Bosh sahifa
Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Virtual qabul
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Портал Государственной власти

Bizni topishingiz uchun
Valyuta kursi

Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
Who's Online
Сейчас на сайте:
Гостей - 18
География посещений
Locations of visitors to this page
 
Hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi Версия для печати Отправить на e-mail
02.12.2011

  Joriy yilning avgust oyida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakning O'zbekistonga tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi va Koreya fond birjasi (KRX) o'rtasida 23 avgust kuni qimmatli qog'ozlar bozorini modernizatsiya qilish bo'yicha bosh shartnoma imzolangan edi.

  Ushbu hamkorlikning uzviy davomi sifatida 2011 yilning 7-8 noyabr kunlari KXR prezidenti va moliyaviy direktori Djong Kil Pakning Toshkentga tashrifi davomida O'zbekiston Respublikasi qimmatli qog'ozlar bozorini modernizatsiya qilish to'g'risidagi bosh shartnomaning ijrosini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 21-25 noyabr kunlari Seul shahrida tomonlarning navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

  Oldin xabar berganimizdek, 2010 yilning dekabr oyida Davlat mulki qo'mitasi va Koreya fond birjasi o'rtasida qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish to'g'risidagi hamfikrlik memorandumi imzolangan edi. Unga muvofiq, tarkibi ikki tomon mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorining samarali faoliyat yuritishi va uning raqobatbardoshligini yanada oshirish uchun informatsion texnologiyalar masalasida konsultatsiya va treninglar tashkil etish, kelgusida rivojlanishi uchun zarur tavsiyalar tayyorlash maqsadida qimmatli qog'ozlar bozoriga tegishli O'zbekiston Respublikasi qonunchiligini o'rganish kabi yo'nalishlarda hamkorlikda ish olib bordi.

  Avgust oyida imzolangan O'zbekiston Respublikasi qimmatli qog'ozlar bozorini modernizatsiya qilish to'g'risidagi bosh shartnoma ikki davlat fond bozori faoliyatining barcha sohalarida hamkorlikni kengaytirish va O'zbekiston fond bozorining zamonaviy infratuzilmasini yaratish maqsadida informatsion texnologiyalar olib kirish kabi Memorandumda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yo'lida muhim qadam bo'ldi. Ushbu shartnoma O'zbekistonda on-layn usulidagi yangi fond birja infratuzilmasini yaratish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini jalb etish, on-layn usulidagi IPO (aktsiyalarning birlamchi ommaviy joylashtirilishi) yordamida ishbilarmonlar uchun yangi hamkorlar topishni yanada engillashtirishni ko'zda tutadi.

  KRX raisi Kim Bong Su taklifiga binoan 21-25 noyabr kunlari Seul shahrida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda O'zbekiston tomonidan Davlat mulki qo'mitasi rahbari
A. Abduhakimov, Adliya vaziri o'rinbosari A. Usmonov, qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish markazi bosh direktor o'rinbosari S.Rozikova, Moliya vazirligining boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari X. Zakirov va "Toshkent" Respublika fond birjasi raisi v. b. Sh. Mamatov ishtirok etdilar. 

  Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad mamlakatimiz fond bozorida joriy qilinishi ko'zda tutilgan dasturiy-texnik majmuasi bilan Koreya fond bozorida muvaffaqiyatli amal qilayotgan elektron tizim misolida tanishish hamda mamlakatimiz qimmatli qog'ozlar bozorini modernizatsiyalash bo'yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi ijrosini muhokama qilish edi. Hususan, KRX tomonidan fond bozorida joriy qilingan dasturiy-texnik majmua, operatsiyalarni elektron nazorat qilish tizimi hamda birjaning savdolarni o'tkazish, ma'lumotlar oshkoraligini ta'minlash, korporativ munosabatlarni joriy etish bo'yicha tuzilmaviy bo'linmalar ishi bo'yicha taqdimotlar tashkil etildi.

   O'zaro muloqotlar davomida ikki davlat fond bozori faoliyatining barcha sohalarida hamkorlikni kengaytirish maqsadida oldinga qo'yilgan ustivor vazifalar xususida fikr almashildi.

  Shu bilan birga, tashrif doirasida Koreya korporativ boshqaruv xizmati, Koreya aktivlarni boshqarish korporatsiyasi, Koreya fond bozorining yetakchi brokerlik kompaniyasi DEU Sekyuritiz, Axborot resurs markazi va boshqa infrastruktura tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazilib, o'zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Последнее обновление ( 02.12.2011 )
 
 
Bugun  18.05.2012

Сайт Управления лицензирования оценочной и биржевой деятельности
Переход на сайт www.gkitorg.uz
Sayt bo’ylab qidiruv

Проекты
Обсуждение проектов
So’rovnoma
O’zingizni qiziqtirgan ma`lumotlarni oldingizmi?
 
Bizning sayt sahifalaridan qaysi savollarga javob olmadingiz? Shu erda ma`lumotni qoldiring.

© Copyright 2007-2012 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: