Bosh sahifa arrow Yangiliklar arrow 2010 yilda brokerlarni attestasiyadan (qayta attestasiyadan) o'tkazish jadvali
Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Nashrlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Foydali sahifalar
Рынок ценных бумаг
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Sahifa xaritasi
Qidiruv
Yangiliklar arxivi
Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
 
2010 yilda brokerlarni attestasiyadan (qayta attestasiyadan) o'tkazish jadvali Версия для печати Отправить на e-mail
02.12.2009

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 29 aprelda 1241-son bilan ro'yhatga olingan "Birja savdosida ishtirok etish huquqi uchun jismoniy shaxslarning attestasiyasi (qayta attestasiyasi) to'g'risida"gi Nizomga asosan tovar xom-ashyo va ko'chmas mulk birja bozorlarida savdolarning professional ishtirokchisi sifatida faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi attestatni olishga talabgor bolgan jismoniy shaxslar hamda attestatga ega bo'lgan ammo, hozirda amal qilish muddati tugagan brokerlar belgilangan tartibda Davlat mulki qo'mitasiga attestasiyadan o'tish uchun xujjatlar to'plamini taqdim etishlari mumkin. (Eslatma: tog'ri rasmiylashtirilgan xujjatlar to'plami malaka imtohoni bo'ladigan kundan kamida besh ish kuni avval taqdim etilishi kerak.)

Attestasiya (qayta attestasiya) uchun taqdim etiladigan xujjatlar to'plami Davlat mulki qo'mitasi qoshidagi Respublika Biznes maktabi binosi 8-xonada soat 10.00dan 12.00ga qadar mas'ul xodim tomonidan qabul qilinadi.

2010 yilda attestasiya (qayta attestasiya) Davlat mulki qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan quyidagi jadval asosida o'tkaziladi.

Attestasiya (qayta attestasiya) o’tkaziladigan kunlar

2010 yilda attestasiya (qayta attestasiya) o’tkalidagn sanlar

1.

1-kun (tovar xom-ashyo yo’nalishi bo’yicha)

2-kun (tovar xom-ashyo yo’nalishi bo’yicha)

3-kun (ko’chmas mulk yo’nalishi bo’yicha)

26-yanvar

27-yanvar

28-yanvar

2.

1-kun (tovar xom-ashyo yo’nalishi bo’yicha)

2-kun (tovar xom-ashyo yo’nalishi bo’yicha)

3-kun (ko’chmas mulk yo’nalishi bo’yicha)

27-aprel

28-aprel

29-aprel

3.

1-kun (tovar xom-ashyo yo’nalishi bo’yicha)

2-kun (tovar xom-ashyo yo’nalishi bo’yicha)

3-kun (ko’chmas mulk yo’nalishi bo’yicha)

27-iyul

28-iyul

29-iyul

4.

1-kun (tovar xom-ashyo yo’nalishi bo’yicha)

2-kun (tovar xom-ashyo yo’nalishi bo’yicha)

3-kun (ko’chmas mulk yo’nalishi bo’yicha)

26-oktabr

27-oktabr

28-oktabr

 

Izoh:

1-kun. Tovar xom-ashyo yo'nalishi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax, Xorazm, Buxoro viloyatlari uchun;

2-kun Tovar xom-ashyo yo'nalishi bo'yicha Toshkent shahri, Toshkent, Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlari uchun;

3-kun Ko'chmas mulk yo'nalishi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar bo'yicha attestasiya (qayta attestasiya) o'tkazilishi belgilangan.

Attestasiya (qayta attestasiya) soat 9:00 dan 13:00ga qadar Davlat mulki qo'mitasi qoshidagi Respublika Biznes maktabi binosida o'tkaziladi. (Manzil: Toshkent shahar, O'zbekiston shox ko'chasi, 53a uy.)

Attestasiya o'tkazilishi tartibi bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni veb-sahifamizning "Litsenziyalash" bo'limidan olishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun telefon: 8 (371) 239-83-83
 
< Пред.   След. >
 
Bugun  30.07.2010
Переход на сайт www.gkitorg.uz

Sayt bo’ylab qidiruv

Портал Государственной власти

Portal of the state of authority

Обсуждение проекта стандартов оценки транспортных средств
Valyuta kursi

So’rovnoma
O’zingizni qiziqtirgan ma`lumotlarni oldingizmi?
 
Saytimizda yana qanday ma’lumotlarni ko’rishni xohlar edingiz?
 
Bizning sayt sahifalaridan qaysi savollarga javob olmadingiz? Shu erda ma`lumotni qoldiring.

© Copyright 2007 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: