Bosh sahifa arrow Yangiliklar arrow Matbuot xizmati xodimlari uchun seminar
Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Virtual qabul
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Портал Государственной власти
Valyuta kursi

Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
 
Matbuot xizmati xodimlari uchun seminar Версия для печати Отправить на e-mail
24.11.2011

  Joriy yilning may oyidan boshlab O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi bilan hamkorlikda "O'zbekistonda davlat boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish masalalari" mavzusida loyiha amalga oshirilmoqda.

  Mazkur loyiha 2011-2012 yillar mobaynida xorijiy va mahalliy ekspertlar, mamlakatimizning ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari mutaxassislari ishtirokida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.  

  Loyihadan ko'zlangan maqsad - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari axborot xizmatlarining ish faoliyati samaradorligini oshirish, yuqori professional darajaga erishgan matbuot xizmatlari ish uslublarini o'rganish, ommaviy axborot vositalari sohasida qabul qilinayotgan qonunchilikni samarali qo'llash hamda matbuot bilan konstruktiv muloqot o'rnatish orqali takomillashtirishdan iborat.

  Oldin xabar qilinganidek, 2011 yilning may, iyun, iyul oyida mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan yirik jamoat tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlari ishtirokida seminar-treningning birinchi bosqichi o'tkazilgan edi. 

  21-23 noyabr kunlari "Poytaxt" biznes-markazining "Uchquduq" konfrens-zalida seminar-treningning ikkinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

  Mazkur seminar-trening iqtisodiy yo'nalishda bo'lib, unda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari, Davlat mulki qo'mitasi, Soliq, Bojxona qo'mitasi, "O'zbekiston havo yo'llari" DAK, shuningdek, "Mikrokreditbank", "Qishloq qurilish bank" va boshqa respublika vazirlik hamda idoralarining axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.

  Shuningdek, seminarga fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, chet el mutaxassislari xududiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari, shuningdek bosma nashrlarning jurnalist va muxbirlari taklif qilingan.

Tadbirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini hamda qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini ta'minlashda ularning mas'uliyatini oshirish, davlat hokimiyati organlari faoliyati to'g'risida keng jamoatchilikni xabardor etish kabi masalalar ko'rib chiqildi.

  Seminar-trening davomida fuqarolarning murojaatlari to'g'risidagi qonunchilik holati o'rganildi, axborotlarni olish masalalari bo'yicha ekspertlar tomonidan qilingan ma'ruzalar eshitilib muhokama qilindi, shuningdek matbuot anjumani va davra suhbatlari o'tkazish, jurnalistlar uchun ma'lumotlar(press-relizlar, byulletenlar, sharhlar) tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalarida yoritish, ushbu maqsadlarda veb-saytlardan foydalanish va boshqa amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.

 
 
Bugun  18.05.2012

Сайт Управления лицензирования оценочной и биржевой деятельности
Переход на сайт www.gkitorg.uz
Sayt bo’ylab qidiruv

Проекты
Обсуждение проектов
So’rovnoma
O’zingizni qiziqtirgan ma`lumotlarni oldingizmi?
 
Bizning sayt sahifalaridan qaysi savollarga javob olmadingiz? Shu erda ma`lumotni qoldiring.

© Copyright 2007-2012 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: