Bosh sahifa arrow Xususiylashtirish arrow Xususiylashtirish dasturi arrow O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Q A R O R I 10.07.2006y. №407
Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Fikr va mulohazalaringiz
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Портал Государственной власти

Bizni topishingiz uchun
Valyuta kursi

Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
Who's Online
Сейчас на сайте:
Гостей - 28
География посещений
Locations of visitors to this page
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Q A R O R I 10.07.2006y. №407 Версия для печати Отправить на e-mail
2006-2008 yillarda Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini huqurlashtirish to’g’risidagi

Iqtisodiyotda xususiy mulkchilik rolini kuchaytirish, xo’jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushini tubdan kamaytirishni nazarda tutgan holda iqtisodiyotning etakchi tarmoqlariga mansub korxonalarni davlat dasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish hamda korxonalarni rivojlantirish va modernizatsiya qilish jarayonlariga investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:

1. Quyidagilar:

  • joylashtirilmagan davlat aktivlari to’lig’icha xususiy mulk sifatida sotilishi nazarda tutilgan korxonalar va ob’ektlar ro’yxati 1-ilovaga muvofiq;

  • joylashtirilmagan davlat aktivlari 2006-2007 yillarda investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini qabul qilish evaziga nolga teng xarid qiymatida sotilishi mo’ljallangan korxona va ob’ektlar ro’yxati 2-ilovaga muvofiq;

  • ustav fondlaridagi joylashtirilmagan davlat aktivlari (shu jumladan xo’jalik birlashmalarining ustav fondlariga ilgari berilgan davlat aktivlari) 2006-2008 yillar mobaynida Davlat tender komissiyasining qaroriga muvofiq investitsiya majburiyatlarini qabul qilish shartlari bilan xususiy mulk sifatida sotilishi mo’ljallangan strategik ahamiyatga ega bo’lgan korxonalar ro’yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qo’yilsinki, 1-ilovada ko’rsatilgan korxonalardagi davlat aktivlari va ob’ektlar qayd etilgan muddatlarda sotilmay qolgan taqdirda, ular Davlat tender komissiyasining qarorlari asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish evaziga “nol” qiymatda sotiladi.

2. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi vazirliklar, idoralar, xo’jalik boshqaruv idoralari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 1, 2 va 3-ilovalarga kiritilgan korxonalar, ob’ektlar i davlatning boshqa aktivlari bo’yicha jadvallarni tasdiqlasin hamda ularning o’z vaqtida va tegishli tarzda baholanishi, savdoga chiqarilishi va sotilishini ta’minlasin.

3. Quyidagilar:

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi va yirik korxonalar balansiga o’tkaziladigan bolalar sog’lomlashtirish oromgoxlari ro’yxati 4-ilovaga muvofiq;

  • tugatilib, mol-mulki birja savdolarida sotilishi mo’ljallangan bolalar sog’lomlashtirish oromgoxlari ro’yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  • Belgilab qo’yilsinki, bolalar sog’lomlashtirish oromgoxlarining balansdan balansga o’tkazilishi daromad (foyda) solig’i va qo’shimcha qiymat solig’iga tortish ob’ekti bo’lib hisoblanmaydi.

4. Davlat mobilizatsion va strategik zahiralariga oid moddiy boyliklarni saqlash bo’yicha topshiriqlar biriktirilgan davlat aktsiya paketlari va korxonalar ulushlari sotilganda, mazkur vazifalar bajarilishi majburiyatlari shartnoma asosida xususiylashtirilgan korxonalar zimmasida qoldiriladi.

5. Davlat mulki qo’mitasi sudlarda, shu jumladan xo’jalik sudlarida uning zimmasiga yuklatilgan vakolatlarni amalaga oshirish bilan bog’liq bo’lgan ishlarda davlat bojini to’lashdan ozod etilsin.

6. O’zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilsin.

7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklatilsin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
         I.Karimov
Последнее обновление ( 06.03.2007 )
 
Последние новости
 
Bugun  07.02.2012

Сайт Управления лицензирования оценочной и биржевой деятельности
Переход на сайт www.gkitorg.uz
Sayt bo’ylab qidiruv

Проекты
Обсуждение проектов
So’rovnoma
O’zingizni qiziqtirgan ma`lumotlarni oldingizmi?
 
Bizning sayt sahifalaridan qaysi savollarga javob olmadingiz? Shu erda ma`lumotni qoldiring.

© Copyright 2007-2010 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: