|
2011 yil 18 mart kuni Koreya Fond birjasi(KRX)
biznesni global rivojlantirish masalalari bo'yicha vitse-prezidenti Xvang
Djungxo boshchiligidagi KRX delegatsiyaning O'zbekiston Respublikasiga besh
kunlik tashrifi yakunlandi.Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Davlat
mulkini boshqarish davlat qo'mitasida KRX delegatsiyaning O'zbekiston
Respublikasiga besh kunlik tashrifi yakunlariga bag'ishlangan muzokara bo'lib
o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi
Raisi v.b.
A. Abduhakimov, Qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va
nazorat qilish markazi direktori A. Obidov, Qimmatli qog'ozlarning markaziy depozitariysi, "Toshkent"
Respublika Fond birjasi rahbarlari va boshqalar qatnashdi.
Janob Xvang Jungxo boshchiligidagi Koreya Fond birjasi
delegatsiyasi tomonidan Koreya Fond birjasining normativ-huquqiy faoliyatini
ta'minlash bo'yicha vitse-prezedenti Li Sung-Bum, Koreya Respublikasi Adliya
vazirligi prokurori Vuk Jin-Rxa va boshqa yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.
KRX delegatsiyasining besh kunlik tashrifi doirasida qimmatli
qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va
boshqa infratuzilma tashkilotlarida Qimmatli qog'ozlarning markaziy
depozitariysi va "Toshkent" Respublika Fond birjasi xodimlari ishtirokida
seminarlar tashkil etildi. Unda O'zbekiston fond bozori ishtirokchilari
faoliyatini normativ-huquqiy himoyasini ta'minlash, fond birjalari ichki ish
tartibi va qonun-qoidalari, O'zbekiston fond bozori savdo, hisob-kitob va
to'lov tartibining o'zaro ta'siri va fond bozori ishtirokchilariga pullik
xizmat ko'rsatish bilan bog'liq masalalalar muhokama qilindi.
Davlat mulki qo'mitasida o'tgan yakuniy uchrashuvda
Koreya Fond birjasi va O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi
o'rtasida imzolangan (2010 yil 28 dekabr, Toshkent shahri) qimmatli qog'ozlar
bozorini rivojlantirish to'g'risidagi hamfikrlik Memorandumi shartlarini amalga
oshirish bo'yicha keyingi faoliyat rejasi o'zaro kelishib olindi.
|