilar
bilan tuzilgan shartnomalar asosida ijro etish uchun qabul qiladi.
27-modda. Transfer-agent faoliyati
Qimmatli qog'ozlarga
bo'lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga
ishlov berish va ularni topshirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxs
transfer-agentdir.
Emitent, shuningdek
qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar transfer-agentning mijozlaridir.
Transfer-agent
emitentga aksiyalardorlarning umumiy yig'ilishini tashkil etish va o'tkazish yuzasidan
xizmatlar ko'rsatishga haqlidir.
28-modda. Qimmatli qog'ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi
faoliyati
Investorlarga
vositachilarni jalb etmay turib savdoda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi, qimmatli
qog'ozlar savdosini tashkil etish bo'yicha faoliyatni buyurtmalar qabul qilish punktlaridan,
maxsus kompьyuter savdo tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiruvchi yuridik
shaxs (o'z qimmatli qog'ozlarini birjadan tashqari savdoni tashkil etish orqali
mustaqil ravishda realizatsiya qiluvchi qimmatli qog'ozlar mulkdori yoki qimmatli
qog'ozlarga bo'lgan mulk huquqi egasi bundan mustasno) qimmatli qog'ozlarning birjadan
tashqari savdosi tashkilotchisidir.
Qimmatli qog'ozlarning
birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirish tartibi qonun
hujjatlarida belgilanadi.
29-modda. Qimmatli qog'ozlar bozoridagi operatsiyalarni va bitimlarni
hisobga olish
Qimmatli qog'ozlar
bozorining professional ishtirokchisi qimmatli qog'ozlar bozorida o'zi amalga oshirayotgan
barcha operatsiyalar va bitimlar hisobini yuritadi, ularni hisobga olishga doir
hujjatlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini ta'minlaydi.
30-modda. Qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchisi
va uning mijozi munosabatlari
Qimmatli qog'ozlar
bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari qonun hujjatlari
hamda shartnoma bilan tartibga solinadi.
Mijozlar hisobidan
bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat brokerlar va
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar tomonidan amalga oshirilishi
mumkin.
5-bob. Qimmatli qog'ozlarga
bo'lgan huquqlarni hisobga olish
31-modda. Qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni hisobga olishni
tashkil etish
Qimmatli qog'ozlarga
bo'lgan huquqlarni hisobga olishni depozitariylar amalga oshiradi, qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Depozitariylar
o'z deponentlarining hisobvaraqlarida ularning Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysidagi
vakillik hisobvaraqlarida jamlab hisobga olib boriladigan hujjatsiz qimmatli qog'ozlarga
bo'lgan huquqlari hisobini yuritadi, shuningdek hujjatli qimmatli qog'ozlarni saqlaydi
va ularga bo'lgan huquqlarni hisobga oladi.
32-modda. Qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarning oluvchiga
o'tishi
Hujjatsiz qimmatli
qog'ozga bo'lgan huquqlar oluvchiga uning depo hisobvarag'iga tegishli kirim yozuvi
belgilangan tartibda kiritilgan paytdan e'tiboran o'tadi va qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda depozitariy tomonidan beriladigan depo hisobvarag'idan ko'chirma bilan
tasdiqlanadi.
Egasining nomi
yozilgan hujjatli qimmatli qog'ozga bo'lgan mulk huquqi oluvchiga qimmatli qog'oz
blankasiga belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilgan paytdan e'tiboran o'tadi.
Taqdim etuvchiga
tegishli hujjatli qimmatli qog'ozga bo'lgan mulk huquqi oluvchiga qimmatli qog'oz
blankasi berilgan paytda, qimmatli qog'oz blankasini saqlash va unga bo'lgan huquqlarni
hisobga olish depozitariyda amalga oshirilgan holda esa oluvchining depo hisobvarag'i
bo'yicha kirim yozuvi amalga oshirilgan paytda o'tadi.
Qimmatli qog'oz
bilan tasdiqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qog'ozga bo'lgan huquqlar o'tgan paytdan
e'tiboran oluvchiga o'tadi.
33-modda. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi
Qimmatli qog'ozlar
markaziy depozitariysi davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi hamda faoliyatini
xizmatlar ko'rsatishdan olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan amalga
oshiradi.
Qimmatli qog'ozlar
markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning miqdorlari O'zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish
bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
34-modda. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining mutlaq
vazifalari
Qimmatli qog'ozlar
markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari quyidagilardan iborat:
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni hisobga qo'yish, davlat emissiyaviy qimmatli qog'ozlari bundan mustasno;
emissiyaviy hujjatsiz
qimmatli qog'ozlarni saqlash, davlat emissiyaviy hujjatsiz qimmatli qog'ozlari bundan
mustasno;
markaziy ro'yxatdan
o'tkazuvchi sifatida aksiyalarlar egalarining reestrlarini va korporativ obligatsiyalar
egalarining reestrlarini yuritish;
davlatning unga
saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarini, shuningdek
qimmatli qog'ozlarni boshqarish bo'yicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli
qog'ozlarga bo'lgan huquqlarini hisobga olish;
depozitariylarning
vakillik hisobvaraqlarini yuritish;
o'zida saqlanayotgan
birja savdosi va birjadan tashqari savdo ishtirokchilarining qimmatli qog'ozlari
savdoga qo'yilishidan oldin ularning mavjudligi hamda haqiqiyligini tasdiqlash;
o'zida saqlanayotgan
qimmatli qog'ozlar savdoda tuzilgan bitimlar bo'yicha birja savdosi va birjadan
tashqari savdo ishtirokchilariga etkazib berilishini ta'minlash;
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, davlat emissiyaviy
qimmatli qog'ozlari bundan mustasno;
O'zbekiston Respublikasining
norezidentlari tomonidan chiqarilgan, O'zbekiston Respublikasi hududida muomalaga
kiritilgan qimmatli qog'ozlarni hisobga olish;
O'zbekiston Respublikasining
rezidentlari tomonidan chiqarilgan, O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida
muomalaga kiritilgan qimmatli qog'ozlarni hisobga olish;
investitsiya fondlari
tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni
hisobga olish;
Depozitariylar
deponentlarining yagona bazasini yuritish;
depozitariylarda
depo hisobvaraqlari bo'yicha emissiyaviy qimmatli qog'ozlar (davlat emissiyaviy
qimmatli qog'ozlari bundan mustasno) harakati to'g'risidagi axborotni to'plash va
tizimlashtirish.
35-modda. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining markaziy
ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajarishdagi huquq va majburiyatlari
Qimmatli qog'ozlar
markaziy depozitariysi markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajarayotganda
qimmatli qog'ozlarning nominal saqlovchilaridan aksiyalarlar egalari reestrlarini
va korporativ obligatsiyalar egalari reestrlarini shakllantirish uchun zarur ma'lumotlarni
so'rash va olish huquqiga ega.
Qimmatli qog'ozlar
markaziy depozitariysi markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajarayotganda
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Qimmatli qog'ozlar
markaziy depozitariysi markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajarayotganda:
aksiyalarlar egalarining
va korporativ obligatsiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko'ra shakllantirilgan
reestrlarini saqlashi;
aksiyalarlar egalarining
va korporativ obligatsiyalar egalarining reestrlaridagi mavjud axborotni ushbu Qonunga
muvofiq taqdim etishi;
aksiyalarlar egalarining
va korporativ obligatsiyalar egalarining reestrlaridagi mavjud axborotning maxfiyligini
ta'minlashi shart.
Qimmatli qog'ozlar
markaziy depozitariysi markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajarayotganda
qonun hujjatlariga muvofiq uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
36-modda. Deponentning huquq va majburiyatlari
Deponent quyidagi
huquqlarga ega:
depozitariyda
o'z depo hisobvarag'idagi qimmatli qog'ozlarni qonun hujjatlarida belgilangan doirada
va tartibda tasarruf etish;
depozitariyga
o'z depo hisobvarag'i bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar
berish (uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar yuklatilgan qimmatli qog'ozlarni
qimmatli qog'ozlarga majburiyatlar yuklatish tugaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni
taqdim etmasdan o'tkazishga doir farmoyish bundan mustasno), so'rov kiritish, topshiriqlar
bajarilganligi to'g'risida hisobot talab qilish;
o'ziga tegishli
hujjatli qimmatli qog'ozlarni saqlash hamda hujjatli va hujjatsiz qimmatli qog'ozlarga
bo'lgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni hisobga olishni depozitariyga
topshirish;
shartnoma shartlariga
muvofiq o'z depo hisobvarag'ining holati haqida ko'chirma olish va o'z depo hisobvarag'i
bo'yicha depozitariy tomonidan o'tkazilgan operatsiyalar to'g'risida hisobot olish.
Deponent qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Deponent:
o'z vakolatli
shaxsining vakolatlari tugatilganligi yoki o'zgartirilganligi to'g'risida depozitariyga
xabar qilishi;
o'z rekvizitlaridagi
barcha o'zgarishlar haqida depozitariyga bildirishi;
depozitariyning
yozma xabarlari to'g'riligini va to'liqligini tekshirishi hamda aniqlangan noaniqliklar
haqida depozitariyga o'z vaqtida bildirishi shart.
Qonun hujjatlariga
muvofiq deponentning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
37-modda. Depozitariylarda qimmatli qog'ozlarning but saqlanishi
kafolatlari
Depozitariylarda
qimmatli qog'ozlarning but saqlanishi qimmatli qog'ozlarni saqlashga doir talablarga
javob beradigan saqlash joylarida hamda hisobga olish registrlarini depozitar operatsiyalar
standartlariga muvofiq yuritish orqali ta'minlanadi. Qimmatli qog'ozlar markaziy
depozitariysida saqlanayotgan va hisobga olinayotgan qimmatli qog'ozlarning but
saqlanishi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining ma'lumotlar axborot bankida
takroriy saqlab turish tizimi orqali, texnik tizimda uzilishlar yuz berganda va
kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda, Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi
ma'lumotlar bankini tezkor tiklash orqali ham ta'minlanadi.
Qimmatli qog'ozlarning
depozitariylarda but saqlanishi kafolatlarini ta'minlash qimmatli qog'ozlar bozorini
tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
6-bob. Qimmatli qog'ozlar
bozorida axborotni oshkor qilish
38-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorida axborotni oshkor qilish
to'g'risidagi umumiy qoidalar
Qimmatli qog'ozlar
bozorida axborot ochiq va oshkoradir, qonunda belgilangan hollarda oshkor qilinadigan
maxfiy axborot bundan mustasno.
Qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollarda, qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha
vakolatli davlat organi, qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilari, shu jumladan
mikrofirmalar va kichik korxonalar axborotni:
ommaviy axborot
vositalarida e'lon qilish;
hisobotlar, ma'lumotlar
va boshqa axborot taqdim etish orqali oshkor qiladi.
Qimmatli qog'ozlar
bozorining professional ishtirokchisi, emitent, fond birjasi ushbu Qonunda nazarda
tutilgan axborotni investorlarga va qimmatli qog'ozlarning egalariga qog'ozda taqdim
etganlik uchun undan nusxa ko'chirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan
miqdorda haq olishi mumkin.
39-modda. Emitentning axborotni oshkor qilishi
Emitent, davlat
qimmatli qog'ozlari emitenti bundan mustasno, axborotni:
qimmatli qog'ozlar
emissiya risolasida;
emitentning yilning
har choragidagi va yillik hisobotida;
emitentning faoliyatidagi
muhim faktlar to'g'risidagi xabarlarda oshkor qiladi.
Qimmatli qog'ozlar
emissiya risolasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
emitentning to'liq
va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili), bank rekvizitlari,
yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organlar (bundan buyon matnda
ro'yxatdan o'tkazuvchi organ deb yuritiladi), davlat statistikasi va soliq xizmati
organlari tomonidan berilgan ro'yxatdan o'tkazish va identifikatsiya raqamlari;
oxirgi uch yildagi
yoki, agar emitent faoliyatni uch yildan kamroq muddat mobaynida amalga oshirayotgan
bo'lsa, har bir tugallangan yil uchun buxgalteriya balanslari va moliyaviy natijalar
to'g'risidagi hisobotlar;
faoliyatning asosiy
yo'nalishlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) turlari;
mustaqil reyting
bahosi, agar uning shunday bahosi bo'lsa, tegishli izohlari bilan;
emitentning kuzatuv
kengashi va ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar ro'yxati, emitent aksiyalarlarining
ularga tegishli miqdori (ustav fondidagi ulushlari miqdori);
emitent filiallari
va vakolatxonalarining, sho''ba va tobe jamiyatlarining joylashgan eri (pochta manzili)
ko'rsatilgan holdagi ro'yxati;
emitent affillangan
shaxslarining ularga tegishli aksiyalarlar miqdori va tiplari ko'rsatilgan ro'yxati;
xodimlarning oxirgi
uch yildagi o'rtacha yillik soni;
oxirgi uch yilda
muomalaga chiqarilgan qimmatli qog'ozlar, ularning chiqarilish hajmi va maqsadi,
ular bo'yicha hisoblangan va emitent tomonidan to'langan dividendlar (foizlar) to'g'risidagi
ma'lumotlar;
oxirgi uch yilda
emitentga nisbatan qo'llanilgan sanksiyalar va emitent sudda javobgar yoki da'vogar
sifatida ishtirok etayotgan ishlar to'g'risidagi ma'lumotlar;
qimmatli qog'ozlarni
chiqarish to'g'risidagi qarorga muvofiq qimmatli qog'ozlarni chiqarish va joylashtirish
shartlari.
Emitentning har
choraklik hisobotida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
emitentning to'liq
va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili), bank rekvizitlari,
ro'yxatdan o'tkazuvchi organ, davlat statistikasi va soliq xizmati organlari tomonidan
berilgan ro'yxatdan o'tkazish va identifikatsiya raqamlari;
tegishli chorak
yuzasidan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot.
Emitentning yillik
hisobotida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
emitentning to'liq
va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili), bank rekvizitlari,
ro'yxatdan o'tkazuvchi organ, davlat statistikasi va soliq xizmati organlari tomonidan
berilgan ro'yxatdan o'tkazish va identifikatsiya raqamlari;
o'tgan yildagi
xo'jalik faoliyati natijalari haqidagi axborot;
mansabdor shaxslarning
shaxsiy tarkibidagi o'zgarishlarning asoslari;
tegishli yil yuzasidan
buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot;
auditorlik tashkiloti
xulosasining nusxasi;
qo'shimcha chiqarilgan
qimmatli qog'ozlar haqidagi asosiy ma'lumotlar;
hisobot yilida
emitentning faoliyatidagi muhim faktlar.
Emitentning faoliyatidagi
muhim faktlar quyidagilardir:
emitentning nomi
yoki joylashgan eri (pochta manzili) o'zgarganligi;
emitent faoliyatining
qayta tashkil etilganligi, to'xtatib turilganligi yoki tugatilganligi;
emitentning oliy
boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar;
qimmatli qog'ozlarga
bo'lgan huquqlarning o'zgarganligi;
mansabdor shaxslar
shaxsiy tarkibidagi o'zgarishlar;
emitentning filiallari
va vakolatxonalari, sho''ba va tobe jamiyatlari ro'yxatidagi o'zgarishlar;
emitentning mol-mulki,
bank hisobvaraqlari xatlanganligi, emitentga nisbatan uning aktivlari qiymatining
10 foizidan ortiq miqdorda da'vo qo'zg'atilganligi;
emitent ustav
fondining yoki asosiy va aylanma mablag'lari summasining 50 foizidan ortiq miqdorda
kredit olinganligi;
aktivlarning qiymati
bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda ko'payganligi yoki kamayganligi;
miqdori yoki mol-mulkining
qiymati bitim tuzilgan sanadagi holatga ko'ra emitent aktivlarining 10 foizidan
ortig'ini tashkil etadigan emitentning bir martalik bitimlari;
emitent tomonidan
hisobot yilida tuzilgan yirik bitimlar va manfaatdor shaxslar bilan tuzilgan bitimlar
ro'yxati;
emitent faoliyatning
ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya olganligi yoki litsenziya bekor
qilinganligi, litsenziyaning amal qilishi to'xtatib turilganligi yoki tugatilganligi;
qimmatli qog'ozlar
chiqarilganligi, ularning chiqarilishi to'xtatib turilganligi va chiqarilishi qayta
tiklanganligi, qimmatli qog'ozlarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy
emas deb topilganligi;
emitent qaysi
yuridik shaxslar aksiyalarlarining (ulushlarining, paylarining) 10 va undan ortiq
foiziga egalik qilayotgan bo'lsa, o'sha yuridik shaxslarning ro'yxatidagi o'zgarishlar;
emitent o'zining
qimmatli qog'ozlari egalari oldidagi majburiyatlarini bajarish muddatlari kelganligi;
qimmatli qog'ozlar
bo'yicha daromadlarni hisoblash, emitentning qimmatli qog'ozlari bo'yicha daromadlarni
to'lashning boshlanganligi va tugallanganligi;
emitentga nisbatan
bankrotlik taomili joriy etilganligi;
hisobot yilida
kuzatuv kengashi va ijroiya organi a'zolarining emitent aksiyalarlariga (ulushlariga,
paylariga) egalik qilishidagi o'zgarishlar;
jamiyat affillangan
shaxslarining ro'yxatidagi ularga tegishli qimmatli qog'ozlarning miqdori va nomi
ko'rsatilgan holdagi o'zgarishlar.
Emitent:
qimmatli qog'ozlar
emissiya risolasini va emitentning yillik hisobotini barcha manfaatdor shaxslar
tanishib chiqishi uchun taqdim etishi;
qimmatli qog'ozlarni
joylashtirish boshlanishiga kamida ikki hafta qolganida qimmatli qog'ozlar emissiya
risolasining matni bilan tanishib chiqish joyi va tartibi to'g'risidagi ma'lumotlarni,
shuningdek ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi, to'rtinchi, beshinchi va o'n
ikkinchi xatboshilarida ko'rsatilgan axborotni ommaviy axborot vositalarida e'lon
qilishi;
yillik hisobotni
aksiyalardorlarning yillik umumiy yig'ilishi yoki emitentning boshqa oliy boshqaruv
organining yillik umumiy yig'ilishi o'tkazilganidan keyin uch hafta ichida ommaviy
axborot vositalarida e'lon qilishi;
yillik hisobotni
qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organiga aksiyalardorlarning
yillik umumiy yig'ilishi yoki emitentning boshqa oliy boshqaruv organining yillik
umumiy yig'ilishi o'tkazilganidan keyin ikki hafta ichida taqdim etishi;
emitentning yilning
har choragidagi hisobotini hisobot choragi tugaganidan keyin bir oy ichida qimmatli
qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organiga taqdim etishi;
emitentning faoliyatidagi
muhim fakt haqidagi xabarni u yuz bergan sanadan e'tiboran ikki ish kuni ichida
ommaviy axborot vositalarida e'lon qilishi va qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga
solish bo'yicha vakolatli davlat organiga taqdim etishi shart.
Emitent qonun
hujjatlariga muvofiq investorlarga boshqa axborotni ham taqdim etishi mumkin.
40-modda. Qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchisining
axborotni oshkor qilishi
Qimmatli qog'ozlar
bozorining professional ishtirokchisi investorning talabiga binoan:
davlat ro'yxatidan
o'tkazilganligi to'g'risidagi hujjatning ko'chirma nusxasini;
qimmatli qog'ozlar
bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning
ko'chirma nusxasini;
qimmatli qog'ozlar
bozori professional ishtirokchisining ustav fondi, o'z mablag'larining miqdori va
zaxira fondi to'g'risidagi ma'lumotlarni;
investor oladigan
qimmatli qog'ozlar chiqarilishining davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi
ma'lumotlarni;
investor oladigan
qimmatli qog'ozlarning emissiya risolasidagi ma'lumotlarni, shuningdek ushbu qimmatli
qog'ozlarning investor tomonidan axborot taqdim etish haqida talab qo'yilgan sanadan
oldingi olti hafta davomidagi narxlari haqidagi ma'lumotlarni;
qimmatli qog'ozlarga
doir bitimlarning natijalari bo'yicha hisobotni shartnomada kelishilgan muddatlarda
taqdim etadi.
Qimmatli qog'ozlar
bozorining professional ishtirokchisi investorlarni ushbu moddada nazarda tutilgan
axborotni olish huquqlari haqida xabardor qilishi shart.
Qimmatli qog'ozlar
bozorining professional ishtirokchisi:
yilning bir choragi
davomida faqat bir emitentning qimmatli qog'ozlari bilan operatsiyalar;
bir emitentning
qimmatli qog'ozlari bilan bir martalik operatsiya, agar bu operatsiya bo'yicha qimmatli
qog'ozlarning soni mazkur qimmatli qog'ozlar umumiy sonining kamida 15 foizini tashkil
etgan bo'lsa, ularni amalga oshirilganligi haqida qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga
solish bo'yicha vakolatli davlat organiga ikki ish kuni ichida yozma shaklda axborot
beradi.
41-modda. Qimmatli qog'ozlar savdosi tashkilotchisining axborotni
oshkor qilishi
Qimmatli qog'ozlar
savdosi tashkilotchisi, qimmatli qog'ozlar mulkdori yoki qimmatli qog'ozlarga bo'lgan
mulkiy huquq egasi bundan mustasno:
savdoda bitimlar
tuzish qoidalarini;
savdoga qo'yishga
ruxsat berilgan qimmatli qog'ozlar ro'yxatini;
qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa axborotni oshkor qiladi.
Savdo tashkilotchisi
qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining
talabiga binoan investorlarning arizalarini, takliflarini va shikoyatlarini ko'rib
chiqish yakunlari haqida axborot taqdim etadi.
42-modda. Qimmatli qog'ozlar egasining axborotni oshkor qilishi
Qimmatli qog'ozlar
egasi bitim tuzish natijasida emitent qimmatli qog'ozlari har qanday turining
35 yoki undan ortiq foiziga egalik qila boshlasa, ushbu axborotni qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda mazkur bitim tuzilgan sanadan e'tiboran besh kun ichida oshkor
etishi shart.
43-modda. Investorning axborotni oshkor qilishi
Investor mustaqil
ravishda va (yoki) affillangan shaxslar bilan birgalikda bir yoki bir nechta bitim
tuzish natijasida ochiq aksiyalardorlik jamiyati aksiyalarlarining mazkur ochiq
aksiyalardorlik jamiyati ustav fondining jami 15 va undan ortiq foizini tashkil
etuvchi aksiyalarlar paketini olish niyati borligi haqidagi axborotni qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda oshkor qilishi shart.
44-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha
vakolatli davlat organining axborotni oshkor qilishi
Qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi investorlarni ommaviy
axborot vositalari va (yoki) o'zi tashkil qilgan elektron axborot-ma'lumot tizimlari
orqali quyidagilar haqida xabardor qilishi shart:
qimmatli qog'ozlarning
ro'yxatdan o'tkazilgan chiqarilishlari haqida hamda chiqarilishi, joylashtirilishi
va muomalasi to'xtatib qo'yilgan hamda tiklangan, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas
deb topilgan qimmatli qog'ozlarning chiqarilishlari to'g'risida;
qimmatli qog'ozlar
bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish, uning
amal qilishini to'xtatib turish yoki tugatish, litsenziyani bekor qilish to'g'risida;
qimmatli qog'ozlar
bozorida huquqbuzarliklarga yo'l qo'yganligi uchun mazkur organ tomonidan javobgarlik
choralari qo'llanilgan emitentlar, qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari,
mansabdor shaxslar hamda ularga nisbatan qo'llanilgan javobgarlik choralarining
turlari to'g'risida;
o'z da'volari
bo'yicha chiqarilgan sud qarorlari to'g'risida.
Qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi investorlarga va qimmatli
qog'ozlar egalariga ushbu Qonunga muvofiq axborot taqdim etganlik uchun undan nusxa
ko'chirishga sarflanadigan xarajatlar doirasida haq olishi mumkin.
45-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorida axborotning maxfiyligi
Qimmatli qog'ozlar
bozori professional ishtirokchilarining mijozlari, ular hisobvaraqlarining holati
va o'tkazilgan operatsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek qimmatli qog'ozlarga
doir bitimlarning mazmuni (qimmatli qog'ozlarning nomi, soni, bahosi, bitim tuzilgan
sana, vaqt, birja savdosi o'tkazilgan hollarda esa savdoda ishtirok etgan shaxslar
ham bundan mustasno) maxfiy axborot bo'ladi.
Maxfiy axborotga
ega shaxslar bu axborotdan bitimlar tuzish uchun foydalanish, shuningdek uni bitimlar
tuzish uchun boshqa shaxslarga berishga haqli emas.
Maxfiy axborotdan
foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan shaxslar bunday axborotni oshkor etganlik uchun
belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.
46-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorida maxfiy axborotni oshkor
qilish
Maxfiy axborotni
oshkor qilish qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Mijozlarning hisobvaraqlari
bo'yicha ma'lumotnomalar ularning o'zlariga yoki vakillariga, vakolatlariga taalluqli
masalalar yuzasidan monopoliyaga qarshi davlat organiga, davlat soliq xizmati organlariga,
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish,
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamentiga,
sudlarga, qo'zg'atilgan jinoyat ishi bo'lgan taqdirda esa tergov va surishtiruv
organlariga beriladi.
Mijozlarning -
jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari bo'yicha ma'lumotnomalar ularning egalari vafot
etgan taqdirda, merosxo'rlarga yoki hisobvaraqning egasi ko'rsatgan shaxslarga,
o'z ish yurituvidagi meros ishlari yuzasidan notarial idoralarga beriladi, chet
el fuqarolariga nisbatan esa chet davlatning konsullik muassasalariga beriladi.
Birja bitimining
mazmuni haqidagi axborot sudlarga taqdim etiladi, tergov va surishtiruv organlariga
esa qo'zg'atilgan jinoyat ishi bo'lgan taqdirda taqdim etiladi.
Maxfiy axborot
qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organiga u
qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlarini
ko'rib chiqayotgan hollarda oshkor qilinadi.
47-modda. Davlat qimmatli qog'ozlari to'g'risidagi axborotni
oshkor qilish
Davlat qimmatli
qog'ozlari to'g'risidagi axborotni oshkor qilish qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish
48-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorini davlat tomonidan tartibga
solish asoslari
Qimmatli qog'ozlar
bozorini davlat tomonidan tartibga solish:
qimmatli qog'ozlar
bozoridagi professional faoliyatni hamda birja faoliyatini litsenziyalash va (yoki)
bunday faoliyatga nisbatan majburiy talablar belgilash;
qimmatli qog'ozlar
chiqarilishlarini ro'yxatdan o'tkazish hamda chiqarish to'g'risidagi qarorlarda
nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarga emitentlarning rioya etishlari ustidan
nazorat qilish;
qimmatli qog'ozlar
to'g'risidagi axborot qonun hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishini ta'minlash;
qimmatli qog'ozlar
bozori professional ishtirokchilarining mutaxassislarini attestatsiyadan o'tkazish;
qimmatli qog'ozlar
bozori ishtirokchilarining faoliyati ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
49-modda. Qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarining huquqlarini
himoya qilish maqsadida qimmatli qog'ozlar bozoridagi cheklovlar
Qimmatli qog'ozlar
bozorida quyidagilar taqiqlanadi:
emitentga yoki
qimmatli qog'ozlarga taalluqli axborotni oshkor qilmasdan qimmatli qog'ozlarni emissiya
qilish;
chiqarilishi ushbu
Qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat ro'yxatidan o'tkazilmagan yoki to'xtatib
qo'yilgan qimmatli qog'ozlarni joylashtirish, ularning muomalasi, ularni reklama
qilish va taklif etish;
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni ommaviy joylashtirishda yoki ularning muomalasida bir investorga boshqalariga
nisbatan afzallik belgilash;
qimmatli qog'ozlar
egasining o'z hisobvarag'ida bo'lgan qimmatli qog'ozlarning qiymati to'liq to'languniga
qadar ularga doir bitimlar tuzishi;
qimmatli qog'ozlar
bozorida hiyla-nayrang ishlatish;
ustav fondi shakllantirilguniga
qadar, shuningdek uni to'ldirish yoki emitentning moliya-xo'jalik faoliyati bilan
bog'liq zararlarning o'rnini qoplash uchun korporativ obligatsiyalar chiqarish;
obligatsiyalarning
chiqarilishi ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin obligatsiyalar chiqarish to'g'risidagi
qarorning shu qaror bilan belgilangan obligatsiyalarga doir huquqlar hajmiga taalluqli
qismiga emitent tomonidan o'zgartishlar kiritish;
qimmatli qog'ozlar
bozori professional ishtirokchisining majburiyatlari bo'yicha mijozning qimmatli
qog'ozlari va pul mablag'larini undirish.
Korporativ obligatsiyalarni
faqat ochiq aksiyalardorlik jamiyatlari:
auditorlik tashkilotining
xulosasi bilan tasdiqlangan o'z kapitalining obligatsiyalar chiqarish to'g'risida
qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida;
keyingi uch yil
mobaynida rentabellik, to'lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning
auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko'rsatkichlariga ega
bo'lsa, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini
olgan bo'lsa;
investorlarga
tegishli mablag'larning emitentlar tomonidan to'lanishi bo'yicha to'lov agentlari
vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqarishi mumkin.
Korporativ obligatsiyalar
ularning egalariga ochiq aksiyalardorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish
huquqini bermaydi.
YUridik yoki jismoniy
shaxs yoxud o'zaro kelishuv bilan bog'langan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat
qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir nechta bitim
natijasida bank aksiyalarlarining 5 foizdan ortig'ini olish O'zbekiston Respublikasi
Markaziy banki xabardor qilinishini, 20 foizdan ortig'ini olish esa, oldindan uning
roziligini olishni talab qiladi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan
roziligini olish tartibi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Emitent o'zi chiqargan
aksiyalarlar bo'yicha ularni qaytarib sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga,
shuningdek o'zi chiqargan aksiyalarlarni ishonchli boshqaruvga topshirishga haqli
emas.
50-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha
vakolatli davlat organi
Qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi:
qimmatli qog'ozlar
bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida
davlat siyosatini amalga oshiradi;
qimmatli qog'ozlar
bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalaydi;
investorlarning
hamda qimmatli qog'ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini
ta'minlaydi;
qimmatli qog'ozlar
bozorini shakllantirish va tartibga solish hamda uning ishtirokchilari faoliyati
sohasida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqadi;
qimmatli qog'ozlar
bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir talablarni, qimmatli qog'ozlar
bozori professional ishtirokchilarining mutaxassislariga qo'yiladigan malaka talablarini
belgilaydi, ularni attestatsiyadan o'tkazadi va malaka guvohnomalari beradi;
emissiyaviy qimmatli
qog'ozlarni (davlat qimmatli qog'ozlari bundan mustasno) muomalaga chiqarish, qimmatli
qog'ozlarga doir bitimlarni ro'yxatdan o'tkazish qoidalarini, qimmatli qog'ozlarga
doir operatsiyalarni hisobga olish va hisobot berish standartlarini, qimmatli qog'ozlar
egalarining reestrlarini va qimmatli qog'ozlarga doir bitimlarni hisobga olish registrini
yuritish tartibini tasdiqlaydi;
qimmatli qog'ozlar
bozori to'g'risidagi qonun hujjatlarining davlat boshqaruvi organlari, qimmatli
qog'ozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga
oshiradi hamda qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlarining buzilganligi
aniqlangan hollarda ular yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan xulosalar va ko'rsatmalar
chiqaradi, qoidabuzarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalarni qo'llaydi;
o'z mablag'lari
etarli darajada bo'lishiga doir majburiy normativlarni va qimmatli qog'ozlarga doir
operatsiyalar bo'yicha tavakkalchiliklarni cheklovchi boshqa ko'rsatkichlarni, shuningdek
qimmatli qog'ozlarga doir (davlat qimmatli qog'ozlari bundan mustasno) operatsiyalar
yuzasidan hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilaydi.
51-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha
vakolatli davlat organining huquqlari
Qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi:
investorlarning,
qimmatli qog'ozlar egalarining, davlatning manfaatlarini ko'zlab davlat boji to'lamasdan
sudda da'vo qo'zg'atishga;
qimmatli qog'ozlar
bozori to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda qimmatli
qog'ozlar bozori ishtirokchisining faoliyati to'xtab qolishiga sabab bo'lmaydigan
ayrim operatsiyalarini o'z vakolatlari doirasida to'xtatib turishga;
davlat boshqaruvi
organlaridan, qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilaridan axborot va hujjatlarni
o'z vakolatlari doirasida so'rash hamda olishga;
qimmatli qog'ozlar
bozorida professional faoliyatni qo'shib olib borish tartibini belgilashga haqli.
Qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
52-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha
vakolatli davlat organining majburiyatlari
Qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi:
qimmatli qog'ozlar
bozori ishtirokchilarining murojaatlarini ko'rib chiqishi hamda investorlarning
huquqlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda tekshiruvlar o'tkazishi va qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko'rishi;
davlat boshqaruvi
organlaridan hamda qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilaridan investorlarning
huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan olingan axborotning maxfiyligiga
rioya etishi, bundan axborotning uchinchi shaxslarga oshkor etilishi qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollar mustasno;
Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reestrini va qimmatli qog'ozlar bozori
professional ishtirokchilarining reestrini yuritishi;
o'z vakolatiga
taalluqli masalalar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarning so'rovlariga o'ttiz
kun ichida asoslantirilgan javob berishi;
qimmatli qog'ozlar
bozorining holati va uning ishtirokchilari haqida jamoatchilikni xabardor qilishi
shart.
Qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining zimmasida qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
8-bob. Qimmatli qog'ozlar
bozori ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
53-modda. Qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarining huquqlari
va majburiyatlari
Qimmatli qog'ozlar
bozori ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
qimmatli qog'ozlar
bozoridagi o'z tavakkalchiliklarini sug'urta qilish;
qimmatli qog'ozlar
bozorining professional ishtirokchilari to'g'risida, qimmatli qog'ozlarning emissiyasini
to'xtatib qo'yishga, qimmatli qog'ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga
oshirishga doir litsenziyalarning amal qilishini to'xtatib turish, tugatish va ularni
bekor qilishga doir barcha hollar haqida, qimmatli qog'ozlar bozorining professional
ishtirokchilari va emitentlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to'g'risida,
shuningdek qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat
organining da'vo arizalari bo'yicha emitentlarga yoki qimmatli qog'ozlar bozorining
professional ishtirokchilariga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari haqida qimmatli
qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organidan axborot olish;
davlat organlariga
arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish;
qimmatli qog'ozlar
bozorida o'z huquqlari buzilganligi to'g'risidagi va etkazilgan zararlarning o'rnini
qoplash haqidagi da'vo arizasi bilan sudga murojaat qilish.
Investorlar va
qimmatli qog'ozlar egalari, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan
tashqari:
qimmatli qog'ozlarning
chiqarilishi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi, emitentning joriy moliyaviy
holati va uni rivojlantirish istiqbollari haqidagi axborotni taqdim etishni emitentdan
talab qilishga;
pul va boshqa
to'lov vositalari, mol-mulk bilan, shuningdek pul qiymatiga ega bo'lgan huquqlar
(shu jumladan, mulkiy huquqlar) asosida qimmatli qog'ozlarga qonun hujjatlarida
va emitentning ta'sis hujjatlarida belgilangan tartibda investitsiyalarni amalga
oshirishga;
qimmatli qog'ozlar
bozorida o'z xizmatlarini taklif etayotgan qimmatli qog'ozlar bozorining professional
ishtirokchilaridan o'zlari to'g'risidagi axborotni ushbu Qonunga muvofiq talab qilishga
ham haqli.
Qimmatli qog'ozlar
bozori ishtirokchilari qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlari
talablariga va qimmatli qog'ozlar bozorida o'zlari tuzgan shartnomalar shartlariga
rioya etishlari shart.
Qonun hujjatlariga
muvofiq qimmatli qog'ozlar bozorining ishtirokchilari boshqa huquqlarga ham ega
bo'lishlari va ularning zimmalarida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
54-modda. Qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining
va emitentlarning javobgarligi
Qimmatli qog'ozlar
bozorining professional ishtirokchilari va emitentlar investor oldida etkazilgan
zararlar doirasida qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar uchun mulkiy javobgar
bo'ladi:
qimmatli qog'ozlar
bozori to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan axborotni investorning
talabiga binoan taqdim etmaganlik yoki noto'g'ri ma'lumotlar taqdim etganlik uchun;
qimmatli qog'ozlar
emissiyasining belgilangan tartibini buzganlik uchun;
qimmatli qog'ozlarning
insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli qog'ozlarning qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilmagan chiqarilishining reklamasi, shuningdek
muomalasi qonun bilan taqiqlangan qimmatli qog'ozlarning reklamasi uchun;
ular tomonidan
investorlar bilan qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan
huquqlarini hamda emitentlar va qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining
javobgarligini cheklaydigan shartnomalar tuzilganligi uchun;
narxlar borasida
hiyla-nayrang ishlatilganlikning aniqlangan faktlari uchun, shuningdek qimmatli
qog'ozlar, qimmatli qog'ozlarning emitentlari, qimmatli qog'ozlarga doir narxlar
to'g'risida, qasddan buzib ko'rsatilgan axborot, shu jumladan reklamada shunday
axborot taqdim etish orqali investorni qimmatli qog'ozlarni sotib olishga yoki sotishga
undaganlik uchun. Qimmatli qog'ozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatganlik
alomatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. Qimmatli qog'ozlar bozorida narxlar borasida
hiyla-nayrang ishlatilganligi fakti sud tartibida e'tirof etiladi;
investorlar bilan
tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik,
shuningdek investor bilan tuzilgan shartnomada kelishilganidan farq qiladigan shartlar
asosida bitim tuzganlik uchun.
Depozitariy, ushbu
moddaning birinchi qismida ko'rsatilganlardan tashqari, quyidagi hollarda ham o'z
deponentlari oldida javobgar bo'ladi:
hujjatli qimmatli
qog'ozlar, qimmatli qog'ozlar egalari va ularga tegishli qimmatli qog'ozlar to'g'risidagi
yozuvlar, qimmatli qog'ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar va depozitariyning
hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yo'qotilganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda.
Depozitariy yo'qotilgan hujjatli qimmatli qog'ozlarni tayyorlashga ketadigan xarajatlarning
o'rnini qoplaydi yoki ularning yangilarini o'z hisobidan tayyorlaydi, yo'qotilgan
yozuvlarni, qimmatli qog'ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni va depozitariyning
hisobga olish registrlaridagi yozuvlarni tiklaydi;
uning tomonidan
deponent o'ziga tegishli qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq huquqlarini amalga oshira
olmasligiga olib kelgan harakat (harakatsizlik) sodir etilganda. Depozitariy deponentga
etkazilgan zararlarning o'rnini qoplaydi.
Qimmatli qog'ozlar
emitentlarining majburiyatlari bo'yicha javobgarlik emitentlarning o'z zimmasida
bo'ladi.
55-modda. Qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilariga nisbatan
qo'llaniladigan iqtisodiy sanksiyalar
Qimmatli qog'ozlar
to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, qimmatli qog'ozlar bozorining
ishtirokchilariga nisbatan:
mansabdor shaxsga
nisbatan ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir
etilgan qoidabuzarliklarni tugatish to'g'risidagi ko'rsatmani bajarishdan bo'yin
tovlaganlik uchun - eng kam ish haqining qirq baravaridan etmish baravarigacha miqdorda;
emitentlar tomonidan
qimmatli qog'ozlarni chiqarishning belgilangan tartibini investorlarga zarar etkazilishiga
olib kelgan tarzda buzganlik uchun - qimmatli qog'ozlarni chiqarish hajmining 5
foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining yuz baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda;
qimmatli qog'ozlarga
doir bitimlar tuzish va ularni ro'yxatdan o'tkazishning belgilangan tartibi qimmatli
qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan buzilganligi uchun -
qimmatli qog'ozlarga doir bitim summasining 5 foizi miqdorida, biroq eng kam ish
haqining etmish besh baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda, mazkur qoidabuzarlik bir
yil ichida takroran sodir etilgan taqdirda esa, qimmatli qog'ozlarga doir bitim
summasining 10 foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining yuz baravaridan ko'p
bo'lmagan miqdorda;
investorlar, tekshiruvchi
organlar va nazorat qiluvchi organlarni atayin noto'g'ri ma'lumotlar tarqatish
(taqdim etish) orqali chalg'itganlik uchun - eng kam ish haqining uch yuz baravaridan
to'rt yuz baravarigacha miqdorda iqtisodiy sanksiyalar qo'llaniladi.
56-modda. Iqtisodiy sanksiyalarning qo'llanilish tartibi
Iqtisodiy sanksiyalarni
qo'llash sud tomonidan, qimmatli qog'ozlar bozorining ishtirokchilari sodir etilgan
huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo'lgan va sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda
to'lagan hollarda esa, qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli
davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Xo'jalik yurituvchi
sub'ektning oxirgi hisobot sanasidagi aktivlari balans qiymati summasining jami
20 foizidan ortiq miqdorda qo'llanilgan iqtisodiy sanksiyalarni undirish unga undiriladigan
summani undirish to'g'risida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran olti oy mobaynida
oyma-oy teng miqdorda bo'lib-bo'lib to'lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
57-modda. Davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Davlat organlarining
ushbu Qonun bilan tartibga solinadigan qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
58-modda. Investorning tavakkalchiligi
Investitsiyalash
ob'ekti sifatida qimmatli qog'ozlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari
investorning tavakkalchiligidir.
59-modda. Qimmatli qog'ozlar bo'yicha da'vo muddatlari
Emitent va qimmatli
qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan qabul
qilingan, emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish bilan bog'liq bo'lgan qarorlarni
haqiqiy emas deb topish, emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini, emissiyaviy
qimmatli qog'ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb
topish uchun da'vo muddati emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini joylashtirish
muddati tugagan paytdan e'tiboran bir yilni tashkil etadi.
Vekselь saqlovchining
indossantlarga qarshi va vekselь beruvchiga qarshi talablari bo'yicha da'vo muddati
belgilangan muddatda amalga oshirilgan protest kunidan e'tiboran yoki chiqimlarsiz
oborot to'g'risida shartlashilgan taqdirda, to'lov muddati kunidan e'tiboran bir
yilni tashkil etadi.
Indossantlarning
bir-biriga va vekselь beruvchiga talablari bo'yicha da'vo muddati indossant vekselni
to'lagan kundan e'tiboran yoki unga nisbatan da'vo taqdim etilgan kundan e'tiboran
olti oyni tashkil etadi.
Ushbu moddaning
birinchi - uchinchi
qismlarida nazarda tutilmagan boshqa hollarda, shuningdek boshqa qimmatli
qog'ozlar bo'yicha da'vo muddatlari qonunga muvofiq belgilanadi.
60-modda. Nizolarni hal etish
Qimmatli qog'ozlar
bozori sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
61-modda. Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlarini
buzganlik uchun javobgarlik
Qimmatli qog'ozlar
bozori to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan
tartibda javobgar bo'ladi.
62-modda. Ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb
topish
Quyidagilar o'z
kuchini yo'qotgan deb topilsin:
1) O'zbekiston
Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Qimmatli qog'ozlar va fond
birjasi to'g'risida»gi 918-XII-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 325-modda);
2) O'zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Qimmatli qog'ozlar
va fond birjasi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish
tartibi haqida»gi 919-XII-sonli Qarori (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 326-modda);
3) O'zbekiston
Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining
ayrim qonunlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi 2022-XII-sonli
Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil,
№ 11-12, 285-modda) XXI bo'limi;
4) O'zbekiston
Respublikasining 1995 yil 22 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining
ayrim qonunlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi 179-I-sonli
Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil,
№ 12, 269-modda) I bo'limi;
5) O'zbekiston
Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan «Qimmatli qog'ozlar bozorining
faoliyat ko'rsatish mexanizmi to'g'risida»gi 218-I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 5-6, 56-modda);
6) O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan «Qimmatli qog'ozlar
bozorining faoliyat ko'rsatish mexanizmi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi
Qonunini amalga kiritish haqida»gi 219-I-sonli Qarori (O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 5-6, 57-modda);
7) O'zbekiston
Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining
ayrim qonunlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida»gi 231-I-sonli
Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil,
№ 5-6, 69-modda) V bo'limi;
8) O'zbekiston
Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining
ayrim qonunlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi 281-I-sonli
Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil,
№ 9, 144-modda) V bo'limi;
9) O'zbekiston
Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi
357-I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
1997 yil, № 2, 56-modda) VII bo'limi;
10) O'zbekiston
Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan «Qimmatli qog'ozlar bozorida
depozitariylar faoliyati to'g'risida»gi 672-I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 9, 172-modda);
11) O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan «Qimmatli qog'ozlar
bozorida depozitariylar faoliyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini
amalga kiritish haqida»gi 673-I-sonli Qarori (O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 9, 173-modda);
12) O'zbekiston
Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi
832-I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
1999 yil, № 9, 229-modda) IX bo'limi;
13) O'zbekiston
Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan «Qimmatli qog'ozlar bozorida
investorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi 262-II-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9-10, 173-modda);
14) O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan «Qimmatli qog'ozlar
bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi
Qonunini amalga kiritish haqida»gi 263-II-sonli Qarori (O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9-10, 174-modda);
15) O'zbekiston
Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi
447-II-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
2003 yil, № 1, 8-modda) IV, X va
XX bo'limlari;
16) O'zbekiston
Respublikasining 2004 yil 27 avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi
671-II-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
2004 yil, № 9, 171-modda) III bo'limi;
17) O'zbekiston
Respublikasining 2005 yil 22 sentyabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik sub'ektlarining
faoliyati tartibga solinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim
qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'RQ-7-sonli
Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi,
2005 yil, № 9, 311-modda) 2-moddasi;
18) O'zbekiston
Respublikasining 2005 yil 19 dekabrda qabul qilingan «Ba'zi davlat boshqaruv organlarining
qayta tashkil etilganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o'zgartishlar kiritish to'g'risida»gi O'RQ-14-sonli Qonunining (O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 413-modda)
2-moddasi;
19) O'zbekiston
Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik sub'ektlarini
huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi
erkinlashtirilganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'RQ-59-sonli Qonunining
(O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil,
№ 10, 536-modda) 10 va 30-moddalari;
20) O'zbekiston
Respublikasining 2007 yil 23 iyulda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining
iqtisodiy sohadagi ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish
to'g'risida»gi O'RQ-104-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 7, 325-modda) 1-moddasi.
63-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini
ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi
organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib
chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.
64-modda. Ushbu Qonunni kuchga kiritish tartibi
Ushbu Qonun rasmiy
e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Blankalar va sertifikatlar
tarzida chiqarilgan hamda ushbu Qonun kuchga kirgan sanada muomalada bo'lgan aksiyalarlar
va korporativ obligatsiyalar depozitariyga topshirilishi hamda qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda hujjatsiz shaklga o'tkazilishi kerak.
Blankalar va sertifikatlar
tarzida chiqarilgan hamda ushbu Qonun kuchga kirgan sanada muomalada bo'lgan aksiyalarlar
va korporativ obligatsiyalarga doir bitimlar ular depozitariyga topshirilganidan
keyingina amalga oshiriladi.
Blankalar va sertifikatlar
tarzida chiqarilgan hamda aksiyalarlar va korporativ obligatsiyalarning hujjatsiz
shaklga o'tkazilishigacha bo'lgan davrda ularning egalari reestrlarini shakllantirish
qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi belgilaydigan
tartibda Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.
KARIMOV
|