Номе arrow Relationship arrow International organizations arrow Встречи, проведённые ГКИ с представителями междуна arrow Koreyaning Uyushmalarni o'rganish instituti tinglovchilari bilan uchrashuv
Language:
Navigation
About SPC
Номе
Competition, Tenders
Privatization
Rent of facility
Property sales
Securities market
Licensing
Corporate governance
Foreign investment
Relationship
Legislation
Useful links
Search
Виртуальная приёмная
Site Map
Inspection of Internal security of SPC
News archive
Portal of the state of authority

To define our Location
Currency exchange rates

Подписаться на RSS-ленту
.........
Login Form





Lost Password?
Who's Online
We have 30 guests online
География посещений
Locations of visitors to this page
 
Hot_line
Встречи, проведённые ГКИ с представителями международных организаций
Koreyaning Uyushmalarni o'rganish instituti tinglovchilari bilan uchrashuv Print E-mail
14.07.2011

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Koreyaning Uyushmalarni o'rganish instituti rahbari, "Yangi Osiyo"ni tadqiq qilish instituti Bosh direktori Li Sang Vu  boshchiligidagi 23 nafar institut tinglovchilaridan iborat delegatsiya a'zolari 12 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasida bo'lishdi.

ImageAyni paytda O'zbekiston dunyoda iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Izchil o'sish sur'atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanishlar bugun dunyo jamoatchiligi tomonidan yuqori baholanmoqda. Delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifidan ko'zlangan asosiy maqsad, O'zbekiston iqtisodiyotini o'rganish, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan tanishish va tajriba almashishdan iborat.

  Koreyaning Uyushmalarni o'rganish instituti Koreya Respublikasi uyushma ishlari vazirligi tashkiloti bo'lib 1972 yil tuzilgan. Faoliyati Koreya birlashmalarini o'rganish bo'yicha tizim va yo'nalishlarni aniqlash, maktab o'quvchilari, talaba va davlat tashkilotlari xodimlarini o'qitish va ko'plab sohalarga zarur ma'lumotlarni yetkazib berishga yo'naltirilgan. 2010 yilda tinglovchilar soni 69 ming kishini tashkil etdi.

  Uchrashuvda O'zbekiston tomonidan Davlat mulki qo'mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining mas'ul vakillari ishtirok etishdi.

  O'zaro muloqot chog'ida mehmonlarga O'zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda davlat mulkini xususiylashtirish sohasida olib borilayotgan ishlar xususida prezentatsiya orqali atroflicha ma'lumot berilib, O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tish davridagi taraqqiyot yo'li haqida batafsil gapirildi. Shuningdek, Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tishning "o'zbek modeli" deb ataluvchi beshta asosiy tamoyil asosida olib borilayotgan bosqichma-bosqich islohotlar va uning samaralari xususida to'xtalib o'tildi.

  Hozirda jahon moliviy-iqtisodiy inqiroz salbiy oqibatlarining oldini olishga, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash, sanoatni rivojlantirish, investitsiya, mahalliylashtirish kabi qator dasturiy choralar amaliyoti haqida bayon qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat mulkini xususiylashtirish jarayonining ijobiy natijalari misollar orqali ko'rsatib o'tildi.

  Koreya delegatsiyasi a'zolari tomonidan O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tishdagi bosqichma-bosqich tamoyiliga asoslangan o'ziga xos siyosatiga yuksak baho berildi. Bundan tashqari, mavjud intellektual salohiyat, milliy kadrlarni tayyorlash, yosh mutaxassislarning zamonaviy bilim olishlari uchun yaratilgan ulkan sharoitlarga nisbatan qiziqish bildirildi. Ularning bu boradagi savollariga batafsil javob berildi.

  O'zaro suhbat chog'ida O'zbekiston-Koreya o'rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Last Updated ( 14.07.2011 )
 
Latest News
 
Today  18.05.2012

Сайт Управления лицензирования оценочной и биржевой деятельности
Переход на сайт www.gkitorg.uz
Searching in gki.uz

Проекты
Обсуждение проектов
Polls
Have you received necessary information for yourself?
 
To what questions you have not found answers on our web-site? Leave your feedback here

© Copyright 2007 - 2012 Госкомимущество РУз
WEB - Центр информационных технологий "Privatinformsistem"
Before printing or when using the material, the address of the site should be noted.
Last modification: