Bosh sahifa
Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Virtual qabul
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Портал Государственной власти

Bizni topishingiz uchun
Valyuta kursi

Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
Who's Online
Сейчас на сайте:
Гостей - 22
География посещений
Locations of visitors to this page
 
MDH mamlakatlari birjalarining rahbarlari bilan uchrashuv Версия для печати Отправить на e-mail
01.11.2011

  Joriy yilning 28 oktyabr kuni Davlat mulki qo'mitasida Birja va boshqa shakldagi uyushtirilgan savdo qatnashchilarining xalqaro tashkiloti kengashi raisi Sergey Bogdanov boshchiligidagi MDH mamlakatlari birjalarining rahbarlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv O'zbekiston agrosanoat birjasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

  Uchrashuvda yig'ilganlarga Davlat mulki qo'mitasi vakillari tomonidan O'zbekistondagi birjalar faoliyati, hususan, bahoni belgilash va savdo bo'yicha bozor mexanizmlarini tashkil etish, turli  mulkchilik shaklidagi korxonalarni yuqori likvidli tovar xom-ashyo resurslari bilan erkin ta'minlanish hamda  xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda birjalar rolini oshirishga qaratilgan islohotlar hususida batafsil ma'lumot berildi.

   MDH birjalari Xalqaro assotsitsiyasining bahosiga ko'ra, hozirda O'zbekiston Respublikasi tovar xom ashyo birjasi eng yirik va dinamik tarzda rivojlanib borayotgan birjalardan ekanligi alohida e'tirof etildi. Ayni paytda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda respublikamizda birjalar faoliyatining huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar kuchaytirilgani, jumladan, yangi tahrirda "Birjalar faoliyati to'g'risida"gi qonun loyihasi tayyorlanayotgani ta'kidlab o'tildi, shuningdek ushbu hujjat loyihasi bilan Davlat mulki qo'mitasining rasmiy veb sayti orqali tanishish  mumkinligi ma'lum qilindi.

  O'z navbatida delegatsiya a'zolari o'z mamlakatlaridagi birjalar faoliyati va ularning xususiyatlari haqida tegishli axborotlar bilan tanishtirishdi.

   Delegatsiya rahbari S. Bogdanovning qayd etishicha, MDH mamlakatlari o'rtasida birja tehnologiyasidan foydalanilgan holda meva-sabzavot mahsulotlari o'tkazish tizimini tashkil etish yuzasidagi ishlarni olib borishda O‘zbekiston agrosanoat birjasi bilan hamkorlik qilib kelinmoqda. Shuning bilan birga, mazkur sohadagi asosiy ustuvor vazifa nafaqat taklif etilayotgan tovarlar haqidagi axborot manbai sifatida birjalar rolini oshirish, balki fyuchers hamda qisqa muddatli kontraktlar asosida to'liq hamda o'z vaqtida bitimlarni amalga oshirishning kafolatli mexanizmini ta'minlashdan iborat.

  Uchrashuv davomida tomonlar bu boradagi o'zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Последнее обновление ( 08.11.2011 )
 
 
Bugun  18.05.2012

Сайт Управления лицензирования оценочной и биржевой деятельности
Переход на сайт www.gkitorg.uz
Sayt bo’ylab qidiruv

Проекты
Обсуждение проектов
So’rovnoma
O’zingizni qiziqtirgan ma`lumotlarni oldingizmi?
 
Bizning sayt sahifalaridan qaysi savollarga javob olmadingiz? Shu erda ma`lumotni qoldiring.

© Copyright 2007-2012 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: