|
Joriy yilning 7 dekabr kuni Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 19 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda qonunchilik sohasi mutaxassislari hamda Davlat mulki qo'mitasining markaziy apparat, hududiy boshqarmalari va tuzilmaviy tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni Davlat mulki qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari S. Gafarov olib bordi va u o'z ma'ruzasida Konstitutsiyamizning bugungi farovon hayotimiz, mamlakatimizdagi tinchlik-totuvlikning mustahkam kafolati ekanini ta'kidladi.
Ayni kunlarda mamlakatimiz bo'ylab Asosiy qonunimiz qabul qilingan kun keng nishonlanmoqda.
Yurtimizda huquqiy demokratik davlat qurish, inson va uning manfaatlari eng oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishda Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillarni hayotga to'g'ri tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Tadbirda Toshkent Davlat Yuridik instituti dotsenti E. Qodirov so'zga chiqib, Bosh qomusimiz va jamiyat hayotida tutgan o'rni xususida gapirib o'tdi. Shuningdek, fuqarolarning Bosh qomusimizda belgilab berilgan burch va majburiyatlari haqida batafsil to'xtalib o'tdi.
Tadbir yakunida mavzu yuzasidan fikr almashildi.
|