O'zbekiston Respublikasi Adliyа vazirligida ro'yhatdan o'tkazildi
2008 yil 5 sentyabr' 1851-son
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH DAVLAT QO'MITASINING
"O'zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti "baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo'yiladigan umumiy talablar"ni tasdiqlash haqida"gi
QARORI
2008 yil 15 sentyabrdan kuchga kiradi
O'zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti "Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo'yiladigan umumiy talablar"ni tasdiqlash haqida
O'zbekiston Respublikasi "Baholash faoliyati to'g'risida"gi qonuniga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 26 apreldagi PQ-335-sonli "O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida" va 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-sonli "Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko'rsatilayotgan hizmatlar sifati uchun ularning mas`uliyatini oshirish to'g'risida"gi qarorlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti "Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo'yiladigan umumiy talablar" ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro'yhatiga olingan vaqtdan boshlab o'n kun dan so'ng kuchga kiradi.
Rais D. Musaev
Toshkent sh.
2008 y. " 19 " avgust
01/19 - 18/13-son
O'zbekiston Respublikasi mulkni baholash Milliy standarti
(7-son MBMS)
Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo'yiladigan umumiy talablar
Mazkur Mulkni baholash Milliy standarti (7-son MBMS) "Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo'yiladigan umumiy talablar" O'zbekiston Respublikasining "Baholash faoliyati to'g'risida"gi qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ahborotnomasi, 1999 y., 9-son, 208-modda), O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-sonli "Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko'rsatilayotgan hizmatlar sifati uchun ularning mas`uliyatini oshirish to'g'risida"gi qaroriga (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2008y., 18-son, 145-modda) muvofiq, baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalariga qo'yiladigan umumiy talablarni belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. 7-son MBMSning asosiy maqsadi - baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalarni ishlab chiqishga nisbatan yondashuv va tamoyillarini, shuningdek mazkur qoidalarni qo'llashda ichki nazoratni tashkil qilish va tartibga solish talablarini birhillashtirishdir.
2. 7-son MBMSning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) baholovchi tashkilotlar ichki qoidalarini ishlab chiqishning yagona tamoyillarini belgilash;
b) ichki qoidalarni ishlab chiqishda baholovchi tashkilotlarga qo'yiladigan majburiy talablarni belgilash;
v) baholovchilar va baholovchi tashkilotlarning boshqa hodimlari tomonidan ichki qoidalar talablariga rioya qilinishi ustidan ichki nazoratni amalga oshirish tartibini tavsiflash.
3. Barcha baholovchi tashkilotlar ichki qoidalarni ishlab chiqishi va amalda qo'llashi majburiydir.
4. 7-son MBMS baholovchi tashkilotlarning baholash faoliyatini amalga oshirishga doir kasbiy yo'nalishlari doirasiga kirmaydigan masalalar bo'yicha tartibga soluvchi ichki hujjatlarining shakli, mazmuni va tayyorlashni tartibga solishni maqsad qilib olmagan.
II. BAHOLOVCHI TASHKILOT ICHKI QOIDALARINING BELGILANGAN MAQSADLARI VA ULARNI TAYYORLASH TAMOYILLARI
5. Baholovchi tashkilotning ichki qoidalari deyilganda baholovchi tashkilot tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirishda samaradorlikni ta`minlash va mazkur faoliyatni O'zbekiston Respublikasining baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq holda yuritish maqsadida qabul qilinib, tasdiqlangan baholash ishlarini amalga oshirish va rasmiylashtirishga doir yagona talablarni belgilovchi hujjatlar tushuniladi.
6. Baholovchi tashkilot baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda, baholash faoliyatini amalga oshirish, baholash hisobotlari va ekspert hulosalarini tuzishga doir o'z yondashuvini aks ettiruvchi ichki qoidalar bo'yicha hujjatlar to'plamini shakllantirishi zarur.
7. Baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalari baholovchilarga amaliyotda baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarish va baholash ishlarining sifatini oshirish yuzasidan o'z harakatlarining aniq tartibini belgilashga qaratilgan tavsiyalardan iborat bo'lishi kerak.
8. Ichki qoidalar baholovchilarning mazkur baholovchi tashkilot doirasidagi faoliyatini tartibga soladi hamda baholovchi tashkilotning hodimlari va rahbariyati o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kelishmovchiliklarni tartibga keltirish uchun asos bo'la oladi.
9. Ichki qoidalarni qo'llash natijasida baholovchi tashkilotlarga baholovchilar va ularning yordamchilari ishini qo'shimcha ravishda nazorat qilinishini ta`minlashga va bu bilan baholovchi tashkilot ko'rsatayotgan hizmatlar sifatini oshirishga imkon yaratiladi.
10. Baholovchi tashkilotlar ichki qoidalari baholash faoliyatini amalga oshirish tartibini ochib beradigan va baholovchi tashkilotda qo'llanilishi majburiy bo'lgan qoidalar, uslubiy qo'llanmalar va boshqa hujjatlardan iborat.
11. Baholovchi tashkilotlar ichki qoidalari amaliy foyda berishi kerak, ya`ni ular:
O'zbekiston Respublikasining baholash to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelishi va o'zaro bog'liq bo'lishini ta`minlashi;
aniq ifoda qilinishi, to'liq va ravshan bayon etilishi;
mazkur qoidalar masalalarini to'liqligicha qamrab olishi, bayon etilgan tamoyil va qoidalarni mantiqan rivojlantirishi;
ulardagi barcha atamalar bir hil talqin qilinishi lozim.
12. Ichki qoidalar baholovchi tashkilotning mulkni baholash jarayonini tashkil etish va o'tkazishga nisbatan kompleksli yondashuvining umumiy tavsifini berishi kerak.
13. Baholovchi tashkilotlar halqaro baholash standartlariga muvofiq mulkni baholashni o'tkazish uchun mo'ljallangan ichki qoidalarni ishlab chiqishda halqaro baholash standartlarida nazarda tutilgan me`yorlar va tamoyillarga amal qilishi kerak.
14. Mulkni baholashning ma`lum sohasida baholash faoliyatining standartlari, baholashni o'tkazishga doir batafsil uslubiy qo'llanmalar va yondashuvlar mavjud bo'lmagan taqdirda, baholovchi tashkilotlar ichki qoidalarni ishlab chiqishda qonunchilikda belgilangan o'ziga hos jihatlarni hisobga olgan holda halqaro baholash standartlariga amal qiladilar.
15. Baholovchi tashkilot mustaqil ravishda ichki qoidalarii ishlab chiqish ro'yhati va tartibini belgilaydi.
16. O'zbekiston Respublikasi Mulkni baholashning milliy standartlarida ayrim holatlar ichki qoidalar sifatida qo'shimcha tarzda tasdiqlanishi lozimligi haqida bevosita ko'rsatmalar berilgan taqdirda, baholovchi tashkilot mazkur ko'rsatmaning birinchi navbatda bajarilishini ta`minlashi shart.
III. BAHOLOVCHI TASHKILOT IChKI QOIDALARINING SHAKLI VA MAZMUNI
17. Baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalari o'z vazifalariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linishi mumkin:
a) mulkni baholash bo'yicha umumiy qoidalardan iborat qoidalar;
b) mulkni baholashni o'tkazish tartibini belgilovchi qoidalar;
v) baholash hisobotlarini tuzish tartibini belgilovchi qoidalar;
g) ekspert hulosalarini tuzish tartibini belgilovchi qoidalar;
d) mahsus qoidalar;
e) professional hizmatlar ko'rsatish tartibini belgilovchi qoidalar;
j) kadrlarni tayyorlash va o'qitish qoidalari;
z) boshqa qoidalar.
18. Mulkni baholash bo'yicha umumiy qoidalardan iborat ichki qoidalar baholovchilar o'rtasidagi, shuningdek baholovchi tashkilot hodimlari va rahbariyati o'rtasidagi uzaro munosabatlarni tartibga solish uchun mo'ljallangan.
19. Mulkni baholash bo'yicha umumiy qoidalardan iborat ichki qoidalar ro'yhati quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
a) ichki qoidalarni ishlab chiqishga oid koncepciya va yondashuvni tavsiflovchi qoidalar, shu jumladan ularning tuzilishini belgilovchi hujjat;
b) baholovchining hulq-atvori etikasini belgilovchi qoidalar;
v) baholashni sifatli o'tkazish ustidan ichki nazoratni yuritish tartibini hamda baholovchilar mas`uliyatini tartibga keltiruvchi qoidalar;
g) boshqa qoidalar.
20. Mulkni baholashni o'tkazish tartibini belgilovchi ichki qoidalarda mulkni baholash jarayonini o'tkazish qoidalari ifoda qilinadi.
21. Baholovchi tashkilotlarning mulkni baholashni o'tkazish tartibini belgilovchi ichki qoidalari ro'yhati quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
a) baholovchi mas`uliyatini tartibga soluvchi qoidalar;
b) mulkni baholashni o'tkazish tartibini belgilovchi qoidalar;
v) baholash uchun zarur ma`lumotlarni olish tartibini belgilovchi qoidalar;
g) uchinchi shahslar ishidan foydalanish tartibini belgilovchi qoidalar;
d) boshqa qoidalar.
22. Baholash hisobotlari va ekspert hulosalarini tuzish tartibini belgilovchi ichki qoidalar baholovchi takshilotning mulkni baholash natijalari bo'yicha baholash hisobotlari hamda o'tkazilgan ekpertiza (tekshiruv) natijalari bo'yicha ekpert hulosalarining mazmuni va tuzilishiga doir ichki talablaridan iborat bo'lishi lozim.
23. Mazkur qoidalar ro'yhatiga mulkni baholash natijalari bo'yicha baholash hisobotlari hamda o'tkazilgan ekpertiza natijalari bo'yicha ekpert hulosalarini tayyorlash tartiblarini belgilovchi qoidalarni kiritish mumkin.
24. Mahsus ichki qoidalar turli hil mulklar bo'yicha baholashni o'tkazish uslubiyoti doirasidagi qoidalarni o'z ichiga oladi.
25. Qoidalar ro'yhati quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin intellektual mulk, zargarlikda va mayda zebu ziynat buyumlariga yaraydigan toshlar, qimmatbaho metallar, uchish apparatlari va boshqa mulklarni baholashning o'ziga hos jihatlarini aks ettiruvchi qoidalar.
26. Professional hizmatlarni ko'rsatish tartibini belgilovchi ichki qoidalar baholash faoliyatiga baravar keladigan professional hizmatlar turlarini ko'rsatish tartibiga oid qoidalardan iborat.
27. Mazkur ichki qoidalar ro'yhatiga quyidagilar kirishi mumkin:
a) baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan o'tkazish qoidalari;
b) baholash faoliyati sohasida ahborot tehnologiyalarini joriy etish va baholash jarayonini avtomatlashtirish qoidalari;
v) baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini oshkor etish qoidalari.
28. Kadrlarni tayyorlash va o'qitish bo'yicha ichki qoidalar baholovchilar va mutahassislarning ta`limi, kasbiy bilm darajasiga nisbatan talablarni belgilaydi, baholovchi tashkilot hodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tartibga soladi.
29. Baholovchi tashkilot ichki qoidalari tuzilmasi quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
a) tartibga soluvchi parametrlar - O'zbekiston Respublikasi Mulkni baholashning milliy standartlariga hamda ichki qoidalarni ishlab chiqishda foydalanilgan halqaro baholash standartlariga tayangan holda ishlab chiqiladi;
b) umumiy qoidalar - ichki qoidalar zarurati, ulardagi asosiy atamalar va tushunchalarning ifoda etilishi, qo'llanilish sohasi;
v) maqsad va vazifalar - qoidalarni belgilash va ular yordamida hal etilishi ta`minlanadigan ma`lum muammolar;
g) boshqa qoidalar bilan o'zaro bog'liqlik - boshqa qoidalarda belgilangan tegishli bandlarga tayangan holda ishlab chiqiladi;
d) asosiy tamoyillar va uslubiy qo'llanmalarni belgilash - baholovchi tashkilot tomonidan mulkni baholashni o'tkazish jarayoniga, qabul qilingan uslubiy qo'llanmalar (tavsiyalar) va qoidalar bo'yicha ko'rib chiqiladigan muammolarni hal etishning tehnik usullariga tavsif beriladi;
e) rasmiylashtirish - baholovchi qoidalarda belgilangan talablarga ko'ra tuzishi kerak bo'lgan hujjatlar ro'yhati.
30. Ichki qoidalar rekvizitlari qo'yidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
a) raqam (nomer) - mazkur qoidaning tartib bo'yicha yoziladigan yoki seriyali kodi;
b) amal qilishga kiritilgan sana;
v) nomi - qoidalarda belgilangan bandlarning qisqa va aniq ifoda etilishi;
g) qoidalarni tasdiqlagan shahsning ko'rsatmalari va ko'rsatma berilgan sana;
d) taalluqliligi - mazkur hujjat bilan bog'liq bo'lgan ilgari qabul qilingan, ommalashtirilgan yoki me`yoriy-huquqiy hujjatlarda ko'zda tutilgan qoidalarga tayangan holda ishlab chiqiladi;
e) qo'llanilish doirasi - mazkur qoidalar tatbiq etiladigan (yoki tatbiq etilmaydigan) ob`ektlar ro'yhati.
31. Ichki qoidalarga qo'shimcha ravishda ularda aks ettirilgan alohida qoidalarda keltirilgan tushunchalarga izoh beruvchi ilovalar (uslubiy qo'llanmalar, tartiblar ro'yhati, so'rovnomalar, kompyuter dasturlari, ishchi jadvallar va h.z.) ishlab chiqilishi mumkin.
32. Ichki qoidalarga ishlab chiqiladigan ilovalar quyidagi bo'limlardan iborat bo'lishi mumkin:
a) ichki qoidalarni qo'llash tartibi;
b) mulkni baholash jarayonining har bir bosqichini o'tkazish (bajarish) tehnologiyasini tavsiflash;
v) so'rovnomalar va baholash tartiblari ro'yhati;
g) jadvallar, shemalar, uslubiy yondashuvlarni tasvirlovchi, misollarni raqamlar bilan ifodalovchi ishchi hujjatlar va mulkni baholashni o'tkazish tartibi;
d) mulkni baholashda foydalaniladigan me`yoriy-huquqiy hujjatlarning tartibga keltirilgan ro'yhati.
33. Baholovchi tashkilotning ichki qoidalarini tayyorlashning namunaviy tartibi va namunaviy shakli mazkur 7-son MBMSning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan.
IV. Baholovchi tashkilotning ichki qoidalari talablari bajarilishi yuzasidan ichki nazoratni tashkil qilish tartibi.
34. Ichki qoidalar baholovchi tashkilot rahbarining buyrug'i bilan tasdiqlanadi, baholovchi tashkilotning ta`sis hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa - ta`sischilar majlisi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
35. Baholash sifatiga oid ichki nazoratni tartibga soluvchi ichki qoidalar ularda belgilangan talablarni bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish qoidalari (talablari)ni o'z ichiga olishi kerak.
36. Ichki qoidalarda belgilangan talablarga rioya etilishi uchun javob beruvchi mansabdor shahslarni tayinlash tartibi nazarda tutilishi mumkin.
37. Ichki qoidalarga rioya etilishi ustidan tegishli nazorat o'rnatilishini ta`minlash uchun baholovchi va baholovchi tashkilot o'rtasidagi mehnat munosabatlarida belgilanadigan baholovchining funkcional majburiyatlariga mazkur qoidalarni qo'llash zarurati kiritilgan bo'lishi kerak.
38. Ichki qoidalarda baholovchi tashkilot tomonidan mulkni baholashni o'tkazishda bajarilishi majburiy bo'lgan qoidalar belgilanishi mumkin. Bunda O'zbekiston Respublikasining Mulkni baholashning milliy standartlarining talablar e`tiborga olinishi lozim.
39. Ichki qoidalar talablari bajarilishini nazorat qilish baholash faoliyatini amalga oshirishning barcha bo'g'inlarida, baholovchidan tortib baholovchi tashkilot rahbarlarigacha tashkil etilishi lozim.
40. Baholovchi tashkilot tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirish jarayonida nazorat ishlarini olib borish uchun baholashni o'tkazish sifatini nazorat qilish hizmati tashkil etilishi mumkin. Baholashni o'tkazish sifatini nazorat qilish hizmati tarkibidagi nazorat ishlarini olib boruvchi mutahassislarni professional darajada tayyorlashga nisbatan ichki talablar baholovchi tashkilotning kadrlarni tayyorlash va o'qitish bo'yicha ichki qoidalarida belgilanadi.
41. Baholovchi tashkilot hodimlari zimmasiga ichki qoidalarni ovoza qilmaslik va ularni mazkur baholovchi tashkilot faoliyatidan tashqarida qo'llamaslik majburiyati yuklatiladi, qonunchilikda ko'zda tutilgan hollar bundan mustasno.
O'zbekiston Respublikasi mulkni baholash Milliy standarti (7-son MBMS) "Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo'yiladigan umumiy talablar"gi
1-ILOVA
Baholovchi tashkilot ichki qoidalarini tayyorlashning
NAMUNAVIY TARTIBI
1. Baholovchi tashkilot ichki qoidalari tizimini yaratishda samaradorlikni ta`minlash uchun baholovchi tashkilot ichida uslubiyot bo'yicha kengash (uslubiyot kengashi) yoki baholovchi tashkilot ihtiyoriga ko'ra boshqa mahsus hay`at organi tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
2. Uslubiyot kengashi baholovchi tashkilotning rahbar hodimlari va sara professional mutahassislaridan tuziladi hamda baholovchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan Uslubiyot kengashi to'g'risidagi nizom asosida faoliyat yuritadi.
3. Uslubiyot kengashi ishida, agar Uslubiyot kengashi to'g'risidagi nizomda ko'zda tutilgan bo'lsa, chetdan mutahassislar (baholovchilar jamoat birlashmalari a`zolari, ilmiy hodimlar, o'qituvchilar, boshqa baholovchi tashkilotlarning mutahassislari) ishtirok etishi mumkin.
4. Baholovchi tashkilotning Uslubiyot kengashi vazifalari quyidagilardan iborat:
a) ichki qoidalarni ishlab chiqish;
b) baholashning amaliy tajribasini umumlashtirish va tizimlashtirish;
v) baholovchi tashkilotning baholovchilari va boshqa mutahassislari o'qishini tashkil qilish;
g) baholash sohasiga oid amaldagi me`yoriy-huquqiy hujjatlarni to'plab borish, tartibga solish va tahlil qilish.
5. Ichki qoidalarni ishlab chiqish baholovchi tashkilotning uslubiyot hizmati mutahassislari bilan bir qatorda baholovchi tashkilotning boshqa hizmatlari mutahassislari tomonidan ham amalga oshirilishi hamda keyinchalik uslubiyot kengashida ko'rib chiqilib, ma`qullanishi (yoki ma`qullanmasligi) mumkin.
6. Zarurat yuzasidan ichki qoidalarni ishlab chiqish baholovchi tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish dasturiga muvofiq shartnoma asosida tashqi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
7. Baholovchi tashkilot ichki qoidalarini tashkil qiluvchi hismlar sifatida baholovchilar jamoat birlashmalari hamda davlat idoralari tomonidan tasdiqlangan uslubiy qo'llanmalar va boshqa ishlab chiqilgan hujjatlardan foydalanish mumkin.
8. Ishlab chiqilgan qoidalar (uslubiy qo'llanmalar, yo'riqnomalar, nizomlar) uslubiyot kengashi tomonidan ko'rib chiqilib, qabul qilinadi va keyinchalik baholash tashkiloti rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. qaror kengash a`zolarining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
O'zbekiston Respublikasi mulkni baholash Milliy standarti (7-son MBMS) "Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo'yiladigan umumiy talablar"gi
2-ILOVA
Baholovchi tashkilot ichki qoidalarining
NAMUNAVIY SHAKLI
Baholovchi tashkilotning blanki yoki burchak shtampi
Firmaga oid nomlanishi, logotipi
Rahbarning tasdiqlovchi yozuvi, imzosi, sanasi Ichki qoidalarning to'liq nomlanishi
Tartib raqami (indeks, kod)
Hujjatni tayyorlovchi: (departament, bo'lim, hodim)
Hujjat tayyorlangan sana
1. Hujjatning tuzilishi
1. Umumiy qoidalar
1.1. Hujjatni tuzish maqsadi va asoslari
1.2. Foydalanish zarurati
1.3. Qo'llash sohasi
1.4. Baholash standartlari (shu jumladan, halqaro baholash standartlari) bilan o'zaro bog'liqligi
1.5. Avval qabul qilingan ichki qoidalar bilan izchilligi
1.6. Amal qilish muddati
2. Asosiy tushunchalar
3. Ichki qoidalarning mohiyati
3.1. Asosiy talablar
3.2. Ko'rsatilgan muammoni hal etish uslubiyoti
4. Mulkni baholashda qo'llaniladigan me`yoriy hujjatlar
5. Ilovalar
5.1. Baholovchining ish hujjatlari maketlari
5.2. Savollar va testlar
5.3. Baholash tartiblari
Hujjatni tayyorlash buyicha rahbar imzosi
|