Bosh sahifa arrow Yangiliklar arrow “Grant Thornton International” kompaniyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Virtual qabul
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Портал Государственной власти
Valyuta kursi

Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
 
“Grant Thornton International” kompaniyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi Версия для печати Отправить на e-mail
04.04.2011

  1 aprel  2011 yil Davlat mulki qo'mitasida Buyuk Britaniyaning  "Grant Thornton International" kompaniyasining  vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda ushbu kompaniyaning O'zbekistondagi vakolatxonasi "Grant Thornton Valuation" baholovchi kompaniyasiga O'zbekistonda baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya topshirildi.

  "Grant Thornton International" - 1980 yilda asos solingan xalqaro auditorlik va konsultatsiya sohasida mustaqil ish olib borayotgan yirik kompaniyalardan biridir. Bu kompaniya  100 dan ortiq davlatlarda faoliyat yuritmoqda, 96 ta a'zolik firmalari, 520 ta ofis va 30,000 dan ziyod mutaxassislarga ega shulardan 600 tasi MDH davlatlari ulushiga to'g'ri keladi.

   "Grant Thornton International"  kompaniyasining 2010 yil yakunlariga ko'ra umimiy daromadi 3,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Kompaniya auditorlik va buxgalteriya xizmatlari, soliqqa oid konsultatsiya, baholash tizimida xizmat ko'rsatish va konsultatsiya berish,  korporativ moliya, moliyaviy loyihalashtirish sohalarida faoliyat olib boradi.  

   Uchrashuv davomida Davlat mulki qo'mitasi tomonidan "Garant Thornton International"  kompaniyasiga o'zaro hamkorlik  uchun minnatdorchilik bildirilib, O'zbekistonda baholash tizimi to'g'risida qisqacha ma'lumot berib o'tildi.

   O'z navbatida  "Grant Thornton International" kompaniyasi vakillari ham Davlat mulki qo'mitasi bilan hamkorlik qilayotganidan xursandligini  va O'zbekiston baholash tizimi bo'yicha MDH davlatlari orasida etakchi o'rinlarda  borayotganini alohida ta'kidladi. Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilarini  kompaniyaning 2011 yilda rejalashtirilayotgan  ishlari bilan tanishtirdi.    

  Uchrashuvda  Davlat mulki qo'mitasi Raisi o'rinbosari "Grant Thornton International" kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun tayyor ekanligini va bu hamkorlik davomli bo'lishligini aytib o'tdi. So'ngra   "Grant Thornton International" kompaniyasining  O'zbekistondagi vakolatxonasi "Grant Thornton Valuation"  baholovchi kompaniyasiga O'zbekistonda baholash  faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya topshirildi.

    Uchrashuv so'ngida kompaniya vakillari ushbu natijadan minnatdor  ekanliklarini va bu ularga katta ma'suliyat yuklashini, keyingi faoliyatlari davomida O'zbekistonda baholash tizimining yanada rivojlanishida o'z hissasini qo'shishga undashligini aytib o'tdi.

 
 
Bugun  18.05.2012

Сайт Управления лицензирования оценочной и биржевой деятельности
Переход на сайт www.gkitorg.uz
Sayt bo’ylab qidiruv

Проекты
Обсуждение проектов
So’rovnoma
O’zingizni qiziqtirgan ma`lumotlarni oldingizmi?
 
Bizning sayt sahifalaridan qaysi savollarga javob olmadingiz? Shu erda ma`lumotni qoldiring.

© Copyright 2007-2012 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: