Bosh sahifa arrow Yangiliklar arrow “Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligi va jamiyatdagi oshkoralik” mavzusidagi davra suhbati
Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Virtual qabul
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Портал Государственной власти
Valyuta kursi

Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
 
“Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligi va jamiyatdagi oshkoralik” mavzusidagi davra suhbati Версия для печати Отправить на e-mail
19.12.2011

  2011 yil 16 dekabr kuni O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi hamkorligida "Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligi va jamiyatdagi oshkoralik" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

  Tadbir davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari huzuridagi axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish va matbuot bilan aloqalarni yo'lga qo'yish orqali kasbiy darajasining yuksalishiga ko'maklashish maqsadida o'tkazildi.

  Unda deputatlar, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari rahbarlari, olimlar va ekspertlar, media soha vakillari ishtirok etdi.

  Davra suhbati tashkilotchilari mazkur tadbirning Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida axborot sohasini demokratik isloh qilish bo'yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o'tkazilayotganini alohida ta'kidladilar.

  Tadbir davomida ishtirokchilar "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi qonun loyihasining asosiy qoidalari bilan tanishdilar. Mazkur hujjat aholi, jamoat tashkilotlarining davlat hokimiyati organlari qabul qilayotgan qarorlarga oid axborotdan keng foydalanishini ta'minlash, keng jamoatchilikni ularning faoliyatidan xabardor qilish bo'yicha tartib-qoidalarni belgilashga qaratilgan.

   Davra suhbatida axborot xizmatlarining puhta tayyorlangan vakillari ushbu jarayonda muhim rol o'ynashi alohida aytib o'tildi.

   Bu borada O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda davlat boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlarining matbuot xizmatlari salohiyatini oshirishga qaratilgan loyiha amalga oshirilayotgani gapirildi. Ta'kidlandiki, mazkur loyiha doirasidagi seminarlar, matbuot anjumanlari, amaliy mashg‘ulotlar turli vazirlik va idoralar, agentliklar, qo‘mitalar, jamoat tashkilotlari axborot xizmatlari ishi samaradorligini oshirish, uni sifat jihatdan yanada yuqori pog‘onaga olib chiqish, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini kuchaytirish, soha mutaxassislarning kasb bilim va salohiyatini yuksaltirish imkonini bermoqda.

   Tadbir yakunida loyihaning birinchi bosqich (60 dan ziyod axborot xizmatlari rahbarlari va hodimlari) ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

 
 
Bugun  18.05.2012

Сайт Управления лицензирования оценочной и биржевой деятельности
Переход на сайт www.gkitorg.uz
Sayt bo’ylab qidiruv

Проекты
Обсуждение проектов
So’rovnoma
O’zingizni qiziqtirgan ma`lumotlarni oldingizmi?
 
Bizning sayt sahifalaridan qaysi savollarga javob olmadingiz? Shu erda ma`lumotni qoldiring.

© Copyright 2007-2012 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: