Bosh sahifa arrow Qonunchilik arrow Korporativ boshqaruv arrow Указы Президента РУз arrow O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi huzurida Qimmatli qog’oz ...(№ PF-1414 26.03.1996y.)
Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Fikr va mulohazalaringiz
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi

Bizni topishingiz uchun
Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
 
Версия для печати Отправить на e-mail
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
№ PF-1414-son 26.03.1996 y.
O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi huzurida Qimmatli qog'ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini tashkil etish to'g'risida

Qimmatli qog'ozlar bozorining ishlash samaradorligini oshirish va uni davlat yo'li bilan tartibga solish, uning qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, sarmoyadorlarning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta'minlash maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qog'ozlar va fond birjalari bo'yicha Davlat komissiyasi negizida O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi huzuridagi qimmatli qog'ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi hamda uning joylarda O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi tuzilmalari tarkibida hududiy bo'linmalari tashkil qilinsin.

O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi huzuridagi qimmatli qog'ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.

(1-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 oktyabrdagi PF-4045-sonli Farmoni asosida xatboshi bilan to'ldirilgan - O'R QHT, 2008 y., 44-45-son, 440-modda)

2. Belgilansinki, O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi huzuridagi qimmatli qog'ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi:

qimmatli qog'ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;

qimmatli qog'ozlar bozorida kasbga doir faoliyatni litsenziyalaydi;

investorlarning hamda qimmatli qog'ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi;

qimmatli qog'ozlar bozorini va uning ishtirokchilari faoliyatini shakllantirish hamda tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

qimmatli qog'ozlar bozorida kasb faoliyatini amalga oshirishga bo'lgan talablarni, qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilari mutaxassislariga nisbatan malakaviy talablarni belgilaydi, ularni attestatsiyadan o'tkazadi va malaka attestatlarini beradi;

emission qimmatli qog'ozlarni (davlatnikidan tashqari) muomalaga chiqarish qoidalarini, qimmatli qog'ozlar bilan bo'ladigan bitishuvlarni ro'yxatga olish qoidalarini, qimmatli qog'ozlar bilan o'tkaziladigan operatsiyalarni hisobga olish va hisobot standartlarini, qimmatli qog'ozlar egalarining reestrlarini va qimmatli qog'ozlar bilan bo'ladigan bitishuvlarning hisob registrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;

davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qog'ozlar bozori qatnashchilari tomonidan qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish hollari aniqlanganda ular yuzasidan xulosalar chiqaradi hamda bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar beradi, qoidabuzarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qo'llaydi;

qimmatli qog'ozlar bilan o'tkaziladigan operatsiyalar xatarini cheklovchi shaxsiy mablag'lar etarliligi va boshqa ko'rsatkichlarning majburiy normativlarini, shuningdek davlatnikidan tashqari qimmatli qog'ozlar operatsiyalari bo'yicha hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilaydi.

(2-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 oktyabrdagi PF-4045-sonli Farmoni tahririda - O'R QHT, 2008 y., 44-45-son, 440-modda)

3. Quyidagilar belgilab qo'yilsin:

O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi huzuridagi qimmatli qog'ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va mahalliy boshqaruv organlari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, qimmatli qog'ozlar bozorining professional va noprofessional qatnashchilari, ularning birlashmalari (uyushmalari), shuningdek, O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning fuqarolari ijro etishlari uchun majburiy hisoblanadi;

qimmatli qog'ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining rahbari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlanadi va ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi raisining o'rinbosari hisoblanadi;

(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 oktyabrdagi PF-4045-sonli Farmoni asosida xatboshi bilan to'ldirilgan - O'R QHT, 2008 y., 44-45-son, 440-modda)

(3-bandning to'rtinchi xatboshi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 oktyabrdagi PF-4045-sonli Farmoni bilan chiqarilgan - O'R QHT, 2008 y., 44-45-son, 440-modda)

4. O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasining, Respublika «Toshkent» fond birjasining qimmatli qog'ozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va axborot xizmatlarini ko'rsatuvchi nohukumat Agentligini tashkil qilish to'g'risidagi taklifi ma'qullansin.

O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi qimmatli qog'ozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va axborot xizmatlarini ko'rsatuvchi Agentlikka xususiylashtirishdan tushayotgan mablag'lar hisobidan 20 million so'm miqdorida qaytarib olinmaydigan bir yo'la moliyaviy yordam bersin.

O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida mazkur Agentlikni tuzish to'g'risidagi zarur takliflarni kiritsinlar.

5. O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi huzuridagi qimmatli qog'ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining faoliyatini tashkil etish to'g'risida bir hafta muddat ichida qaror qabul qilib, Markazning strukturasini va uning to'g'risidagi Nizomni tasdiqlasin.

(6-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 oktyabrdagi PF-4045-sonli Farmoni bilan chiqarilgan - O'R QHT, 2008 y., 44-45-son, 440-modda)

 

O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti                                                                                I. KARIMOV

 

 

Последнее обновление ( 09.11.2009 )
 
Последние новости

© Copyright 2007-2010 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: