Bosh sahifa
Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Virtual qabul
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Портал Государственной власти

Bizni topishingiz uchun
Valyuta kursi

Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
Who's Online
Сейчас на сайте:
Гостей - 18
География посещений
Locations of visitors to this page
 
BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga bag’ishlangan o’quv seminar Версия для печати Отправить на e-mail
30.11.2011

   Joriy yilning 29 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi targ'ibotiga bag'ishlangan o'quv seminari bo'lib o'tdi. Respublika Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda Davlat mulki qo'mitasining markaziy apparat, hududiy boshqarmalari va tuzilmaviy tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

   Seminarda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi seminar ishtirokchilariga Konvensiyaning asosiy maqsad va mohiyati xususida batafsil gapirib berdi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurash jarayonida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) o'ziga xos o'rni borligi haqida mazkur tashkilot vakili Ens Rasmusson  ma'ruza qildi. U o'z chiqishida YeXHT tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurash Konvensiyasida belgilangan vazifalar va ularning ijrosi hamda bu borada dunyo miqyosidagi holat xususida alohida to'xtalib o'tdi.

  Tadbir  yakunida  Davlat mulki qo'mitasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi va unga muvofiq "burch kodeksi" ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgani borasida aytildi.

 

  Ma'lumot uchun. Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan.

Последнее обновление ( 30.11.2011 )
 
 
Bugun  18.05.2012

Сайт Управления лицензирования оценочной и биржевой деятельности
Переход на сайт www.gkitorg.uz
Sayt bo’ylab qidiruv

Проекты
Обсуждение проектов
So’rovnoma
O’zingizni qiziqtirgan ma`lumotlarni oldingizmi?
 
Bizning sayt sahifalaridan qaysi savollarga javob olmadingiz? Shu erda ma`lumotni qoldiring.

© Copyright 2007-2012 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: