Bosh sahifa
Sayt tili:
Навигация
DMQ haqida
Bosh sahifa
Tanlov savdolari, tenderlar
Xususiylashtirish
Ijara obyektlari
Mulkni sotish
Qimmatli qog'ozlar bozori
Litsenziyalash
Korporativ boshqaruv
Horijiy investisiyalar
Hamkorliklar
Qonunchilik
Foydali sahifalar
Qidiruv
Virtual qabul
Sahifa xaritasi
Инспекция внутренней безопасности Госкомимущества
Yangiliklar arxivi
Портал Государственной власти

Bizni topishingiz uchun
Valyuta kursi

Подписаться на RSS-ленту
.........
Foydalanuvchilar uchun kirish





Забыли пароль?
Who's Online
Сейчас на сайте:
Гостей - 18
География посещений
Locations of visitors to this page
 
Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tafsilotlari Версия для печати Отправить на e-mail
20.12.2011

   Joriy yilning 16 dekabr kuni Davlat mulki qo'mitasida Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda  korporativ boshqaruv amaliyotini  jahon tajribasi asosida takomillashtirish masalasi muhokama qilindi.

  Uchrashuv avvalida Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari  tomonidan "Korporativ boshqaruv" loyihasi bo'yicha Sharqiy Yevropa, Osiyo va MDH  mamlakatlarida  olib borilgan ishlar xususida ma'lumot berildi.  Xususan, ayrim davlatlarda Korporativ boshqaruv Kodeksi, Korporativ boshqaruv standartlarini, shuningdek, "Aksiyadorlik jamiyatlari to'g'risida"gi qonun loyihasini tayyorlash va qabul qilish jarayonida  korporatsiya vakillarining ishtiroki  haqida batafsil to'xtalib o'tildi. Ta'kidlanganidek, "Korporativ boshqaruv" loyihasining muhim qismi  muayyan bir davlatda seminarlar, shuningdek, treningning boshqa  shakllaridagi tadbirlarni o'tkazishga qaratilgan bo'lib, asosiy maqsadi alohida korxonalarga ichki hujjatlarni tuzishda ko'maklashishdan iborat.

  Ma'lum qilinishicha, "Korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo'yicha dastur" loyihasi doirasida  Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan korporativ boshqaruvni baholash usul-uslubiyoti tatbiq etilgan holda olib boriladigan ishlar ma'lum tartib asosida amalga oshiriladi. Chunonchi, muayyan mamlakatda va u yerdagi korxonalarda dastlab 5-6 oy davomida  tahlil ishlari yuritiladi hamda korporativ boshqaruv darajasi baholanadi. Kompaniya-korxona raxbarlari bilan uchrashuv-muloqotlar uyushtiriladi, eng namunali xalqaro amaliyot tadbig'i bilan bog'liq tavsiyalar aks ettirilgan   hisobot tayyorlanib, taqdim etiladi.

  O'z navbatida   Davlat mulki qo'mitasi vakillari tomonidan  mamlakatimizda korporativ boshqaruv tamoyilining huquqiy negizi yetarli darajada shakllantirilgani qayd etildi. Shu bilan birga uning amaliyotini yanada takomillashtirish maqsadida bu yo'nalishda faoliyat ko'rsatayotgan xalqaro tashkilotlar hamda maslahatchilar bilan hamkorlik qilishga tayyorlik istagi bildirildi.

   Uchrashuv davomida  Davlat mulki qo'mitasi bilan Xalqaro moliya korporatsiyasi o'rtasida  korporativ boshqaruv sohasida  mamlakatimizning yetakchi tarmoq va korxonalari vakillari ishtirokida seminar-uchrashuvlar o'tkazish imkoniyatlarini ko'rib chiqish va axborot almashishni yo'lga qo'yish taklifi o'rtaga tashlandi. Muloqotlar yakunida tomonlar  o'zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida vaqti-vaqti bilan  amaliy muloqotlarni o'tkazishga kelishib oldilar.

 
 
Bugun  18.05.2012

Сайт Управления лицензирования оценочной и биржевой деятельности
Переход на сайт www.gkitorg.uz
Sayt bo’ylab qidiruv

Проекты
Обсуждение проектов
So’rovnoma
O’zingizni qiziqtirgan ma`lumotlarni oldingizmi?
 
Bizning sayt sahifalaridan qaysi savollarga javob olmadingiz? Shu erda ma`lumotni qoldiring.

© Copyright 2007-2012 O'zbekiston Respublikasi DMQ
WEB - ITM "Privatinformsistem"
Ma`lumotlardan foydalanilganda va nusha olinganda saytdan olinganligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Last modification: