|
O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi davlat aktivlari va ob'ektlarini investitsion majburiyatlar evaziga "nol" qiymatida berilishi bo'yicha tanlov e'lon qiladi.
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi davlat mulkini horijiy investorlarga sotish bo'yicha tender savdolari o'tkazuvchi Davlat komissiyasining 2007 yil 27 dekabrdagi qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 iyuldagi PQ672-sonli qaroriga muvofiq joylashtirilmagan davlat aktivlarini aniq investitsiya loyihalari va yangi investorlar mablag'lari hisobidan to'liq moliyalash majburiyatlarini olish sharti bilan "Nol" qiymatida berilishi lozim bo'lgan faoliyat ko'rsatmayotgan, samarasiz, shu jumladan qurilishi tugallanmagan korxona va ob'ektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga "Nol" qiymatida berish bo'yicha tanlov e'lon qiladi.
Tanlov o'tkazish muddatlari - 2011 yil 15-29 aprel, 4-13- may, 6 iyun.
Tanlov o'tkazish joyi - Davlat mulkini boshqarish Farg'ona viloyat boshqarmasi, Farg'ona shahar A.Navoiy ko'chasi 17 uy (3-qavat).
Tanlovda tegishli xujjatlarni taqdim etgan hamda tanlov savdosi ob'ekti bo'yicha belgilangan eng kam investitsiya majburiyatidan kam bo'lmagan miqdorda aktivlar, shu jumladan pul mablag'lariga ega bo'lgan barcha jismoniy va yuridik shaхslar, shu jumladan O'zbekiston Respublikasining norezidentlari qatnashishlari mumkin.
Tanlovda qatnashish uchun xududiy tanlov komissiyasiga talabgor yoki uning vakili tanlov o'tkazish to'g'risidagi e'londa belgilangan tanlov o'tkazilishi sanasidan kamida uch kun oldin chopar yoki pochta orqali quyidagi xujjatlarni ilova qilgan holda tanlovda qatnashishga buyurtmanomani ikki nusxada taqdim etadi:
- yuridik shaxslar uchun - Nizom, davlat ro'yxatidan o'tkazilganlik to'g'risidagi guvoxnoma, oxirgi hisobot davri (chorak, yil)dagi buxgalteriya balansi hamda auditor xulosasi nusxalari, xizmat ko'rsatuvchi bankdan to'lovga layoqatliligi haqida ma'lumotnoma, shuningdek to'liq vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, uning shaxsini tasdiqlaydigan xujjatning nusxasi ilova qilingan ishonchnoma;
- jismoniy shaxslar uchun - pasportning nusxasi, to'liq vakolatli vakil tanlovda qatnashgan taqdirda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, to'liq vakolatli vakilning shaxsini tasdiqlaydigan xujjatning nushasi ilova qilingan ishonchnoma;
Tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan va quyidagilarni o'z ichiga oladigan ikki nusxadagi og'zi yopishtirilgan konvertlarga solingan tanlov takliflari:
- investitsiya majburiyatlarining taklif etilayotgan summasi, ularni to'lash shakli, muddati va shartlari;
- biznes-reja, bajarish muddatlari ko'rsatilgan xolda investitsiya dasturi (loyiha), asbob-uskunalar etkazib berish (agar u nazarda tutilgan bo'lsa), uning texnologik parametrlari;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotning rejalashtirilayotgan assortimenti va uning raqobatbardoshliligi;
- xom ashyo, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mavjud asbob-uskunalar va ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish tadbirlari, kutilayotgan iqtisodiy samara;
- sotish ob'ektini moliyaviy-ho'jalik jihatdan sog'lomlashtirish yoki uning xududidan ho'jalik maqsadlarida foydalanishni tiklash bo'yicha investorning boshqa majburiyatlari va rejalari.
Taqdim etilgan xujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muxri va imzosi bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak. Tanlov takliflarining amal qilish muddati tanlov xujjatlarida belgilanadi.
Tanlovda ishtirok etishni istagan shaxslar xududiy tanlov komissiyalariga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar xokimliklari yoki Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi xamda O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasining xududiy boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.
Tanlov shartlari va qo'shimcha ma'lumotlar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi yoki O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasining xududiy boshqarmalariga murojaat qilishingiz mumkin.
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! Tanlov sadolarida qatnashish uchun xujjatlarni topshirish va savdolarni o'tkazish jarayonida qonunbuzarliklar va o'z xuquqlaringiz poymol qilinish holatlari yoki oshkoralik ta'minlanmaganligi holatlari ro'y bergan taqdirda Davlat mulki qo'mitasining (8-371) 259-21-79, 259-21-37 ishonch telefonlariga va
This email address is being protected from spam bots, you need Javascript enabled to view it
,
This email address is being protected from spam bots, you need Javascript enabled to view it
elektron pochta manzillariga xabar qilishingiz yoki Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi xamda O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasining xududiy boshqarmalarining ishonch telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishingizni so'raymiz.
Ma'lumot uchun telefonlar: 259-21-79, 259-20-53, 259-20-69, faks: 239-20-83, 259-20-24 yoki Davlat mulki qo'mitasining internet saytida: http://www.gki.uz/
Farg'ona shahrida 224-29-61, 224-27-23, faks:224-56-40
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 iyuldagi PQ672-sonli qaroriga asosan investitsiya kiritish sharti bilan tanlov asosida bepul beriladigan davlat aktivlari
“BESH-KRAF-EX"ga qarashli bo'lgan qurilishi tugallanmagan ishlab chiqarish binosi: Beshariq t., Investitsiya kiritish sharti bilan bepul berilishi taklif qilingan davlat ulush 100%, Faoliyat turini saqlangan holda hususiylashtiriladi, Investitsiyaning eng kam miqdori 2000,0 mln.so'm Investitsiya kiritishning muddati 2 yil.
"Dehkonobod FAP"ning bo'sh turgan binosi: Beshariq t. Investitsiya kiritish sharti bilan bepul berilishi taklif qilingan davlat ulush 100%, Faoliyat turini saqlangan holda hususiylashtiriladi, Investitsiyaning eng kam miqdori 15,0 mln.so'm, Investitsiya kiritishning muddati 1yil.
|